Xasanova Xamida Xaydaralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi banklarida xizmat ko‘rsatish faoliyatining samaradorligini oshirish”, 08.00.05 - “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt3224.
Ilmiy rahbari: Iminova Nargizaxon Akramovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odiljon Olimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rahimova Havoxon Usmanjonovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarida xizmat ko‘rsatish faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «banklarda xizmat ko‘rsatish faoliyatining samaradorligi» kategoriyasining iqtisodiy mazmuni bank mijozlariga taqdim etiladigan moliyaviy xizmatlar jarayonida mavjud resurslardan optimallik tamoyillari asosida foydalanish orqali qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatlarini hamda barqaror raqobat ustunliklarini shakllantiruvchi omillarni oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklari kredit ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng, ya’ni kredit shartnomasi rasmiylashtirilishidan (oferta tasdiqlanishidan) oldin, iste’molchi-jismoniy shaxslarga kredit majburiyatlari bilan bog‘liq ehtimoliy tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi cheklistni taqdim etish orqali kreditdan samarali foydalanish va qaytarilish darajasini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklar hamda fors-major holatlari tufayli kredit to‘lovlarini amalga oshirish kechikayotgan iste’molchilarning amaldagi kreditlari bo‘yicha kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (restrukturizatsiya) imkonini taqdim etish orqali xizmat ko‘rsatishning moslashuvchanlik darajasini ta’minlash asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimidagi xususiy kapitaldan samarali foydalanishda ARIMA (2,1,0) modeli asosida tasodifiy omillarini hisobga olmagan holda kapital rentabelligining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi banklarida xizmat ko‘rsatish faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «banklarda xizmat ko‘rsatish faoliyatining samaradorligi» kategoriyasining iqtisodiy mazmuni sifatida bank mijozlariga taqdim etiladigan moliyaviy xizmatlar jarayonida mavjud resurslardan optimallik tamoyillari asosida foydalanish orqali qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatlarini hamda barqaror raqobat ustunliklarini shakllantiruvchi omillarni oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliyaviy texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2025 yil 6 -martdagi 271-22-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda bank resurslaridan optimal foydalanish orqali qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatlarini va barqaror raqobat ustunliklarini shakllantiruvchi omillarni oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan «banklarda xizmat ko‘rsatish faoliyatining samaradorligi» tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari kredit ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng, ya’ni kredit shartnomasi rasmiylashtirilishidan (oferta tasdiqlanishidan) oldin, iste’molchi-jismoniy shaxslarga kredit majburiyatlari bilan bog‘liq ehtimoliy tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi cheklistni taqdim etish orqali kreditdan samarali foydalanish va qaytarilish darajasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy banki aksiyadorlik jamiyati Toshkent viloyati bosh boshqarmasi va “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy banki aksiyadorlik jamiyati Toshkent viloyati bosh boshqarmasining 2025-yil 16-yanvardagi 02/1-152/04-sonli, “Asakabank” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 3-dekabrdagi 19/08-1086-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iste’molchi-jismoniy shaxslarga kredit majburiyatlari bilan bog‘liq ehtimoliy tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi cheklistni taqdim etish orqali kreditdan samarali foydalanish va qaytarilish darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklar hamda fors-major holatlari tufayli kredit to‘lovlarini amalga oshirish kechikayotgan iste’molchilarning amaldagi kreditlari bo‘yicha kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (restrukturizatsiya) imkonini taqdim etish orqali xizmat ko‘rsatishning moslashuvchanlik darajasini ta’minlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy banki aksiyadorlik jamiyati Toshkent viloyati bosh boshqarmasi va “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy banki aksiyadorlik jamiyati Toshkent viloyati bosh boshqarmasining 2025-yil 16-yanvardagi 02/1-152/04-sonli, “Asakabank” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 3-dekabrdagi 19/08-1086-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy qiyinchiliklar hamda fors-major holatlari tufayli kredit to‘lovlarini amalga oshirish kechikayotgan iste’molchilarning amaldagi kreditlari bo‘yicha kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (restrukturizatsiya) imkonini taqdim etish orqali xizmat ko‘rsatishning moslashuvchanlik darajasini ta’minlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimidagi xususiy kapitaldan samarali foydalanishda ARIMA (2,1,0) modeli asosida tasodifiy omillarini hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan kapital rentabelligining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy banki aksiyadorlik jamiyati Toshkent viloyati bosh boshqarmasi va “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy banki aksiyadorlik jamiyati Toshkent viloyati bosh boshqarmasining 2025-yil 16-yanvardagi 02/1-152/04-sonli, “Asakabank” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 3-dekabrdagi 19/08-1086-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mazkur davr uchun mo‘ljallangan bank tizimidagi kapital rentabelligi 2,96 %ga etishi prognozi asoslangan.