Muxamedsaidova Iroda Abduvahob qizining 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromini klinik-bioximik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3811.
Ilmiy rahbar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Toxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi va qandli diabet fonida rivojlangan bezovta oyoqlar sindromining nevrologik, neyrofiziologik, biokimyoviy va neyropsixologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi va qandli diabet fonida rivojlangan bezovta oyoqlar sindromining differensial diagnostik xususiyatlari, kasallikning kechishi, og‘irlik darajasi, bemorlarning uyqu va nevrologik funksiyalarga, psixoemotsional fonga ham salbiy ta’siri aniqlangan;
ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromining og‘irlik darajasi bilan biokimyoviy marker gomotsistein miqdori o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi fonidagi bezovta oyoqlar sindromi rivojlanishida biokimyoviy marker sistatin S ning miqdori dinamik o‘zgarishi kasallikning og‘irlashuvini prognostik baholashga layoqatli sezgir biomarker ekani isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi va qandli diabet fonida rivojlangan bezovta oyoqlar sindromida takomillashtirilgan davo mezonlarini qo‘llash kasallikning og‘irlik darajasini pasaytirishi va hayot sifati ko‘rsatkichlarini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromi bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash, ulardagi psixoemotsional buzilishlarni oldini olish va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi va qandli diabet fonida rivojlangan bezovta oyoqlar sindromining differensial diagnostik xususiyatlari, kasallikning kechishi, og‘irlik darajasi, bemorlarning uyqu va nevrologik funksiyalarga, psixoemotsional fonga ta`sirini aniqlashga qaratilgan diagnostika strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining 2025 yil 26 martdagi 6-7 sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromini erta tashxislashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 03.05.2025  yildagi 11-01/12 - son va Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi 08.05.2025 yildagi 131-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul hayot sifatini yaxshilash, reabilitasiya jarayonlarini takomillashtirish shuningdek, nogironlik darajasini kamaytirishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: stasionar sharoitda davolanayotgan surunkali buyrak kasalligi va qandli diabet fonida bezovta oyoqlar sindromi mavjud bemorlarda kasallikni erta tashxislash algoritmini yaratish va buning mezonida erta davolash chora-tadbirlarining olib borilishi kasallikni avj olish davrlarini oldini olish, hayot sifati, jismoniy faollik va ruhiy holatning yaxshilanishi, tibbiy xizmatning narxini kamayishi tufayli 5100000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: hayot sifati va psixoemotsional buzilishlari bor bemorlar bir yil davomida 2 marotaba 10 kun davomida kasalxonada davolanishi lozim. Bunda har bir bemor uchun tejaladigan harajat 4092500 ming so‘mni tashkil etadi. Ushbu ilmiy yangilikni ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromi bilan kasallangan bemorlarda qo‘llash orqali bir bemor uchun 4092500 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromining og‘irlik darajasi va biokimyoviy marker gomotsistein miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining 2025 yil 26 martdagi 6-7 sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromini erta tashxislashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 03.05.2025  yildagi  11-01/12 - son va Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi 08.05.2025 yildagi 131-sonli  buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul kasallikning og‘irlik darajasi va davrlariga mos ravishda davolash taktikasini tanlash, kasallikning og‘irlashishini kamaytirishga, bemorlarning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: stasionar sharoitda davolanayotgan surunkali buyrak kasalligi va qandli diabet fonida ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromi mavjud bemorlarda kasallik simptomlarining boshlang‘ich davridayoq tashhislash algoritmi va qon biomarkerlari asosida, differensiallashgan holda tashhis qo‘yishga va nogironlikni jadallashishini oldini olishga xizmat qiladi. Xulosa: buning mezonida erta tashhislash va davolash chora-tadbirlarining o‘z vaqtida olib borilishi va to‘g‘ri tanlanishi kasallikning avj olishini oldini olib, kasallik belgilarining kamayishi va shu tariqa hayot sifati va uyqu sifatini yaxshilanishi, nogironlik ko‘rsatkichlarini, statsionarda davolanish muddatlarini kamaytiradi, moliyaviy xarajatlarni qisqartiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi fonidagi bezovta oyoqlar sindromi rivojlanishida biokimyoviy marker sistatin S ning miqdori dinamik o‘zgarishi kasallikning og‘irlashuvini prognostik baholashga layoqatli sezgir biomarker ekani ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining 2025 yil 26 martdagi 6-7 sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromini erta tashxislashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 03.05.2025  yildagi 11-01/12 - son va Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi 08.05.2025  yildagi 131-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul kasallikning davrlariga mos ravishda davolash taktikasini tanlash, kasallikning avj olishini kamaytirishga, bemorlarning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromi mavjud bemorlarda erta davrlaridayoq differensiallashgan holda tashhislash algoritmini yaratish tibbiy yordam ko‘rsatishda moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, bemorlarni tibbiyot xodimlariga takroriy tashrifini qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: kasallikning  erta bosqichlarida davolash chora-tadbirlarining olib borilishi kasallikni rivojlanib ketishini oldini olish va simptomlarning kamayishi yoki bartaraf etilishiga erishish orqali tibbiy xizmatning narxi kamayadi, shu tufayli 1 nafar bemorga 4092500 so‘m byudjet mablag‘idan iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi va qandli diabet fonida rivojlangan bezovta oyoqlar sindromida takomillashtirilgan davo mezonlarini qo‘llash kasallikning og‘irlik darajasini pasaytirishi va hayot sifati ko‘rsatkichlarini oshirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining 2025 yil 26 martdagi 6-7 sonli kengashi qarori bilan tasdiqlangan “Ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromini erta tashxislashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomaci mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 03.05.2025  yildagi  11-01/12 - son va Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi 08.05.2025 yildagi 131-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan usul kasallikning barcha bosqichlarida davolashni optimallashtirish hamda bemorlarda nogironlik darajasini kamaytirish va uni oldini olishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: stasionar sharoitda davolanayotgan  surunkali buyrak kasalligi va qandli diabet fonida ikkilamchi bezovta oyoqlar sindromi mavjud bemorlarda optimallashgan kompleks davo chora-tadbirlarining olib borilishi kasallik simptomlarining kamayishi yoki regressiyasini ta’minlanishi natijasida tibbiy xizmatning narhini kamayishi tufayli 4092500 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: surunkali buyrak kasalligi va qandli diabet fonida rivojlangan bezovta oyoqlar sindromi  mavjud bemorlarda davolashning optimallashtirilgan kompleks usulini qo‘llash bemorlar statsionar sharoitlarda davolanganda byudjet mablag‘larining tejalishiga olib keldi. Kasallikning davolash muddati 2 barobargacha qisqarib, byudjet mablag‘larining tejalishi har 1 bemorga nisbatan  4092500 so‘mni iqtisod qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish