Adilova Charos Alim qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped2835 
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02. raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umurzakovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Axmedova Laylo Tolibjanovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy kompetentlikning tarkibiy elementlarini pedagogik jarayonning xususiyatlari va funksiyalariga identiv integratsiyalash, pedagogik, amaliy, psixologik va ilmiy muammolar echimini topishda mavhumlikdan aniqlikka harakat qilish, faollik va mustaqillik tamoyillari mazmunini tanqidiy fikrlash, murakkab tizimlar va mustaqil o‘rganish yondashuvlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan integrativ va metapedagogik ta’lim paradigmalariga ko‘ra kompetentlik va loyihaga asoslangan tizimli-reflektiv, bilingual, differensial, madaniyatlararo yondashuvlarga transformatsiyalash hamda kasbiy kompetentlikning faoliyat turlariga funksional integratsiyasini ta’minlash va edutainment texnologiyasining 4 bosqichli topshiriqlarini ta’lim mazmuniga kiritish asosida takomillashtirilgan;
edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi interaktiv o‘qitish, fanlararo kollaboratsiya elementlarini qo‘llash hamda talabalarning mustaqil ta’lim olishidagi o‘z-o‘zini baholash, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, kasbiy rivojlanish jarayonini individuallashtirish uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi kasbiy kompetentlikning spiral-metodologik progressiv rivojlanish darajalarini kognitiv-reaktiv, kreativ-pragmatik va refleksiv-interaktiv baholash mezonlariga sinergetik transformatsiyalash hamda baholash darajalariga muvofiqlik dinamikasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy kompetentlikning tarkibiy elementlarini pedagogik jarayonning xususiyatlari va funksiyalariga identiv integratsiyalash, pedagogik, amaliy, psixologik va ilmiy muammolar echimini topishda mavhumlikdan aniqlikka harakat qilish, faollik va mustaqillik tamoyillari mazmunini tanqidiy fikrlash, murakkab tizimlar va mustaqil o‘rganish yondashuvlariga ustuvorilik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Essentials of academic writing” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 4-martdagi 11-05-1395/04-son dalolatnomasi). Natijada ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda ta’lim jarayoniga edutainment texnologiyasini qo‘llashga shart-sharoitlari yaratilgan;
edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan integrativ va metapedagogik ta’lim paradigmalariga ko‘ra kompetentlik va loyihaga asoslangan tizimli-reflektiv, bilingual, differensial, madaniyatlararo yondashuvlarga transformatsiyalash hamda kasbiy kompetentlikning faoliyat turlariga funksional integratsiyasini ta’minlash va edutainment texnologiyasining 4 bosqichli topshiriqlarini ta’lim mazmuniga kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Integrated course of teaching  foreign languaGES” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 4-martdagi 11-05-1395/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishda zamonaviy ta’lim metodlarini edutainment texnologiyasi vositasida tadbiq etish samaradorligi oshgan;
edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi interaktiv o‘qitish, fanlararo kollaboratsiya elementlarini qo‘llash hamda talabalarning mustaqil ta’lim olishidagi o‘z-o‘zini baholash, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, kasbiy rivojlanish jarayonini individuallashtirish uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Essentials of academic writing” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 4-martdagi 11-05-1395/04-son dalolatnomasi). Natijada fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni talabalarga yetkazishda edutainment texnologiyasi vositasiga asoslangan raqamli ta’lim resursidan foydalanilib, talabalarning kasbiy kompetentligining takomillashuviga erishilgan;
edutainment texnologiyasi vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi kasbiy kompetentlikning spiral-metodologik progressiv rivojlanish darajalarini kognitiv-reaktiv, kreativ-pragmatik va refleksiv-interaktiv baholash mezonlariga sinergetik transformatsiyalash hamda baholash darajalariga muvofiqlik dinamikasini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Integrated course of teaching  foreign languaGES” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 4-martdagi 11-05-1395/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalar bilimlarini baholash mezonlarini aniqlashtirish imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish