Bobojanov Husanxon Toxirovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Yigirish mashinalari parametrlarini optimallash yo‘li bilan ipning deformatsion xossalarini yaxshilash va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish», 05.06.02–«To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T228.

Ilmiy maslahatchi: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.30.05.2018.T.66.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Xamraeva Sanovar Ataevna, texnika fanlari doktori, professor; Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yangi assortimentdagi, deformatsion xossalari yuqori bo‘lgan kompakt melanj iplari ishlab chiqarish hamda undan raqobatbardosh trikotaj to‘qimalari tayyorlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ipni zichlab beruvchi kompakt qurilmadan foydalanib mahalliy xom-ashyodan yangi assortimentdagi kompakt melanj ip ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;

iplarning yuk ta’sirida va yuksizlanish vaqtidagi deformatsiyalanishi Kelvin Foygt qonuniga bo‘ysinishi mexanik ta’sir natijasida ip oladigan deformatsiya qiymatini  tajribaviy o‘rganish natijasida aniqlangan;

ipni cho‘zuvchi kuch ta’sirida deformatsiyalanishining boshlang‘ich onlaridagi o‘zgarishlarini yuqori aniqlikda o‘lchovchi optik asbob konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

Zinser-350 rusumli halqali yigirish mashinasida kompakt va oddiy iplar olish uchun mashinaning optimal ishchi parametrlari ko‘p omilli eksperimentlar natijalarini kompyuterda qayta ishlash yo‘li bilan aniqlangan;

tajriba yo‘li bilan turli assortimentdagi iplardan trikotaj to‘qimalari tayyorlashda ipning deformatsion xossalarini inobatga olgan holda to‘qilayotgan mato sifat ko‘rsatkichlarini boshqarish imkoniyati mavjudligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Halqali yigirish mashinasiga mexanik kompakt qurilma o‘rnatib, deformatsion ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi assortimentdagi kompakt melanj iplarini ishlab chiqarish bo‘yicha qilingan izlanishlar natijalari asosida:

kompakt melanj iplarni olish texnologiyasi «OSBORN TEXTILE» MChJ xorijiy korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” Uyushmasining 2019 yil 22 fevraldagi 6M-06-870-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik ipining notekisligini 22%ga kamaytirish, uzilish kuchini 17% orttirish imkoniyati yaratilgan;

 yangi usulda olingan kompakt melanj ipdan Lastik o‘rilishda to‘qima ishlab chiqarish texnologiyasi LXA-252SC markadagi yassi ignadonli trikotaj mashinalari o‘rnatilgan “FLATNIT TEXTILE” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” Uyushmasining 2019 yil 22 fevraldagi 6M-06-870-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimaning 14%ga qalin bo‘lishi, ishqalanishga chidamlilik ko‘rsatkichi l0% oshishi xisobiga sifat ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga erishilgan;

halqali yigirish mashinasida kompakt va oddiy iplar olish uchun aniqlangan optimal ishchi parametrlar «OSBORN TEXTILE» MChJ xorijiy korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” Uyushmasining 2019 yil 22 fevraldagi 6M-06-870-son ma’lumotnomasi). Natijada RoCoS kompakt ip qurilmasi  o‘rnatilgan 1200 ta urchuqli «ZINSER–350» yigirish mashinasida ishlab chiqarilgan matoning kirishish ko‘rsatkichi uzunligi bo‘yicha l5%, eni bo‘yicha esa 40%ga yaxshilanishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish