Allanazarova Bibinaz Keunimjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini boshqarishni takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4781.
Ilmiy rahbar: Shennaev Xo‘jayor Musurmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Babaeva Nargiza Muzafarovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qaror qabul qilish sifatini oshirish, risk-menejmentni kuchaytirish, investisiya va dividend siyosatini barqarorlashtirish, kapital va to‘lov qobiliyatini mustahkamlashning majmui sifatida sug‘urta kompaniyasi korporativ boshqaruv standartlarida minoritar aksiyadorlar ulushini kamida 5 foizga oshirish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalari risk-menejment tizimi tarif siyosatini hududiy sharoitlarga moslashtirish, risk nazoratining markazlashtirilgan va hududiy mexanizmlarini muvozanatlashtirish, sug‘urta portfelidagi katta yoki kumulyativ risklarni kamaytirish, mahalliy statistika, tabiiy ofatlar tarixi va mijoz profili asosida hududiy bo‘linmalarga ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkalarini 10 foizgacha o‘zgartirish vakolatini berish orqali takomillashtirilgan;
sug‘urta zaxiralari hajmini o‘rtacha 3 foizga oshirish orqali sug‘urtalovchilar to‘lov qobiliyatini yaxshilash, katastrofik sug‘urta da’volaridan himoya qilish, sug‘urta turlari bo‘yicha lokal stress holatlariga chidamlilik darajasini mustahkamlash taklifi asoslangan;
sug‘urta kompaniyalari to‘lov qobiliyati (solvency) marjasini doimiy ravishda belgilangan bir birlikdan yuqori saqlash konservativlik, kapital va zaxiralar hajmini risk darajasiga mos ravishda belgilash, monitoring va stress-test, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan risklar va to‘lov qobiliyati darajasini mustaqil baholashning ichki tizimini yaratish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qaror qabul qilish sifatini oshirish, risk-menejmentni kuchaytirish, investisiya va dividend siyosatini barqarorlashtirish, kapital va to‘lov qobiliyatini mustahkamlashning majmui sifatida sug‘urta kompaniyasi korporativ boshqaruv standartlarida minoritar aksiyadorlar ulushini kamida 5 foizga oshirish taklifi “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning 2025-yil 25-iyundagi №02-24/2389 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta kompaniyasi moliyaviy barqarorligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar yaxshilangan. Natijada, sug‘urta tashkiloti ustav kapitalining miqdori 2023-yilda 90,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024-yilda 215,5 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan yoki o‘sish 139,4 foizni tashkil etgan.
tarif siyosatini hududiy sharoitlarga moslashtirish, risk nazoratining markazlashtirilgan va hududiy mexanizmlarini muvozanatlashtirish, sug‘urta portfelidagi katta yoki kumulyativ risklarni kamaytirish, mahalliy statistika, tabiiy ofatlar tarixi va mijoz profili asosida hududiy bo‘linmalarga ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkalarini 10 foizgacha o‘zgartirish vakolatini berish orqali takomillashtirilgan risk-menejment tizimi “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ filiallari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning 2025-yil 25-iyundagi №02-24/2389 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi sug‘urta kompaniyasi moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi risklarni optimallashtirish va baholash samaradorligini oshirgan. Natijada, sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘plangan sug‘urta mukofotlarining bozordagi ulushi 2023-yilga nisbatan 2024-yili 4,9 foizga yoki mos ravishda 704,4 mlrd. so‘mdan 738,6 mlrd. so‘mga ko‘paygan.
sug‘urta zaxiralari hajmini o‘rtacha 3 foizga oshirish orqali sug‘urtalovchilar to‘lov qobiliyatini yaxshilash, katastrofik sug‘urta da’volaridan himoya qilish, sug‘urta turlari bo‘yicha lokal stress holatlariga chidamlilik darajasini mustahkamlash taklifi “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning 2025-yil 25-iyundagi №02-24/2389 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida kompaniyaning moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi sug‘urta zaxiralari miqdori 2024-yilda 845,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan va bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 558,9 mlrd. so‘mga yoki 195,3 foizga oshgan.
sug‘urta kompaniyalari to‘lov qobiliyati (solvency) marjasini doimiy ravishda belgilangan bir birlikdan yuqori saqlash konservativlik, kapital va zaxiralar hajmini risk darajasiga mos ravishda belgilash, monitoring va stress-test, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan risklar va to‘lov qobiliyati darajasini mustaqil baholashning ichki tizimini yaratish orqali takomillashtirilgan taklifi “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Kafolat sug‘urta kompaniyasi”AJning 2025-yil 25-iyundagi №02-24/2389 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida sug‘urtalovchining to‘lov qobiliyati marjasi me’yori 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 43,1 foizga oshib, 1,634 birlikka teng bo‘lgan. Bu o‘z navbatida, sug‘urtalovchining yuridik va jismoniy shaxslar, ya’ni sug‘urta qildiruvchilar oldidagi majburiyatini to‘liq bajarish imkoniyatini yaratgan.