Achilov G‘ofurjon Qurbonboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Teri xom ashyosiga mexanik ishlov beruvchi ko‘p operatsiyali mashinaning bosim beruvchi mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2 PhD/T2654.
Ilmiy rahbar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nodir Baxodirovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Farxod Xayrulloevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri xom ashyosiga mexanik ishlov berishda mashinaning bosim beruvchi mexanizmini takomillashtirish orqali kam kuch sarflab, katta miqdordagi bosim kuchini hosil qilish, natijada siqib chiqariladigan suyuqlik miqdorini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishchi va siquvchi vallarning kontakt zonasida talab etiladigan bosim kuchini xosil qilish uchun sekansoida bo‘yicha ortib boruvchi kuchni ta’minlaydigan mexanizmning ko‘rsatkichlari vallar diametrlari, richaglar uzunliklari va tishli g‘ildiraklarning parametrlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
teri xom ashyosini val juftliklari orasidan o‘tkazib mexanik ishlov berilganda undan siqib chiqariladigan ortiqcha suyuqlik miqdorini aniqlovchi matematik ifoda ishchi vallar o‘rtasidagi bosim va bosim beruvchi tortqi (richag) ning vertikal bilan hosil qilgan burchagi 1,57 rad (90°) gacha bo‘lgan holatga bog‘liq holda ishlab chiqilgan;
teri xom ashyo mahsulotini siqish texnologik jarayoni uchun yangi bosim beruvchi mexanizm bilan ta’minlangan ko‘p operatsiyali valli mashinaning juftlikdagi vallar orasidagi masofa va ular orasidagi bosimni aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
ishchi valning kengligi 250 mm, diametri 250 mm bo‘lgan bosim beruvchi mexanizmning yangi konstruksiyasi bosim beruvchi pedalning yurish masofasi va talab etiladigan bosim kuchiga bog‘liq holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Teri xom ashyo mahsulotga mexanik ishlov beruvchi ko‘p operatsiyali mashinaning bosim beruvchi mexanizmini takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
teriga mexanik ishlov berish uchun mashinasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining (№IAP06847,2022 y.) ixtiroga patenti olingan. Natijada, teri xom ashyo mahsulotga mexanik ishlov beruvchi ko‘p operatsiyali mashinaning takomillashtirilgan bosim mexanizmini amaliyotga joriy etilganda mahsulot sifatini yaxshilanishiga va ishlab chiqarish maydonini kamaytirish imkoni yaratilgan;
teri xom ashyosiga mexanik ishlov beruvchi ko‘p operatsiyali valli mashinada olingan natijalar Namangan viloyati Kosonsoy shahridagi “Gold Leather Export Import” MCHJ va Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi “Premium Leather” MCHJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2025 yil 26 maydagi 01-07/1629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlar ko‘p operatsiyali valli mashinaga yangi bosim berish mexanizmini qo‘llaganda siqish samaradorligi mavjud konstruksiyaga nisbatan o‘rtacha 11,7 % oshishiga, energiya sarfi 14,4 % ga kamayishiga hamda xo‘l teri xom ashyo mahsulotini siqish jarayonida teri xom ashyosi mahsulotining qoldiq namligi 55-60 foizni tashkil etishiga erishilgan.