Norjigitov Sayfiddin Abduxakimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Kontakt tarmog‘i neytral o‘rnatmalarini fazalararo qisqa tutashuv toklaridan himoyalash usuli, 05.08.05 – Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.PhD/T5462
Ilmiy rahbar: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Gayibov Tulkin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Radjibaev Davron Oktambaevich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi energetika muommolar instituti. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Temir yo‘l kontakt tarmog‘i neytral o‘rnatmasida sodir bo‘luvchi fazalararo qisqa tutashuvning oldini oluvchi avtomatik tizimni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontakt tarmog‘i neytral o‘rnatmasini fazalararo qisqa tutashuv toklaridan himoyalovchi analog-raqamli o‘zgartirgich, mikroprotsessor va signalni simsiz uzatish qurilmalari asosida tuzilganligi sababli yuqori ishonchlilikka ega hamda xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lgan yangi tizim ishlab chiqilgan; 
kontakt tarmog‘i neytral o‘rnatmasida turli xil qiymatga ega fazalararo qisqa tutashuv toklarini inobatga olgan holda matematik va imitatsion modellari ishlab chiqilgan;
kontakt tarmog‘i neytral o‘rnatmasini fazalararo qisqa tutashuv tokidan himoyalashning turli ekspluatatsion xususiyatlarini inobatga olgan holda parametrlarini ularning almashlash sxemalari asosida hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan;
elektr tortuvchi tarmoqning releli himoya va avtomatika tizimi uchun kontakt tarmog‘i neytral o‘rnatmalarini fazalararo qisqa tutashuv tokidan himoya qilish imkoniyatini beruvchi tok sensorli yangi qurilmalar majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kontakt tarmog‘i neytral o‘rnatmasida sodir bo‘luvchi fazalararo qisqa tutashuvning oldini oluvchi avtomatlashtirilgan tizim bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kontakt tarmog‘idagi neytral o‘rnatmalarni fazalararo qisqa tutashuv toklaridan himoya qilish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasidan ixtiroga patent olingan (№IAP 7782; 2024y.). Natijada, temir yo‘l neytral o‘rnatmasida sodir bo‘luvchi fazalararo qisqa tutashuvning oldini oluvchi avtomatlashtirilgan tizim qurilmasi yaratilgan;
kontakt tarmog‘idagi neytral o‘rnatmalarni fazalararo qisqa tutashuv toklaridan himoya qilish usuli “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Toshkent elektr ta’minot masofasiga qarashli Dalaguzar podstansiyasi va Dalaguzar bekati kontakt tarmog‘ida muvafaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2025 yil 19 sentyabrdagi 03/1976-25 – son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi kontakt tarmog‘i neytral o‘rnatmasida sodir bo‘luvchi fazalararo qisqa tutashuvning oldini oluvchi avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanish elektr harakat tarkiblarini sifatli va uzlyuksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish