Qosimov Dilshodjon Mamurjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qizilqum fosforitlarini fosfat-sul`fat kislotali qayta ishlash asosida suyuq va qattiq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5565.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02. 
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilqum fosforitlarini fosfat-sul`fat kislotali qayta ishlash asosida suyuq va qattiq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosforit xomashyosiga fosfat va sul`fat kislotalari aralashmasi bilan ishlov berilganda fosforning o‘zlashtirilmaydigan shaklidan o‘simlik o‘zlashtiradigan va suvda eriydigan shaklga o‘tishi aniqlangan;
EFK:H2SO4:FU = 100:5:15 maqbul og‘irlik nisbatlari o‘rnatildi, bunda boyitilgan superfosfatdagi fosforning (R2O5o‘zl.) va (R2O5suv.) shakllarining nisbiy miqdori mos ravishda 99 va 80% dan oshganligi isbotlangan;
EFK:H2SO4:FX = 100:5:15 nisbatida parchalash orqali fosforit unining (≈92%) yuvib quritilgan konsentrat va yuvib kuydirilgan konsentratga (≈82 i 81%) nisbatan yuqori reaksion qobiliyati aniqlangan;
tarkibida 48% dan ortiq ozuqa komponentlari bo‘lgan RK-o‘g‘it olishni ta’minlaydigan P2O5 : K2O = 1 : 0,5 maqbul og‘irlik nisbati aniqlangan;
ammoniylashgan suyuq qismga bentonit suspenziyasidan 3% qo‘shish orqali tinish darajasi 15% dan oshmaydigan N : P2O5 : K2O = 1:0,7:0,5 maqbul massa nisbatidagi suspendirlangan suyuq kompleks o‘g‘iti ishlab chiqilgan;
yagona siklda past navli fosforitlarni fosfat-sul`fat kislotali qayta ishlash asosida fosforli, fosfor-kaliyli va suspendirlangan suyuq o‘g‘itlar olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qizilqum fosforitlarini fosfat-sul`fatkislotali qayta ishlash asosida suyuq va qattiq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past navli fosforitlarni kislotali qayta ishlash asosida donador boyitilgan superfosfat va suyuq NP-o‘g‘itlar olish texnologiyasi  “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJning 16 iyun` 2025 yildagi 64/S-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, birlamchi fosforli o‘g‘itlar va an’anaviy o‘g‘itlardan qolishmaydigan muvozanatlashgan suyuq NP-o‘g‘itlar assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
past navli fosforitlarni kislotali qayta ishlash asosida donador fosforkaliyli o‘g‘iti va suspendirlangan suyuq kompleks o‘g‘itini olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJning 16 iyun` 2025 yildagi 64/S-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boyitilgan superfosfat sifatini oshirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ildiz va ildizdan tashqari oziqlantirishga mo‘ljallangan suyuq kompozisiyalar olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish