Sadullaeva Moxira Atavullaevnaning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Istiqlol davri hikoyachiligida badiiy psixologizm masalasi (Isajon Sulton, Luqmon Bo‘rixon, Ulug‘bek Hamdam ijodi misolida)” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil697
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: G‘ayipov Dilshod Qadamboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor;
Qochqorova Marhabo Xudoyberganovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sabirdinov Akbarali Gafurovich, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi istiqlol davri hikoyachiligida badiiy psixologizmning o‘rni va ahamiyatini, uning ifodalash vosita va usullarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotshunosligida hikoya janri misolida ruhiyat va inson ruhiyatini tasvirlashda ifoda va usullarining rolini belgilashda ilmiy-nazariy qarashlarini psixoanalitik metod nazariyalari asosdagi yondashuvlar bilan boyitish zarurligi asoslangan;
badiiy psixologizm tamoyillari asosida hikoyachilikda mavzu va g‘oya, shakl va mazmun, obraz va xarakterning shakllanishi va tadrijida g‘arb adabiyoti an’analarining ta’siri va o‘rni masalasi ilmiy-tahliliy asosida ochib berilgan;
ijodkorlarning g‘arb adabiy-tafakkuri natijasi va ta’siri ostida yaratilgan hikoyalarida ruhiy holatni ta’minlovchi portret, peyzaj, detal, tush, ichki monolog kabi ruhiy tahlil vositalarining adabiy qahramonlarining dinamik, turg‘un holatlari ishonarliligini ta’minlashdagi o‘zaro aloqasi dalillangan;
istiqlol davri hikoyalarida tasvirdagi an’anaviy bir xillikdan ko‘ra psixologik serqirralik va badiiy betakrorlik ustun ekanligi muayyan hikoyalar asosida dalillangan;
hikoyaning syujet chizig‘i va kompozision qurilishida badiiy psixologizmning estetik vazifasi ochib berilgan;
inson ruhiyati turg‘un va o‘zgarmas hodisa emas, balki ijtimoiy muhit talabi, taraqqiyot natijasiga muvofiq tarzda dinamik harakatda bo‘ladigan tushuncha ekanligi, shuningdek, yozuvchining ijodiy individualligi takomilida psixologizmning qo‘llash mahorati turli xil yillarda yozilgan hikoyalar tahlili asosida ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Istiqlol davri hikoyachiligida badiiy psixologizmning o‘rni masalasiga doir qarashlar asosida tadqiq etish, ilmiy-amaliy ahamiyatini belgilash asosida:
dissertatsiyaning zamonaviy o‘zbek nasrining ixcham janri – hikoyaning syujet chizig‘i va kompozision qurilishida badiiy psixologizmning estetik vazifasi, inson ruhiyati turg‘un va o‘zgarmas hodisa emas, balki ijtimoiy muhit talabi, taraqqiyot natijasiga muvofiq tarzda dinamik harakatda bo‘ladigan tushuncha ekanligi haqidagi fikrlar turkiy adabiyot namunalarida, xususan, ozarbayjon nasri bilan muqoyasa etilgani, turkiy dunyo nasri bilan qiyosiy o‘rganilganligi, dalillanganligiga doir fikr-mulohazalar, tavsiyalar loyiha doirasidagi hisobot xulosalarining mukammallashuviga xizmat qilgan (Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyati Markazi 2025-yil 8-oktyabrdagi № 147/AZE-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fundamental loyiha doirasida yaratilgan tadqiqotlarning yana-da ilmiyligini ortishida muhim rol o‘ynagan;
istiqlol davrida yaratilgan hikoyalarda insonning botiniy olami, shuningdek, haqiqat, ezgulik, ahillik, adolat kabi umuminsoniy qadriyatlarning yoritilishi kitobxonlar tafakkurini shakllantirishda hamda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy yuksalishidagi ahamiyati, ijodkorlarning g‘arb adabiy-tafakkuri natijasi va ta’siri ostida yaratilgan hikoyalarida ruhiy holatni ta’minlovchi portret, peyzaj, badiiy detal, tush, ichki monolog, ong oqimi kabi ruhiy tahlil vositalarining, shuningdek, adabiy qahramonlarning dinamik, turg‘un holatlari va ishonarliligini ta’minlashdagi o‘zaro aloqasi kabi masalalar bilan bog‘liq yangi ilmiy-nazariy qarashlarni yoritishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 6-oktyabrdagi №1/04-6791-sonli ma’lumotnomasi). Natijada inson ruhiyatini chuqur anglaydigan va teran idrok qiladigan, jamiyatdagi har bir hodisaga ongli tarzda fikr bildira oladigan yoshlarni tarbiyalashda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
o‘zbek adabiyotshunosligida hikoya janri misolida ruhiyat va inson ruhiyatini tasvirlashda ifoda va usullarining rolini belgilashda ilmiy-nazariy qarashlarini psixoanalatik metod nazariyalari asosdagi yondashuvlar bilan boyitish zarurligi asoslangan tahlillardan; istiqlol davri hikoyalarida real hayot manzaralarini tashqi, ya’ni zohiriy emas, balki insonning ichki, botiniy olamini kashf etishdagi ahamiyatini yoritish orqali olam va odamni badiiy inkishof qilish iste’dodi yozuvchi dunyoqarashi bilan bog‘liqlikda asoslangan xulosalardan; badiiy psixologizm tamoyillari asosida hikoyachilikda mavzu va g‘oya, shakl va mazmun, obraz va xarakterning shakllanishi va tadrijida g‘arb adabiyoti an’analarining ta’siri va o‘rni masalasi ilmiy-tahliliy asosda ochib berilgan o‘rinlardan; ijodkorlarning g‘arb adabiy-tafakkuri natijasi va ta’siri ostida yaratilgan hikoyalarida ruhiy holatni ta’minlovchi portret, peyzaj, detal, tush, ichki monolog kabi ruhiy tahlil vositalarining adabiy qahramonlarining dinamik, turg‘un holatlari ishonarliligini ta’minlashdagi o‘zaro aloqasi dalillangan ma’lumotlardan; istiqlol davri hikoyalarida tasvirdagi an’anaviy bir xillikdan ko‘ra psixologik serqirralik va badiiy betakrorlik ustun ekanligi muayyan hikoyalar asosida dalillangan tahliliy fikrlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Nasr kengashi hisobot yig‘ilishlarida, Luqmon Bo‘rixon tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlarida, ijodiy to‘garaklar faoliyatida ijodiy uchrashuvlar, adabiy-ma’rifiy anjumanlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 01-03/337-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalaridan amaliy foydalanish natijasida esa yoshlarning ma’naviy-ruhiy olamini hamda badiiy-estetik tafakkurini yana-da oshirishga xizmat qilgan;
Istiqlol davri ijodkorlarining hikoyalarida syujet va badiiy psixologizm qo‘llanilishining o‘ziga xosligi, asar kompozisiyasi va badiiy psixologizm munosabati, hikoyachilikdagi portret va xarakter, peyzaj va epik kechinma uyg‘unligining omili sifatida badiiy psixologizmning ahamiyati, hikoyalarda badiiy psixologizm qahramon ruhiyati tasvirining asosi va uni qo‘llashdagi yozuvchi individual uslubining o‘rni haqidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining “Assalomu alaykum, Qaraqalpaqstan”, “Kush bilimde” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2025-yil 15-oktyabrdagi 02-16/14-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikka istiqlol davri yozuvchilarining asarlari kitobxon ruhiy olami va ma’naviyatining yuksalishida, kelajak avlod dunyoqarashining o‘sishida muhim omil sifatida xizmat qilishi yoritilgan.