Tursunov Ozodbek Badalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekistonda transport xizmatlari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2658.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar Maxmudov Odiljon Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor (DSc).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transport xizmatlari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy transport xizmatlari tizimidan transport xizmatlari iste’molchilariga qadar bo‘lgan piramida bosqichlari asosida “Milliy transport xizmatlari tizimini boshqarishning ko‘p darajali taksonomiyasi” ishlab chiqilgan;
yo‘lovchi tashish xizmatlari bozorida bevosita va bilvosita raqobat, yo‘lovchi tashish kompaniyalari va etkazib beruvchilar faoliyatini dekompozisiyalash orqali yo‘lovchi tashish xizmatlari bozori modeli ishlab chiqilgan;
transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida transport logistika, transport vositalari turlari, transport markazlarini muvofiqlashtirish, yuk terminallari, dispetcherlik markazlarini innovatsion tashkil etish asosida “transport-logistika xizmatlari tizimini innovatsion boshqarish mexanizmi” taklifi asoslangan;
tashilgan yuklar hajmi, qatnov yo‘llarining uzunligi, yo‘lovchilar soni va sohada bandlar soni kabi ekzogen omillarni kiritish hisobiga transport xizmatlari hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda transport xizmatlari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy transport xizmatlari tizimidan transport xizmatlari iste’molchilariga qadar bo‘lgan piramida bosqichlari asosida “Milliy transport xizmatlari tizimini boshqarishning ko‘p darajali taksonomiyasi” ishlab chiqilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil
10-yanvardagi 4/200-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiyotning ko‘p bosqichli taksonomiyasi va tizim barqarorligi nazariyalariga asoslangan milliy transport xizmatlari tizimini yaratish va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
yo‘lovchi tashish xizmatlari bozorida bevosita va bilvosita raqobat, yo‘lovchi tashish kompaniyalari va etkazib beruvchilar faoliyatini dekompozisiyalash orqali yo‘lovchi tashish xizmatlari bozori modeli ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 10-yanvardagi 4/200-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida transport xizmatlari faoliyatini rivojlantirish va logistika xizmatlari bozori bo‘yicha boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtirish uchun mamlakatda xalqaro savdo va ichki logistika to‘siqlari va xarajatlarini kamaytirish masalasini hal qilish uchun transport xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etish tartibi asoslangan;
transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida transport logistika, transport vositalari turlari, transport markazlarini muvofiqlashtirish, yuk terminallari, dispetcherlik markazlarini innovatsion tashkil etish asosida “transport-logistika xizmatlari tizimini innovatsion boshqarish mexanizmi” taklif etish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil
10-yanvardagi 4/200-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida transport logistika xizmatlari tizimini qo‘llab-quvvatlovchi qaror qabul qilish uchun axborot va hisoblash yordami, tashkiliy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, texnik vositalar majmuasi, huquqiy yordam, kadrlar va ergonomik qo‘llab-quvvatlashlar tomonidan sinergiya xususiyatiga ega bo‘lgan logistika yoboshqaruvining samaradorligi 2,5 barobarga ortgan;
tashilgan yuklar hajmi, qatnov yo‘llarining uzunligi, yo‘lovchilar soni va sohada bandlar soni kabi ekzogen omillarni kiritish hisobiga transport xizmatlari hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 10-yanvardagi 4/200-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida transport xizmatlari faoliyatidan olinadigan daromadlar hajmining kiritilayotgan resurslar hamda transport subektlari soni ta’siridagi ko‘p omilli model asosida ishlab chiqilgan o‘zgarish tendensiyalarining o‘rta muddatli davr uchun ssenariylaridan amaliyotda foydalanish asosida olinadigan daromadlar hajmining 2,2 marta ortishi aniqlangan.