Abirqulova Sohibjamol Normuxammad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta kompaniyalari samaradorligini oshirishga qayta sug‘urtaning ta’siri», 08.00.07–«Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/5374.
Ilmiy rahbar: Hakimov Hakimjon Abdullo o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilhom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shennaev Xo‘jayor Musurmanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘urta kompaniyalari samaradorligini oshirishga qayta sug‘urtaning ta’sirini baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta kompaniyasining faoliyat sohasi, portfel tuzilmasi va tavakkal darajasiga ko‘ra individual qayta sug‘urta siyosatini ishlab chiqish hamda risklarni segmentatsiya qilish, limitlarni aniqlash va retensiya darajasi elementlarini nazarda tutuvchi sug‘urta kompaniyalari darajasida «Qayta sug‘urta strategiyasi»ni ishlab chiqish taklifi asoslangan;
sug‘urta kompaniyalarining risklarni qayta taqsimlashdagi muvaffaqiyati, to‘lov qobiliyati, retensiya darajasi va zararlar qoplash tezligini kompleks tarzda baholash imkonini taqdim etuvchi milliy sug‘urta bozori uchun «Qayta sug‘urta samaradorligi indeksi»ni ishlab chiqish taklifi asoslangan;
milliy sug‘urta kompaniyalarining qayta sug‘urta risklarini boshqarish salohiyatini xalqaro standartlarga mos ravishda oshirishga, kapitaldan samarali foydalanishga hamda salbiy moliyaviy ta’sirlarni yumshatishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuv sifatida «Geografik risk limitlari tizimi»ni qo‘llash taklif qilingan;
«O‘zagrosug‘urta» AJ qayta sug‘urta hajmining sug‘urta kompaniyalari moliyaviy samaradorligini baholash bo‘yicha tuzilgan ekonometrik model asosida 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan sof foyda prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta kompaniyalari samaradorligini oshirishga qayta sug‘urtaning ta’sirini tadqiq etish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta kompaniyasining faoliyat sohasi, portfel tuzilmasi va tavakkal darajasiga ko‘ra individual qayta sug‘urta siyosatini ishlab chiqish hamda risklarni segmentasiya qilish, limitlarni aniqlash va retensiya darajasi elementlarini nazarda tutuvchi sug‘urta kompaniyalari darajasida «Qayta sug‘urta strategiyasi»ni ishlab chiqish taklifi «O‘zagrosug‘urta» AJning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini belgilashda foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» AJning 2025-yil 20-iyundagi 04-13/57-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yilda «O‘zagrosug‘urta» AJ sug‘urta kompaniyasida qayta sug‘urta bo‘yicha qabul qilingan sug‘urta mukofotlarining foizi boshqa qayta sug‘urta kompaniyalariga sug‘urta mukofotlari sifatida berilib,  kompaniyaning sof foydasi o‘tgan davrga nisbatan 12,3 foizga oshishiga erishilgan;
sug‘urta kompaniyalarining risklarni qayta taqsimlashdagi muvaffaqiyati, to‘lov qobiliyati, retensiya darajasi va zararlar qoplash tezligini kompleks tarzda baholash imkonini taqdim etuvchi milliy sug‘urta bozori uchun ishlab chiqilgan «Qayta sug‘urta samaradorligi indeksi»ni «O‘zagrosug‘urta» AJning qayta sug‘urtalash operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» AJning 2025-yil 20-iyundagi 04-13/57-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya tomonidan 2024-yilda qayta sug‘urtalashni amalga oshirish xarajatlari 10 foizga, zararlilik ko‘satkichi 0.4 koeffisientga kamaygan;
milliy sug‘urta kompaniyalarining qayta sug‘urta risklarini boshqarish salohiyatini xalqaro standartlarga mos ravishda oshirishga, kapitaldan samarali foydalanishga hamda salbiy moliyaviy ta’sirlarni yumshatishga xizmat qiluvchi innovasion yondashuv sifatida «Geografik risk limitlari tizimi»ni qo‘llash taklifi «O‘zagrosug‘urta» AJning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini belgilashda foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» AJning 2025-yil 20-iyundagi 04-13/57-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta kompaniyalari tomonidan risklarni joylashuv bo‘yicha segmentlash orqali ularni nazorat ostida ushlab turish imkonini beruvchi dastur ishlab chiqilib, har bir hudud uchun maksimal risk konsentrasiyasi chegaralari aniqlanib, kompaniya portfelida risklarning notekis taqsimlanishining oldi olish va yuqori riskli hududlarda haddan tashqari ko‘p to‘plangan sug‘urta majburiyatlari qisqartirilib, kompaniyaning umumiy moliyaviy barqarorligi mustahkamlash imkoni yaratilgan;
«O‘zagrosug‘urta» AJ qayta sug‘urta hajmining sug‘urta kompaniyalari moliyaviy samaradorligini baholash bo‘yicha tuzilgan ekonometrik model asosida ishlab chiqilgan 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan sof foyda prognoz qiymatlaridan «O‘zagrosug‘urta» AJ ning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini belgilashda foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» AJning 2025-yil 20-iyundagi 04-13/57-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning ichki imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga umumiy qayta sug‘urta mahsulotlari hajmini muayyan darajaga oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish