Madirimov Baxram Abdullaevichning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Abdulla Qodiriyning qahramon badiiy nutqini individuallashtirish mahorati (“Mehrobdan chayon” romani misolida) 10.00.02. - O‘zbek adabiyoti, (filologiya bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:    №B2021.1.PhD/Fil.1575
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Kurbanbaev Ilxombek Aminbaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Sariev San’atbek Matchonboevich filologiya fanlari doktori (DSc), professor v.b.; Abdullaev Xamro Dauletbaevich filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qahramon nutqini individuallashtirish mahorati hamda rivoya texnikasi o‘ziga xosligini Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani misolida nazariy umumlashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 romanda qahramon nutqini individuallashtirish mahorati o‘ziga xosligi Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari misolida tadqiq etilgan; 
matn shakllanishida badiiy nutq vazifasi, maqsadi va ahamiyati belgilangan;
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida qo‘llanilgan nutq tiplari va shakllari o‘ziga xosligi hamda tafovuti aniqlangan;
Abdulla Qodiriy ifoda uslubi bilan bog‘liq tendensiyalarga e’tibor qaratilgan;
badiiy asar strukturasida dialog va monolog vazifadoshligi tavsiflangan;
rivoya texnikasi ruhiy va ijtimoiy-falsafiy asoslari mantiqan dalolatlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida nutq tiplarini qo‘llash mahoratini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani stlistikasida badiiy kommunikatsiyaning vositachilik rolini belgilashga oid ma’lumotlarni nazariy sathda tadqiq etish bilan bog‘liq xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillari amalga oshirilgan “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 12-iyuldagi 279/1 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash tufayli epik tafakkurda nutq tipi shakllari vazifadoshligi, estetik obekt shakllanish jarayoniga ta’siri, muallif-matn-qahramonaro muloqot jarayonida axborotni etkazib berish ehtiyoji, rivoya texnikasida milliy til bazasi materiali xususiylashuvi nazariy talqinda yoritilgan, adabiy-estetik qarashlarni yangilash, teranlashtirish, amalda mavjud bo‘lgan ilmiy qarashlarni yanada takomillashtirishga ham xizmat qilgan;
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida nutq tipi o‘ziga xosligi, muloqot jarayonida maqsad va vazifani uyushtirish omillari, rivoya texnikasida ifoda ustuvorligi hamda emotsional-ekspressiv ma’no izchilligiga oid xususiyatlar yuzasidan ilgari surilgan xulosalar va tavsiyalar O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016-yillari amalga oshirilgan F1-FA-0-43429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalari tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida qo‘llanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 12-iyuldagi 280/1 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchi badiiy tasavvurida yaratiladigan voqelik markazida qahramon turishi, nutq tipi xarakter iroda yo‘nalishini belgilashi, roman sathida munosabat tasvirni yorqinlashtirishi tavsiflangan, tarixiy roman ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish vazifasini bajargan;
Abdulla Qodiriy ijodida nutq shakllari tadriji, personajlar muloqotida o‘ziga xoslik va tafovut, qahramon nutqini individuallashtirish mahoratini yoritish bilan bog‘liq xulosalardan Xorazm viloyat radiosining “Najot bilimda” eshittirishida chiqish qilingan (2025-yil 25-fevraldagi 242-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shakllanib kelayotgan yosh avlod ong-shuurida kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash, asar mutolaasi bilim olish kafolati ekanligiga e’tibor qaratilgan;
Adib ijodi ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, o‘quvchi-talabalar dunyoqarashida axloqiy mezonlar barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq xulosalardan Abdulla Qodiriy asarlarida qahramon badiiy nutqi atamasida ma’lumotlar bazasi dasturi yaratildi (Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi № DGU 48964 sonli guvohnomasi) Natija o‘laroq yozuvchi orzu qilgan milliy mustaqillik mafkurasini keng targ‘ib qilish, shaxs ma’naviy daxlsizligi hamda erkinligi qadriga etishga zamin hozirlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish