Yokubjanov Doniyor Islom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi sanoatini “yashil” innovatsiyalar asosida rivojlantirish yo‘nalishlari”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt2884.
Ilmiy rahbar: Hakimov Hakimjon Abdullo o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyodilla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shakirova Farog‘at Boltaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda “yashil” innovatsiyalarni rag‘batlantirish va ularni joriy etish orqali sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “yashil innovatsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va zararli chiqindilarni qayta ishlash orqali resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ekologik barqaror, kam uglerodli o‘sish modelini shakllantirishga qaratilgan jarayonlar nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
mamlakatda tabiiy energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirishning zarur shart-sharoitlarini ta’minlashda hududlar darajasidagi “yashil innovatsion salohiyat”ni shakllantirish va uning imkoniyatlarini to‘liq safarbar etish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi sanoat tarmog‘ida “yashil” innovatsiyalarga qilingan xarajatlar va ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikka asoslanib 2030-yilgacha sanoatni “yashil” innovatsion rivojlantirishning maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
sanoatni “yashil” innovatsiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar negizida dasturiy modelni qo‘llash orqali energiya tejamkor texnologiyalar ulushini oshirish (27% ≤ ETT ≤ 41%) hamda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish (IChX ≤ 9,8%) chegaralari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sanoatini “yashil” innovatsiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “yashil innovatsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va zararli chiqindilarni qayta ishlash orqali resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ekologik barqaror, kam uglerodli o‘sish modelini shakllantirishga qaratilgan jarayonlar nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan “70310103–Makroiqtisodiyot” hamda “70310301–Mintaqaviy iqtisodiyot” mutaxassisliklari talabalari uchun tavsiya etilgan “Yashil iqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 448-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv adabiyotlarida foydalanish talabalarda “yashil” innovatsiyaning iqtisodiy mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
mamlakatda tabiiy energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirishning zarur shart-sharoitlarini ta’minlashda hududlar darajasidagi “yashil innovatsion salohiyat”ni shakllantirish va uning imkoniyatlarini to‘liq safarbar etish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 1-dekabrdagi 05-33-13537-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “yashil” o‘sishni rivojlantirish dasturi doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlar ishtirokini kuchaytirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilinib, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish tadbirlarini rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarni doimiy baholab borish bo‘yicha davlat va xususiy tashkilotlarning texnologik salohiyatlarini mustahkamlash bo‘yicha tayyorlov dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi sanoat tarmog‘ida “yashil” innovatsiyalarga qilingan xarajatlar va ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikka asoslanib ishlab chiqilgan 2030-yilgacha sanoatini “yashil” innovatsion rivojlantirishning maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan respublika sanoat korxonalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 1-dekabrdagi 05-33-13537-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi mahalliy korxonalarda ESG tamoyillarini joriy etish, shu jumladan, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning “Eko” brendini ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
sanoatni “yashil” innovatsiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar negizida dasturiy modelni qo‘llash orqali energiya tejamkor texnologiyalar ulushini oshirish (27% ≤ ETT ≤ 41%) hamda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish (IChX ≤ 9,8%) chegaralari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan respublika sanoat korxonalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 1-dekabrdagi 05-33-13537-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarning uzoq muddatli ishlab chiqarish strategiyalari aniqligi va samaradorligini ta’minlash imkoni yaratilgan. Jumladan, Namangan shahrida joylashgan “Namangan Rezina Plast” MChJ (rezina va plastik chiqindilarni qayta ishlovchi) korxonasida yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, korxona rentabelligi 2025-yil fevral oyidagi 9,8 foizdan 2025-yil iyun oyida 15,6 foizga oshgan.