Bo‘riev Akmal Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Faol kompozision kultoshqol qo‘shimchasidan foydalanib pussolan sementlar olishning “yashil” texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6083.
Ilmiy rahbar: Begjanova Gulrux Baxtiyarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganova Vasila Sunnatillaevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Yunusova Farida Raxmonberdievna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: faol kompozision kultoshqol qo‘shimchasidan foydalanib pussolan sementlar olishning “yashil” texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
QKTChni gidravlik va pussolan faolligini aniqlash orqali, uni pussolan qo‘shimcha sifatida sementga ishlatishga yaroqliligi ilmiy asoslangan;
tarkibidagi 40% portlandsement klinkeri kompozision kultoshqol qo‘shimchasi bilan almashtirilib ishlab chiqilgan pussolan sementlardan sovuqqa, iqlim o‘zgarishiga va sul`fatlar ta’siriga bardoshlilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan betonlarni olish imkoniyati aniqlangan;
yuqori asosli portlandsement klinkerini 50% gacha QKTCh bilan almashtirish orqali gidravlik faollik ko‘rsatkichi dastlabki PS400-D0 sementni markasi 500 gacha ko‘tarilgan yuqori pussolan sementlar ishlab chiqilgan;
QKTCh bilan yuqori darajada to‘ldirilgan pussolan sementlar qotayotganda kechadigan gidratlanish, yangi hosilalarni vujudga kelishi va genetik rivojlanishi, kompozisiyaning barqaror muqobil strukturasi shakllanishi jarayonlarining o‘ziga xos mexanizmlari aniqlangan;
quruq chiqarilgan kompozision kultoshqol qo‘shimchasi bilan yuqori darajada to‘ldirilgan yangi turdagi “yashil” pussolan sementlar olishning yangi energiya-resurstejamkor, ekologik maqsadga muvofiq texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Faol kompozision kultoshqol qo‘shimchasidan foydalanib pussolan sementlar olishning “yashil” texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi turdagi pussolan sementlarning samarali tarkiblari “Quvasoysement” AJ va “Bekobodsement” AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2025 yil 20 noyabrdagi 02/15-3165-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatbaho klinkerni 45%gacha tejab, pussolan sement tannarxini arzonlashtirish va ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini bergan;
tarkibida kompozision kultoshqol aralashmasini miqdori yuqori bo‘lgan yangi turdagi pussolan sementlar olishni energiya- va resurstejamkor texnologiyasi “Quvasoysement” AJ va “Bekobodsement” AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2025 yil 20 noyabrdagi 02/15-3165-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatbaho klinkerni 45%gacha tejab, pussolan sement tannarxini arzonlashtirish va ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini bergan.