Uzakov Sherbek Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmogʻi nomi): “Mahalliy materiallar asosidagi ekspluatatsion xossalari yaxshilangan o‘zi zichlanuvchan bazaltofibrobeton”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6075
Ilmiy rahbar: Maxamataliev Irkin Muminovich – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxridin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Kasimov Ibrohim Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat  universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy materiallar asosida ekspluatatsion xossalari yaxshilangan kompozision sementli bog‘lovchili o‘zi zichlanuvchi bazaltofibrobetonlarning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor mahalliy materiallardan foydalanib olinuvchi  fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bilan tavsiflanuvchi kompozision bog‘lovchi asosidagi o‘zi zichlanuvchan bazaltofibrobetonning tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan. (№ UZ IAP 20250063);
sementli bog‘lovchining gidratatsiyasi jarayonida hosil bo‘luvchi gidratli ohakning bazaltli fibrotola mustahkamligiga salbiy ta’sirini bartaraf qilish uchun fibrobetonning tarkibiga kimyoviy faolligi yuqori bo‘lgan maydalangan seolitli tog‘ jinsi va kvars qumini kiritish yo‘li bilan amalga oshirish mumkinligi isbotlangan;
kompozision bog‘lovchi komponentlari optimal miqdorilari va dispersligining modifikatsiyalangan sement toshi struktura hosil qilishi jarayonlari va xossalari bilan o‘zaro bog‘liqligining qonuniyatlari  isbotlangan;
fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarining yaxshilanishini ta’minlovchi bazaltli fibratola bilan dispers armaturalangan o‘zi zichlanuvchi fibrobetonning tarkibiga kompozision bog‘lovchining komponentlari sifatida kiritiluvchi modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar miqdorlarining optimal qiymatlari matematik modellar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy materiallar asosidagi ekspluatatsion xossalarga yaxshilangan o‘zi zichlanuvchan bazaltofibrobetonning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish  bo‘yicha bajarilgan  ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida:
Yangi avlod betonidan CM10-35-1T3  turkumli burg‘ulab-qoqish qoziqlarining 200 donadan iborat tajribaviy partiyasi «NO‘KIS TEMIR BETON BUYuMLARI ZAVODI» MChJ korxonasining temirbeton zavodida ishlab chiqarishga joriy qilindi. ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2025-yil 6-oktyabrdagi № 02/15-3261-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amalda ishlab chiqariluvchi temirbetonli CM10-35-1T3 turkumli qoziqning tannarxini 15,3 % ga arzonlashtirilishga erishildi. Ishlanmani amaliyotga joriy qilish natijasida olingan iqtisodiy samaradorlik 1m3 CM10-35-1T3  turkumli burg‘ulab qoqish qozig‘i uchun 703 741 so‘mni tashkil qildi.
O‘zi zichlanuvchi bazaltofibrobeton asosidagi yangi avlod betonidan CM10-35-1T3  turkumli burg‘ulab-qoqish qoziqlari «NO‘KIS TEMIR BETON BUYuMLARI ZAVODI» MChJ korxonasining temirbeton zavodida ishlab chiqarishga joriy qilindi. ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2025-yil 6-oktyabrdagi № 02/15-3261-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kompozision bog‘lovchili o‘zi zichlanuvchi bazaltofibrobeton asosida ishlab chiqarilgan, 200 dona CM10-35-1T3  turkumli burg‘ulab-qoqish qoziqlaridan olingan iqtisodiy samara 180,75 mln.so‘mni tashkil qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish