Ilxomova Sayxa Xusniddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epilepsiya kasalligining klinikasi va kechishiga COVID-19 infeksiyasining ta’siri va davolash taktikasi», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3802
Ilmiy rahbar: Rashidova Nilufar Safoevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Niyozov Shuxrat Tashmirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan epilepsiyali bemorlarda kasallikning klinik kechishiga ta’sir qiluvchi neyrofiziologik va immunologik o‘zgarishlarni kompleks tahlil qilish, differensial tashxis va davolash me’zonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
epilepsiyaning COVID-19 infeksiyali va COVID-19 infeksiyasiz shakllaridagi tutqanoqlarning turlari va ularning posttravmatik epilepsiyada klinik transformatsiya darajasi aniqlangan;
kasallikda kovid infeksiyasi ta’sirida kuzatiladigan tutqanoqlarning klinik- nevrologik va neyrofiziologik (EEG) o‘zgarishlariga ko‘ra differensial tashxislash mezonini ishlab chiqilgan;   
epilepsiyaning kovid infeksiyali va kovid infeksiyasiz shakllarida bioximik, immun yallig‘lanish omillarining miqdoriy ko‘rsatkichlari kasallikning kechishiga ta’sir qiluvchi CCL-2 muhim markerlardan ekanligi asoslangan;
COVID-19 epilepsiyali bemorlarda vitaminoterapiya va III avlod antiepileptik dori vositalarining kompleks qo‘llanilishi yallig‘lanish fonida tutqanoq faolligining pasayishi xamda umumiy somatik holatning yaxshilanishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkazgan epilepsiyali bemorlarda klinik-nevrologik o‘zgarishlarni erta tashhislash mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:   
birinchi ilmiy yangilik: epilepsiyaning COVID-19 bilan bog‘liq shaklida xurujlar dinamikasi va kognitiv buzilishlar CCL-2 sababli kuzatiladigan neyroyallig‘lanish reaksiyasi bilan, COVID-19 o‘tkazmagan bemorlarda esa neyrodegenerativ va metabolik omillar ustuvor ekanligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan 22.11.2024-yildagi 11-24\404-t son bilan tasdiqlangan “Epilepsiyali bemorlarda koronavirus infeksiyasining asoratlar rivojlanish xavfini baholash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif ixtisoslashgan tibbiy muassasalardan Sirdaryo viloyati Guliston shahar tibbiyot markaziga (2025 yil 21 yanvardagi №18 buyrug‘i) va Buxoro viloyati Romitan tumani tibbiyot birlashmasi (2025 yil 29 yanvardagi №323-2-40TV/2025 buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: epilepsiyada xurujlar dinamikasi va kognitiv buzilishlarni CCL-2 orqali yuzaga keluvchi neyroyallig‘lanish bilan bog‘liqligini aniqlash hamda differensial diagnostika va davo taktikasini ishlab chiqish - bemorlarda nevrologik etishmovchilik rivojlanishining oldini olish, hayot sifatini yaxshilash, reabilitatsiya muddatini qisqartirish, nogironlik holatlarini kamaytirish va bemorlarning ijtimoiy moslashuvini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan diagnostika va davolash algoritmi xurujlar chastotasi va og‘irligi kamayishi hisobiga statsionar davolanish zaruriyatini pasaytiradi. COVID-19 bilan bog‘liq epilepsiyali bemorlarda differensial yondashuv asosida davo taktikasi tanlanishi natijasida 1 bemorga to‘g‘ri keladigan yillik statsionar xarajatlari o‘rtacha 2 barobarga qisqarib, bir bemor hisobida 1239000 so‘mgacha iqtisodiy foyda ta’minlandi. Xulosa: CCL-2 orqali neyroyallig‘lanish mexanizmlarini aniqlash postkovid epilepsiyada erta skrining, differensial davo taktikasi va xurujlar hamda nogironlik xavfini kamaytirish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kasallikda kuzatiladigan tutqanoq xurujlarida EEG ko‘rsatkichlarining tashhislash mezoni bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan 22.11.2024-yildagi 11-24\404-t son bilan tasdiqlangan “Epilepsiyali bemorlarda koronavirus infeksiyasining asoratlar rivojlanish xavfini baholash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif ixtisoslashgan tibbiy muassasalardan Sirdaryo viloyati Guliston shahar tibbiyot markaziga (2025 yil 21 yanvardagi №18 buyrug‘i) va Buxoro viloyati Romitan tumani tibbiyot birlashmasi (2025 yil 29 yanvardagi №323-2-40TV/2025 buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul kasallikning erta bosqichini aniqlash, davolash samaradorligini oshirish, kasallikning zo‘rayishini oldini olib, bemorlarning salomatligiga ijobiy ta’sir qilish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda davolanayotgan tarqoq sklerozning boshlang‘ich davridayoq tashhislash mezoni differensiallashgan holda tashhislash va hamda tibbiy yordam ko‘rsatishga moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, xodimlarning ish vaqtini qisqartirish imkonini berdi. Xulosa: kasallikning erta davolash choratadbirlarining olib borilishi kasallikni avj olish davrlarini oldini olish remissiya bosqichining davomli bo‘lishi, tibbiy hizmatning narhini kamayishi tufayli 1 nafar bemorga 1239000 so‘m byudjet mablag‘idan iqtisod qilindi.   
uchinchi ilmiy yangilik: epilepsiyaning kovid infeksiyali shaklida  bioximik, immunologik (CCL-2, SRO, ferritin) miqdoriy ko‘rsatkichlarning kasallikning kechishiga ta’siri qiluvchi muhim markerlardan ekanligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan 22.11.2024-yildagi 11-24\404-t son bilan tasdiqlangan “Epilepsiyali bemorlarda koronavirus infeksiyasining asoratlar rivojlanish xavfini baholash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif ixtisoslashgan tibbiy muassasalardan Sirdaryo viloyati Guliston shahar tibbiyot markaziga (2025 yil 21 yanvardagi №18 buyrug‘i) va Buxoro viloyati Romitan tumani tibbiyot birlashmasi (2025 yil 29 yanvardagi №323-2-40TV/2025 buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul kasallikning davrlariga mos ravishda davolash samaradorligini oshirish, zo‘rayishini oldini olish, bemorlarning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda davolanayotgan epilepsiyaning kovid infeksiyali shaklini tashhislash mezoni va biomarkerlar asosida differensiallashgan holda tashhisni qo‘yishga, tutqanoq xurujlarining ko‘payishini va nogironlikni jadallashishini olidini olishga hizmat qiladi. Xulosa: buning mezonida erta tashhislash va davolash chora-tadbirlarining olib borilishi kasallikni avj olish oldini olib, remissiya bosqichining davomli bo‘lishiga va shu tariqa o‘lim, nogironlik ko‘rsatkichlarini, statsionarda davolanish muddatlarini kamaytirdi, moliyaviy xarajatlarni qisqartirdi.   
 to‘rtinchi ilmiy yangilik: epilepsiyaning kovid infeksiyali shakllariga mos ravishda takomillashgan davolash chora-tadbirlari bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan 22.11.2024-yildagi 11-24\404-t son bilan tasdiqlangan “Epilepsiyali bemorlarda koronavirus infeksiyasining asoratlar rivojlanish xavfini baholash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif ixtisoslashgan tibbiy muassasalardan Sirdaryo viloyati Guliston shahar tibbiyot markaziga (2025 yil 21 yanvardagi №18 buyrug‘i) va Buxoro viloyati Romitan tumani tibbiyot birlashmasi (2025 yil 29 yanvardagi №323-2-40TV/2025 buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul kasallikning erta va reabilitasiya bosqichlarida davolashni optimallashtirish shuningdek, bemorlarda nogironlik darajasini kamaytirish va oldini olishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda davolanayotgan epilepsiyaning kovid infeksiyali shaklining differensiallashgan holda tashhislash va buning mezonida davolashni takomillashtirish, kasallikni avj olishni oldini olish va remissiya bosqichining davomli bo‘lishi, tibbiy hizmatning narhini kamayishi tufayli 1239000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: epilepsiyaning kovid infeksiyali shakli kasalligida davolashning takomillashtirilgan usulini qo‘llash bemorlar nevrologiya bo‘limlarida bo‘lganda byudjet mablag‘larining tejalishiga olib keladi. Kasallikning davolash, kasallik oqibatlarini oldini olish uchun byudjet mablag‘larining 1 bemorga nisbatan 1239000 so‘mni iqtisod qiladi.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish