Muxammedova Zarina Murodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmatlar sohasi tarkibiy tuzilishini takomillashtirish asosida investision resurslar samaradorligini oshirish” 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt528
Ilmiy maslahatchi: Zaynalov Jahongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Kulieva, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibiy tuzilishini takomillashtirish asosida investision resurslar samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investision resurslarni xizmatlar sohasi tarmoqlari bo‘yicha taqsimlash mexanizmi tarmoqda band aholi soni, xodimlarning ish haqi, mehnat unumdorligi kabi muhim ko‘rsatkichlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik subektlari innovatsion faoliyatini tartibga solish va boshqarish, investision resurslardan foydalanishning innovatsion echimlarini izlab topish va amalga oshirishni ragʻbatlantirish imkonini beruvchi investision-innovatsion markazlarni tashkil qilish taklifi ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga qaratilgan investision resurslarni boshqarish mexanizmini virtuallashtirilgan innovatsion infratuzilmani shakllantirish va qo‘llash asosida takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investision resurslar hajmi, sohaning asosiy vositalari hajmi, sohada innovatsiyalar hajmini aniqlash bo‘yicha 2028-yilga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan va ular asosida maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar asoslab berilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida investision resurslarni innovatsiyalarga yo‘naltirish iqtisodiy mexanizmining tarkibi davlat xususiy sherikchiligi, intellektual kapital, venchurli kapital kabi muhim elementlar bilan to‘ldirish asosida takomillashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmatlar sohasi tarkibiy tuzilishini takomillashtirish asosida investision resurslar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investision resurslarni xizmatlar sohasi tarmoqlari bo‘yicha taqsimlash mexanizmi tarmoqda band aholi soni, xodimlarning ish haqi, mehnat unumdorligi kabi muhim ko‘rsatkichlarni qo‘llash asosida takomillashtirish taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 7-fevraldagi №04-07-27-1512-sonli dalolatnomasi) Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Hududlarda xizmatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklifdan foydalanish natijasida investision resurslar samaradorligini 12,5 foizga oshirishga erishilgan;
investision-innovatsion markazlarni tashkil qilish asosida xizmat ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik subektlari innovatsion faoliyatini tartibga solish va boshqarish, investision resurslardan foydalanishning innovatsion echimlarini izlab topish va amalga oshirishni ragʻbatlantirish imkonini beruvchi investision-innovatsion jarayon samaradorligini oshirish modelini ishlab chiqish taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 7-fevraldagi №04-07-27-1512-sonli dalolatnomasi) Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Hududlarda xizmatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur taklifdan foydalanish Samarqand viloyati xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibidagi korxonalarda investision resurslar samaradorligini o‘rtacha 10-12 foizga oshirishga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga qaratilgan investision resurslarni boshqarish mexanizmini virtuallashtirilgan innovatsion infratuzilmani shakllantirish va qo‘llash asosida takomillashtirish taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 7-fevraldagi №04-07-27-1512-sonli dalolatnomasi) Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Hududlarda xizmatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklifdan foydalanish natijasida xizmat ko‘rsatish korxonalarida 2024-yilda 2023-yilga nisbatan bir ishchi kunida o‘rta hisobda 40 daqiqa vaqt tejab qolganligini ko‘rsatdi, xodimlarning mehnat unumdorligi esa 20,0 foizga oshgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investision resurslar hajmi, sohaning asosiy vositalari hajmi, sohada innovatsiyalar hajmini 2028-yilga mo‘ljallangan prognoz parametrlari asosida maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflardan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 7-fevraldagi №04-07-27-1512-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish natijasida O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatish sohasida ushbu ko‘rsatkichlar mutanosib ravishda 2028-yilda 288196,4 mlrd. so‘mga, 2556348,6 mlrd. so‘mga, 161233,1 mlrd. so‘mga, 2024-yilga nisbatan mos ravishda, 2,4 martaga, 2,3 martaga va 2,9 martaga oshirishga, mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqish jarayoniga jalb qilishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida investision resurslarni innovatsiyalarga yo‘naltirish iqtisodiy mexanizmining tarkibi davlat xususiy sherikchiligi, intellektual kapital, venchurli kapital kabi muhim ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 7-fevraldagi №04-07-27-1512-sonli dalolatnomasi) Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Hududlarda xizmatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklifdan foydalanish natijasida Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan savdo korxonalari samaradorligini 10-15 foizga oshirishga erishilgan.