Saydxodjaeva Nigoraxon Ibaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘llari”, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4244.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muydinov Baxodir Numanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar Abdullaev Asliddin Junaydullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;, Xusanova Zulfiya Raxmatullaevna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik subektlarini “chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqishga koʻmaklashish maqsadida tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish ko‘rsatkichlarini oshirishga yo‘naltiruvchi innovatsion loyihalarni faollashtirish asoslangan; 
Andijon viloyatidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining iqtisodiy samaradorlik darajalari: “samarasiz” (0,00→0,20); “past daraja” (0,21→0,50); “o‘rtachi daraja” (0,51→0,65); “barqaror” (0,66→0,88); “eng samarali” (0,89→1,00) ko‘rsatkichlarini reyting baholash mezonlari asosida guruhlash taklifi asoslangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati raqobatbardoshligini oshirish maqsadida “innovatsion kreativlikni rivojlantirish maktab”larini tashkil etish taklifi asoslangan; 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy samaradorligini oshirishning 2029-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik subektlarini “chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqishga koʻmaklashish maqsadida tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish ko‘rsatkichlarini oshirishga yo‘naltiruvchi innovatsion loyihalarni faollashtirish asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025-yil 26-sentyabrdagi “Tadbirkorlik subektlarini yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-176-sonli Farmonini 2-bo‘lim “a” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 20.12.2025y. dagi №01/109 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifga asosan, Andijon viloyatidagi tadbirkorlik subektlarida “chempion” tadbirkor toifasiga kirish uchun faoliyatni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar ishlab chishga va uning ijro mexanizmi uzlyuksizligini ta’minlashga erishilgan;
Andijon viloyatidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining iqtisodiy samaradorlik darajalari: “samarasiz” (0,00→0,20); “past daraja” (0,21→0,50); “o‘rtachi daraja” (0,51→0,65); “barqaror” (0,66→0,88); “eng samarali” (0,89→1,00) ko‘rsatkichlarini reyting baholash mezonlari asosida guruhlash taklifi asoslangan taklifi Andijon viloyatidagi tadbirkorlik subektlari faoliyatiga qollanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 20.12.2025y. dagi №01/109 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatdagi “Mikro Gigant” MChJ, “Standart g‘isht” MChJ, “Buyuk ne’mat” MChJ, “Qalqon 555” MChJ va “Evro fasad plitalari” MChJlarning samaradorlik darajalari aniqlangan hamda guruhlash amalga oshirilgan. Ushbu taklifni joriy etish asosida viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish samaradorligi o‘rta darajada ekanligi aniqlangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati raqobatbardoshligini oshirish maqsadida “innovatsion kreativlikni rivojlantirish maktab”larini tashkil etish taklifi (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 20.12.2025y. dagi №01/109 sonli ma’lumotnomasi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-132-sonli  Farmonini 1-ilovasining 56-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklifni joriy etish asosida korxonalarda “innovatsion kreativlikni rivojlantirish maktab”lari tashkil etilgan va boshqaruv hamda yordamchi xodimlarining malakasi oshirilgan, shuningdek, korxonalarni rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqilgan; 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy samaradorligini oshirishning 2029-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tarkibiga kiruvchi “Evro fasad plitalari” MChJ, “Standart g‘isht” MChJ, “Qalqon 555” MChJlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida amalga oshirilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 20.12.2025y. dagi №01/109 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan istiqbolli yo‘llar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qilishi mumkinlisi asoslangan. (Asos: “Evro fasad plitalari” MChJning 2024-yil 25-noyabrdagi 01-02-481-son ma’lumotnomasi; “Standart g‘isht” MChJning 2024-yil 26-noyabrdagi 03/567-son ma’lumotnomasi; “Qalqon 555” MChJning 2024-yil 24-noyabr 02/1-97-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish