Tuzikenova Juldizay Amantaevnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8301
Ilmiy rahbar: Tajbenova Saule Sarsengalievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hazratqulov Mutallib Rashidovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili va o‘qish darslarida so‘z boyligini oshirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
boshlang‘ich ta’lim jarayonida ona tili va o‘qish darslarida so‘z boyligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari so‘zning ma’no tushuncha anglatishi, ma’no ko‘lami, o‘quvchilarga yangi so‘zlarni o‘rgatishda shu so‘zlarning nazarda tutilishi lozim bo‘lgan leksik-semantik xususiyatlari: og‘zaki nutqqa nisbatan faol va passivligi, til egasiga tanish yoki notanishligi, har biri ayrim-ayrim tanishtiriladigan ko‘p ma’noliligiga, nutq uslublari bilan bog‘liq qoidalar nuqtayi nazaridan aniqlashtirilgan;
so‘z boyligini oshirishdagi so‘zni, uning ma’nosini (tushunchani) bilmaslik, o‘zlashtirib ulgurmaganlik, emosional-uslubiy sharoit talabiga ko‘ra ishlata bilmaslik, uslubiy xoslangan so‘zlarni mansubligi nuqtayi nazaridan farqlay, ajrata olmaslik kabi turg‘un leksik xatolar aniqlanib, metodik echim nutqiy faoliyat turlari (tinglab tushunish, so‘zlash (gapirish), o‘qish, yozish) integratsiyasi asosida dalillangan;
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishning metodik ta’minoti o‘quvchilarning og‘zaki nutqini faol so‘zlar bilan boyitish uchun xizmat qiladigan ish turlari va mashqlar tizimi yangi so‘zlarni tushuntirish mustahkamlash va so‘zlashga xos leksik malakani shakllantirish – nutqda leksik kompetensiya darajasida faollashtirish,  nutqda tinglab tushunish va o‘qish bilan bog‘liq ravishda passiv so‘zlar ustida olib boriladigan ishlar yangi so‘zlarning ma’nosini anglash malakasini hosil qilish bilan chegaralanishi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish metodikasi lingvistik omillar: so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, usulubiyat hamda ekstralingvistik omillar (hayotni bilish, olamni anglash)  inobatga olingan holda bir so‘z ishtirokida ko‘plab so‘z birikmalari va gaplar tuzish; matn mazmunini qayta hikoya qilish, bayon yozish; biror mavzuda hikoya qilish, va insho yozish; matn tuzish ketma-ketligidagi algoritmik o‘quv topshiriqlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich ta’lim jarayonida ona tili va o‘qish darslarida so‘z boyligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari so‘zning ma’no tushuncha anglatishi, ma’no ko‘lami, o‘quvchilarga yangi so‘zlarni o‘rgatishda shu so‘zlarning nazarda tutilishi lozim bo‘lgan leksik-semantik xususiyatlari: og‘zaki nutqqa nisbatan faol va passivligi, til egasiga tanish yoki notanishligi, har biri ayrim-ayrim tanishtiriladigan ko‘p ma’noliligiga, nutq uslublari bilan bog‘liq qoidalarga oid taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavr yo‘nalishi uchun “Ana tіlі oqu sauattilig‘i jәne oni oqitu әdіstemesі” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 871197 raqamli guvohnoma). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘zning ma’no-tushuncha anglatishi, ma’no ko‘lamini, yangi so‘zlar boyligini o‘rgatish samaradorligi ortgan;
so‘z boyligini oshirishdagi so‘zni, uning ma’nosini (tushunchani) bilmaslik, o‘zlashtirib ulgurmaganlik, emosional-uslubiy sharoit talabiga ko‘ra ishlata bilmaslik, uslubiy xoslangan so‘zlarni mansubligi nuqtayi nazaridan farqlay, ajrata olmaslik kabi turg‘un leksik xatolar hamda metodik echimlar sifatida berilgan nutqiy faoliyat turlari (tinglab tushunish, so‘zlash (gapirish), o‘qish, yozish) integratsiyasiga doir taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavr yo‘nalishi uchun 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavr yo‘nalishi uchun “Ene dilini okatmagyň usulyýeti (sowat öwretmek usulyýeti)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-125 raqamli guvohnoma). Natijada ona tili va o‘qish savodxonligi mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilgan.
o‘quvchilarning og‘zaki nutqini faol so‘zlar bilan boyitish uchun xizmat qiladigan ish turlari va mashqlar tizimi yangi so‘zlarni tushuntirish, mustahkamlash va so‘zlashuvga xos leksik malakani shakllantirish – nutqda leksik kompetensiya darajasida faollashtirish, tinglab tushunish va o‘qish bilan bog‘liq ravishda passiv so‘zlar ustida olib boriladigan ishlar yangi so‘zlarning ma’nosini anglash malakasini hosil qilish, biror mavzuda hikoya qilish, va insho yozish; matn tuzish ketma-ketligidagi algoritmik o‘quv topshiriqlari asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavr yo‘nalishi uchun “Ana tіlі oqu sauattilig‘i jәne oni oqitu әdіstemesі” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 871197 raqamli guvohnoma). Natijada  boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini faol so‘zlar bilan samarali boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish