Xuseynova Abira Amanovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik xususiyatlari”. 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/P215.
Ilmiy maslahatchi: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Fayzieva Mavluda Xudayorovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
xotin-qizlar ijtimoiy faolligining psixologik xususiyatlari ulardagi faoliyat motivatsiyasi, o‘zini anglash, gender stereotiplarga differensial munosabat, psixologik barqarorlik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni “faol hayot tarzi” haqidagi tasavvurlar ta’sirida o‘zgarishiga ko‘ra ijtimoiy rollarning kvazirefleksiyaga bog‘liq fleksibilligi, shaxsiy rivojlanish vektorini terminal qadriyatlar asosida belgilashiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda “faol ayol obrazi” haqidagi tasavvurlarning ijtimoiy rollarni anglashdagi emotsional-statusli xususiyatlar ta’sirida shakllanishiga asoslanib, kreativlikka oid qadriyatlarning sotsial refleksiya orqali motivlashuvining identivligiga ko‘ra namoyon bo‘lishi muhim ekanligi aniqlangan;
oilaviy muhitning xotin-qizlar ijtimoiy faolligining namoyon bo‘lishiga ta’siri oiladagi konstruktiv muloqotning felisitologik funksionallik darajasiga asoslanib, “faol ayol” obrazi haqidagi tasavvurlarning emotsional-statusli, motivatsion xususiyatlarini “oqila ayol” obraziga individual refleksiya orqali integratsiyalashuviga ko‘ra aniqlashtirilgan;
xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda muvaffaqiyatga intiluvchi ayollarning jamiyat hayotidagi faol pozisiyasi o‘zini va boshqalarni qabul qilishda dinamik namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxs ehtiyojli-motivatsion sohasini refleksiv xususiyatlar orqali faollashuviga ko‘ra korreksion maqsadlarni belgilash muhimligi isbotlangan;
xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda ayollarning ijodkorlik, faol ijtimoiy munosabatlar, o‘z ustida ishlash, muvaffaqiyatga intilish motivi bilan bog‘liq qadriyatlarining ustuvor namoyon bo‘lishi orqali gender stereotiplarni engib o‘tish ko‘nikmasini rivojlantirishga erishish muhimligi tufayli ayollarni psixologik qo‘llab-quvvatlash faoliyatiga “sotsial mentorlik” tizimini psixoeduksiyaga ko‘ra kiritish zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
xotin-qizlar ijtimoiy faolligining psixologik xususiyatlari ulardagi faoliyat motivatsiyasi, o‘zini anglash, gender stereotiplarga differensial munosabat, psixologik barqarorlik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni “faol hayot tarzi” haqidagi tasavvurlar ta’sirida o‘zgarishiga ko‘ra ijtimoiy rollarning kvazirefleksiyaga bog‘liq fleksibilligi, shaxsiy rivojlanish vektorini terminal qadriyatlar asosida belgilashiga ko‘ra aniqlashtirilganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-374-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-374a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xotin-qizlar ijtimoiy faolligini o‘rganishning o‘ziga xos psixologik jihatlari aniqlashtirilgan;
xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda “faol ayol obrazi” haqidagi tasavvurlarning ijtimoiy rollarni anglashdagi emotsional-statusli xususiyatlar ta’sirida shakllanishiga asoslanib, kreativlikka oid qadriyatlarning sotsial refleksiya orqali motivlashuvining identivligiga ko‘ra, namoyon bo‘lishi muhim ekanligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-374-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-374a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xotin-qizlar ijtimoiy faollik darajasini hududiy hamda yosh jihatdan tahlil qilingan;
oilaviy muhitning xotin-qizlar ijtimoiy faolligining namoyon bo‘lishiga ta’siri oiladagi konstruktiv muloqotning felisitologik funksionallik darajasiga asoslanib, “faol ayol” obrazi haqidagi tasavvurlarning emotsional-statusli, motivatsion xususiyatlarini “oqila ayol” obraziga individual refleksiya orqali integratsiyalashuviga ko‘ra, aniqlashtirilganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-374-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-374a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xotin-qizlarda ijtimoiy faollikni namoyon bo‘lishiga “Ijtimoiy faollik komponentlari” omillarning ta’sirini aniqlangan.
xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda muvaffaqiyatga intiluvchi ayollarning jamiyat hayotidagi faol pozisiyasi o‘zini va boshqalarni qabul qilishda dinamik namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxs ehtiyojli-motivatsion sohasini refleksiv xususiyatlar orqali faollashuviga ko‘ra, korreksion maqsadlarni belgilash muhimligi isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-374-son buyrug‘i bilan buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-374a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xotin-qizlardagi ijtimoiy faollikni oshirishga hayotiy qadriyatlar hamda muvaffaqiyatga intilish ta’sirini tadqiq qilingan;
xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda ayollarning ijodkorlik, faol ijtimoiy munosabatlar, o‘z ustida ishlash, muvaffaqiyatga intilish motivi bilan bog‘liq qadriyatlarining ustuvor namoyon bo‘lishi orqali gender stereotiplarni engib o‘tish ko‘nikmasini rivojlantirishga erishish muhimligi tufayli ayollarni psixologik qo‘llab-quvvatlash faoliyatiga “sotsial mentorlik” tizimini psixoeduksiyaga ko‘ra kiritish zarurligi isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-374-son buyrug‘i bilan buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-374a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga mo‘ljallangan psixologik trening dasturini ishlab chiqish va uning samaradorligi baholangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish