Omanova Nargiza Rustam qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv tizimida korporativ madaniyatni takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/Iqt3105.
Ilmiy rahbari: Umarxodjaeva Muyassar Ganievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02  raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Saidov Mashal Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Baxtiyorov Bobur Baxodir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvi tizimida korporativ madaniyatni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyat rivojlanishini baholash uchun LSI, CCI, CVA va TII indikatorlari asosida 0–5 oraliqdagi integral korporativ madaniyat indeksi (ICMI) ishlab chiqilib, unga ko‘ra holat “past” (0–2), “o‘rta” (2,1–3,0), “etarli rivojlangan” (3,1–4,0) va “yuqori rivojlangan” (4,1–5,0) toifalariga ajratish usuli taklif etildi;
xodimlarni boshqarish samaradorligining xalqaro miqyosdagi optimal hamda milliy miqyosdagi darajalari (tegishli ravishda: sodiqlik ko‘rsatkichi (eNPS = 10%;12.9%), tashkilotda vakansiyalarni to‘ldirish tezligi (VTT = 26 kun; 23,9 kun), xodimlarning o‘z ish faoliyatiga jalb qilinganlik darajasi (JQD = 50%; 63,3%) asosida “O‘zkimyosanoat” AJ xodimlarini boshqarish faoliyati takomillashtirilgan; 
korporativ madaniyatni transformatsiya qilish doirasida “Industrial Culture 4.0” konsepsiyasiga asoslangan boshqaruv tizimining ilg‘or tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi OKR, gibrid ish tizimini hamda markazdagi inson paradigmasi taklifi orqali asoslangan;
qadriyatlar ta’sirida qulay mehnat sharoitlari (+12,189 ball) va sodiqlik (+13,461 ball) darajalarining ustuvor dinamikasiga tayanilgan holda, korporativ muhit barqarorligining 2030 yilgacha bo‘lgan ehtimoliy rivojlanish traektoriyalarini aks ettiruvchi prognoz ishlab chiqildi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv tizimida korporativ madaniyatni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyat rivojlanishini baholash uchun LSI, CCI, CVA va TII indikatorlari asosida 0–5 oraliqdagi integral korporativ madaniyat indeksi (ICMI) ishlab chiqilib, unga ko‘ra holat “past” (0–2), “o‘rta” (2,1–3,0), “etarli rivojlangan” (3,1–4,0) va “yuqori rivojlangan” (4,1–5,0) toifalariga ajratish usuli taklif etildi. (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 10-dekabrdagi 30-1258-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xulq-atvor iqtisodiyoti tamoyillari asosida ichki tartib-qoidalar innovatsion tashkil qilinib, KPI ko‘rsatkichlariga mos rag‘batlantirish tizimi joriy etilishi orqali qo‘nimsizlik darajasi (turnover rate) 14 % gacha pasaytirildi; 
xodimlarni boshqarish samaradorligining xalqaro miqyosdagi optimal hamda milliy miqyosdagi darajalari (tegishli ravishda: sodiqlik ko‘rsatkichi (eNPS = 10%;12.9%), tashkilotda vakansiyalarni to‘ldirish tezligi (VTT = 26 kun; 23,9 kun), xodimlarning o‘z ish faoliyatiga jalb qilinganlik darajasi (JQD = 50%; 63,3%) asosida  “O‘zkimyosanoat” AJ xodimlarni boshqarish faoliyati takomillashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning AJning 2025-yil 10-dekabrdagi 30-1258-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xodimlarni boshqarish samaradorligi xalqaro va milliy standartlarga muvofiqlashtirilib, vakansiyalarni to‘ldirish tezligi  (VVT) 23,9 kungacha qisqartirildi, jalb qilinganlik darajasi (JQD) 63,3 ga etkazildi hamda sodiqlik darajasi xalqaro meʼyorlarga yaqinlashtirilgan;
korporativ madaniyatni transformatsiya qilish doirasida “Industrial Culture 4.0” konsepsiyasiga asoslangan boshqaruv tizimining ilg‘or tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklifi asoslangan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 10-dekabrdagi 30-1258-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida boshqaruv funksiyalarini raqamlashtirish, adaptiv korporativ madaniyatni rivojlantirish, OKR tizimi, gibrid ish modeli va e-NPS kabi zamonaviy boshqaruv vositalarini kompleks integratsiyalash orqali barqarorlik  va innovatsion o‘sishni ta’minlovchi ilmiy asoslangan yondashuv sifatida shakllantirilgan;
qadriyatlar ta’sirida qulay mehnat sharoitlari (+12,189 ball) va sodiqlik (+13,461 ball) darajalarining ustuvor dinamikasiga tayanilgan holda, korporativ muhit barqarorligining 2030 yilgacha bo‘lgan ehtimoliy rivojlanish traektoriyalarini aks ettiruvchi prognoz ishlab chiqildi. (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 10-dekabrdagi 30-1258-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida qadriyatlar ta’sirida qulay mehnat sharoitlari (+12,189 ball) va sodiqlik (+13,461 ball)ning ijobiy dinamikasiga tayanilgan holda korporativ muhit barqarorligining 2030 yilgacha bo‘lgan ehtimoliy rivojlanish traektoriyalarini belgilovchi prognoz ishlab chiqilib, tashkilotning uzoq muddatli barqarorligi va xodimlar bilan o‘zaro ishonchli munosabatlar tizimini mustahkamlovchi boshqaruv yondashuvi shakllantirildi;

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish