Poyonov Bobir Bekmurod o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Transformatsiyalash jarayonida tijorat banklarining likvidligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt3775
Ilmiy rahbar:Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Tojiev Raxmatulla Raxmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Transformatsiyalash jarayonida tijorat banklarining likvidligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida barqarorlik indeksining «past daraja» (10,5 ≤ BBI ≤ 19,6), «o‘rta daraja» (5,3 ≤ BBI ≤ 10,4), «yuqori daraja» (1 ≤ BBI ≤ 5,2) qiymatlarini qo‘llash orqali aktivlarning rentabelligini barqaror darajasini ta’minlash taklifi asoslangan;
oddiy aksiyalar chiqarish orqali jalb qilingan mablag‘larning belgilangan ulushini yuqori likvidli, risk darajasi past aktivlarga va tez mobilizatsiya qilinadigan likvid aktivlar portfeliga maqsadli ravishda joylashtirish orqali joriy va lahzalik likvidliligini uzluksiz ta’minlash taklifi asoslangan;
tijorat banklari likvidlilik darajasining o‘rtacha koeffisienti «xavfsiz» (1,20 dan 1,26 gacha) hamda «xavfli» (1,18 dan 1,15 gacha) ehtimollik qiymatlarini konseptual model orqali baholash yo‘li bilan likvidlilik darajasini mustahkamlash bo‘yicha taklifi asoslangan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarida likvidlilikni ta’minlash samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari likvidliligini mustahkamlashning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transformatsiyalash jarayonida tijorat banklarining likvidligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tijorat banklarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida barqarorlik indeksining «past daraja» (10,5 ≤ BBI ≤ 19,6), «o‘rta daraja» (5,3 ≤ BBI ≤ 10,4), «yuqori daraja» (1 ≤ BBI ≤ 5,2) qiymatlarini qo‘llash orqali aktivlarning rentabelligini barqaror darajasini ta’minlash taklifi «Turonbank» ATBning «Bankni rivojlantirish strategiyasi»ning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki 2025 yil 7 maydagi № 04-16/23385 ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning natijasida 2025 yilda 2024 yilga nisbatan «Turonbank» ATB passivlari hajmida regulyativ kapitalning salmog‘i 4,8 foizli punktga oshgan, sof foydaning o‘sishini jami aktivlarning o‘sishidan yuqoriligi 37,5 foizni tashkil qilgan.
Oddiy aksiyalar chiqarish orqali jalb qilingan mablag‘larning belgilangan ulushini yuqori likvidli, risk darajasi past aktivlarga va tez mobilizatsiya qilinadigan likvid aktivlar portfeliga maqsadli ravishda joylashtirish orqali joriy va lahzalik likvidliligini uzluksiz ta’minlash bo‘yicha taklifi ATB «Turonbank» tomonidan bank likvidliligini boshqarish siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan. («Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki 2025 yil 7 maydagi № 04-16/23385 ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida bankning yuqori likvidli aktivlari ulushi jami aktivlar tarkibida 2025 yil 1 aprel` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga oshgan, bu o‘z navbatida bankning joriy va lahzali likvidliligi talabini, mos ravishda 1,2 va 1,3 koeffisientda ta’minlash imkoniyatini bergan;
Tijorat banklari likvidlilik darajasining o‘rtacha koeffisienti «xavfsiz» (1,20 dan 1,26 gacha) hamda «xavfli» (1,18 dan 1,15 gacha) ehtimollik qiymatlarini konseptual model orqali baholash yo‘li bilan likvidlilik darajasini mustahkamlash bo‘yicha taklifi ATB «Turonbank» amaliyotiga joriy etilgan («Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki 2025 yil 7 maydagi № 04-16/23385 ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida 2024-2025 yillar oralig‘idagi oylik ma’lumotlar asosida tijorat banklarining likvidlilik koeffisienti 2025 yilda 2024 yilga nisbatan mos ravishda 5 foizga o‘sishiga erishilgan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarida likvidlilikni ta’minlash samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari likvidliligini mustahkamlashning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki 2030yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan («Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki 2025 yil 7 maydagi № 04-16/23385 ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida tijorat banklari joriy likvidlilik koeffisienti 2,5; 3,4 va 3,7 foizga o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish