Maxmudov Samariddin Baxriddinovichning
iqtisod fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Logistika tizimidagi korporativ tuzilmalar moliyasini boshqarish metadologiyasini takomillashtirish », 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt988.
Ilmiy rahbar: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘xliev Bozorboy Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xolov Nabijon Qaxramonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti..
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi logistika tizimidagi korporativ tuzilmalar moliyasini boshqarish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
logistika sohasidagi korporativ tuzilmalarni samarali moliyalashtirishga yo‘naltirilgan moliyaviy boshqaruv tizimi strategik maqsadlar bilan uzoq muddatli investisiya siyosati, DCF, IRR va ESG ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik orqali integrallashgan moliyaviy  boshqaru konturi asosida  takomillashtirilgan:
logistika sohasidagi korporativ tuzilmalar kapitalini shakllantirish bo‘yicha algoritmik-model` logistik korporativ tuzilmalarda jalb qilinadigan moliyaviy resurslarni samarali boshqarishda yangi metodologik yondashuv bo‘lib xizmat qiluvchi olti bosqichli moliyalashtirish tizimin tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
logistika  sohasidagi  investisiya  loyihalarini  baholashda kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati (WACC) va daromadlilikning ichki  me’yori  (IRR) ko‘rsatkichlari bo‘yicha qaror qabul  qilish  algoritmi IRR>WACC mezonlarigaasoslangan holda yangi investision loyihalarni moliyalashtirishga qabul qilish yoki rad etish tartibini joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
logistika tizimidagi korporativ tuzilmalarda moliyaviy  resurslarni  optimal shakllantirish siyosatida kapital tarkibini diversifikatsiya qilish va optimallashtirishning  besh  mikrokomponentlardan iborat indikatorlari hamda ular target  ko‘rsatkichlarining  chegaraviy mezonlari asoslangan;
O‘zbekistonda logistik kompaniyalar strategik rivojlanishni ichki moliyaviy salohiyat hisobiga moliyalashtirishni mustahkamlash maqsadida sof foyda va rentabellik ko‘rsatkichini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kesimida shakllantirilgan ekonometrik modellar asosida o‘rta muddatlisof foydani oshirishimkoniyatlarining 2030 yilga qadar ssenariy variantlari prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Logistika tizimidagi korporativ tuzilmalar moliyasini boshqarish metadologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
logistika sohasidagi korporativ tuzilmalarni samarali moliyalashtirishga yo‘naltirilgan moliyaviy boshqaruv tizimi strategik maqsadlar bilan uzoq muddatli investisiya siyosati, DCF, IRR va ESG ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik orqali integrallashgan moliyaviy boshqaruv konturi asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 08/45-4-21-950 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son Qarori 2-punkti, to‘rtinchi xatboshisida o‘z (Moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini qo‘llagan holda harakat tarkibi parki - vagonlar, lokomotivlar, avtotransport vositalari, refrijerator konteynerlar, daryo va havo kemalarini yangilash uchun mahalliy transport korxonalariga shart-sharoit yaratish va ularni rag‘batlantirish) ifodasini topgan; 
logistika sohasidagi korporativ tuzilmalar kapitalini shakllantirish bo‘yicha algoritmik-model` logistik korporativ tuzilmalarda jalb qilinadigan moliyaviy resurslarni samarali boshqarishda yangi metodologik yondashuv bo‘lib xizmat qiluvchi olti bosqichli moliyalashtirish tizimini tatbiq etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 
8 oktyabrdagi 08/45-4-21-950 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy ehtiyojlarni aniqlashdan tortib KPI asosidagi samaradorlik nazoratigacha bo‘lgan jarayonlar aniq tizimlashtirilgan. Taklif qilingan modeldan korporativ tuzilmalar amaliy faoliyatida foydalanish moliyaviy strategiyani minimal tavakkalchiliklar bilan va samarali tashkil etish hamda investision jozibadorlikni oshirish hamda pirovard natijada  investorlar uchun shaffof hisobot berish imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son Qarori 2-punkti, to‘rtinchi xatboshisida ifodasini topgan;
logistika sohasidagi investisiya loyihalarini baholashda kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati (WACC) va daromadlilikning ichki me’yori (IRR) ko‘rsatkichlari bo‘yicha qaror qabul qilish algoritmi IRR>WACC mezonlariga asoslangan holda yangi investision loyihalarni moliyalashtirishga qabul qilish yoki rad etish tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 08/45-4-21-950 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida logistika tizimidagi korporativ tuzilmalar moliyaviy jarayonlari samaradorligini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega tavsiyalar tizimi hisoblanadi va investision qarorlar hamda ularni moliyalashtirishni ob’ektiv, manzilli hamda asosli ravishda qabul qilishni” ta’minlaydi. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son Qarori 18-punktida ifodasini topgan;
logistika tizimidagi korporativ tuzilmalarda moliyaviy resurslarni optimal shakllantirish siyosatida kapital tarkibini diversifikatsiya qilish va optimallashtirishning besh mikrokomponentlardan iborat indikatorlari hamda ular target ko‘rsatkichlarining chegaraviy mezonlari asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 08/45-4-21-950-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida target ko‘rsatkichlar mezonlari asosida (ER (Xususiy kapital ulushi) O‘TYKALM≥65%; 0,4 ≤ DE (Qarz xususiy kapital nisbati) ≤ 0,8; SIFR (Ichki moliyaviy manbalar hissasi)≥50%; ROE≥ 50%; TA(Aktivlar aylanuvchanligi)≥1,2) asosida ichki va tashqi moliyalashtirish manbalari hisobiga kapital tarkibini optimal diversifikatsiyalash orqali moliyalashtirish bilan bog‘liv xarajatlarni minimallashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son Qarori 6-punkti, ikkinchi xatboshisida ifodasini topgan;
O‘zbekistonda logistik kompaniyalar strategik rivojlanishni ichki moliyaviy salohiyat hisobiga moliyalashtirishni mustahkamlash maqsadida sof foyda va rentabellik ko‘rsatkichini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kesimida shakllantirilgan ekonometrik modellar asosida o‘rta muddatli sof foydani oshirish imkoniyatlarining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan ssenariy variantlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son Qarori 18-punktida ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 08/45-4-21-950 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida logistika kompaniyalar strategik rivojlanishni ichki moliyaviy salohiyat hisobiga moliyalashtirishni mustahkamlashda o‘rta muddatli sof foydani oshirish imkoniyatlarining prognoz ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish