Shakirov Utkirbek Taxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta kompaniyalari biznes-jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishni tadqiq etish” 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5283.
Ilmiy rahbar: Bobojonov Azizjon Babaxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Baxodir Boltaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamasoatov Dilshod Ravshanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘urta kompaniyalari biznes-jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta kompaniyasi front-ofisida anderrayting va mijozlar arizalarini qayta ishlash jarayonida haqiqiy vaqtda biznes faolligi va o‘zgarishlarni boshqarish orqali sug‘urta kompaniyalari biznes-jarayonlarini optimal raqamlashtirilgan platformasini ishlab chiqish asosida qarorlar sifatini yaxshilash hamda operatsion risklar va xarajatlarni kamaytirish taklifi ishlab chiqilgan;
sug‘urta xizmatlarining raqamli transformatsiya indeksini aniqlashning muallif uslubiy yondashuvi asosida yirik sug‘urta kompaniyalarining raqamlashtirish darajasi va boshqaruv samaradorligi natijalari da’volarni onlayn ko‘rib chiqish ulushi (D = 0,8), elektron polislar ulushi (EP=0,7), mijoz uchun mobil ilovalar mavjudligi (MI = 1,0), raqamli xizmatlar orqali yig‘ilgan mukofot ulushi (M = 0,6) ko‘rsatkichlari orqali aniqlangan;
sug‘urta kompaniyasidagi xizmat ko‘rsatish xususiyatlarini inobatga oluvchi sug‘urta zaxiralarini hisoblash modulini yaratish orqali 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol rivojlantirish va keng joriy etishga qaratilgan strategik dastur ishlab chiqilgan;
“Kafil-sug‘urta” AJ korporativ yagona axborot tizimiga anderrayting bloki hamda sug‘urta moduli va sug‘urta mahsulotlarini sotuvchi hamkor sayyohlik kompaniyalarida o‘rnatilgan “ARM-agentlik” dasturiy paketlarini birlashtirish orqali sug‘urta kompaniyasida turoperator uchun fuqarolik javobgarligi shartnomasini tuzish tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta kompaniyalari biznes-jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta kompaniyasi front-ofisida anderrayting va mijozlar arizalarini qayta ishlash jarayonida haqiqiy vaqtda biznes faolligi va o‘zgarishlarni boshqarish orqali sug‘urta kompaniyalari biznes-jarayonlarini optimal raqamlashtirilgan platformasini ishlab chiqish asosida qarorlar sifatini yaxshilash hamda operatsion risklar va xarajatlarni kamaytirish taklifi “Kafil-sug‘urta” AJ va “My-insurance” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Kafil-sug‘urta” AJning 2025-yil 10-sentyabrdagi 10/09-sonli ma’lumotnomasi) hamda (“My-insurance” AJning      2025-yil 25-oktyabrdagi 25/10-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida biznes-jarayonlarni real vaqt rejimida operativ boshqarish orqali anderrayting va mijozlar arizalarini ko‘rib chiqish samaradorligi oshib, qarorlar sifatini yaxshilab, operatsion risklar va xarajatlarni kamaytirish, jarayonlarning shaffofligi va nazoratini oshirishga imkon bergan;
sug‘urta xizmatlarining raqamli transformatsiya indeksini aniqlashning muallif uslubiy yondashuvi asosida yirik sug‘urta kompaniyalarining raqamlashtirish darajasi va boshqaruv samaradorligi natijalari da’volarni onlayn ko‘rib chiqish ulushi (D = 0,8), elektron polislar ulushi (EP=0,7), mijoz uchun mobil ilovalar mavjudligi (MI = 1,0), raqamli xizmatlar orqali yig‘ilgan mukofot ulushi (M = 0,6) ko‘rsatkichlari orqali aniqlash bo‘yicha taklif “Kafil-sug‘urta” AJ va va “My-insurance” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Kafil-sug‘urta” AJning 
2025-yil 10-sentyabrdagi 10/09-sonli ma’lumotnomasi) hamda (“My-insurance” AJning 2025-yil 25-oktyabrdagi 25/10-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta sohasida samarali boshqaruvni ta’minlash, qaror qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish va raqamli innovatsiyalardan to‘liq foydalanish imkoni yaratilgan;
sug‘urta kompaniyasidagi xizmat ko‘rsatish xususiyatlarini inobatga oluvchi sug‘urta zaxiralarini hisoblash modulini yaratish orqali 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol rivojlantirish va keng joriy etishga qaratilgan strategik dastur ishlab chiqish taklifi “Kafil-sug‘urta” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Kafil-sug‘urta” AJning 2025-yil 10-sentyabrdagi 10/09-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta zaxiralarini hisoblash moduli yaratilib, sug‘urta zaxiralarini shakllantirishning to‘g‘riligini oshirgan, shu orqali sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va sug‘urtalovchilar oldidagi majburiyatlarini bajarishga xizmat qilgan;
 “Kafil-sug‘urta” AJ korporativ yagona axborot tizimiga anderrayting bloki hamda sug‘urta moduli va sug‘urta mahsulotlarini sotuvchi hamkor sayyohlik kompaniyalarida o‘rnatilgan “ARM-agentlik” dasturiy paketlarini birlashtirish orqali sug‘urta kompaniyasida turoperator uchun fuqarolik javobgarligi shartnomasini tuzish tartibini takomillashtirish taklifi “Kafil-sug‘urta” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Kafil-sug‘urta” AJning 2025-yil 
10-sentyabrdagi 10/09-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta kompaniyasida turoperator uchun fuqarolik javobgarligi shartnomasini tuzish jarayonlari aniqligi, shaffofligi, tezkorligini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish