Akbarxodjaeva Ziyoda Abdulxaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi xaqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumot. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yakkakurash sportchilarining neyropsixologik holatini adaptatsiya imkoniyatlari va ularning buzilishlarini korreksiya qilish», 19.00.04 – «Tibbiy psixologiya»; 14.00.13 – «Nevrologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib1008.
Ilmiy maslahatchilar: Sadikov Abdushukur Abdujamilevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Yakupov Eduard Zakirzyanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Ulug‘bek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari sharoitida yuqori malakali yakkakurash sportchilarining psixoneyrofiziologik holatini baxolash, undagi buzilishlarni aniqlash, hamda innovatsion bioboshqaruv uslublaridan foydalangan holda ularni korreksiya qilish samaradorligini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yuqori malakali yakkakurash sportchilarida musobaqaga tayyorgarlik va musobaqa yuklamalari bilan bog‘liq ruhiy bosim, havotir, shuningdek, astenizatsiya va vegetativ beqarorlik kabi nevrologik siljishlar yarimsharlararo assimetriya ustuvorligida kechuvchi miya bioelektrik faollikni o‘zgarishiga va u bilan bog‘liq bo‘lgan neyrofiziologik jarayonlar tufayli sportchining jismoniy yuklamalarga moslashuv jarayonlarini buzilishiga olib kelishi isbotlangan; 
yuqori malakali yakkakurash sportchilarida vegetativ disfunksiya simpatikotoniya yoki parasimpatikotoniya ko‘rinishida namoyon bo‘lib, sportchi organizmini stress va yuklamalarga javob beruvchi simpatik tizimning noadekvat faoliyati, hamda tinchlantiruvchi parasimpatik tizimning faolligi etarli emasligi tufayli zo‘riqishni shakllanishi va adaptatsion-moslashuv jarayonlarining kuchsizlanishi, hamda intensiv va yuqori yuklamalar sharoitida organizm qobiliyatsizligini keltirib chiqarishi asoslangan; 
yuqori malakali yakkakurash sportchilarida vegetativ nerv tizimi parasimpatik bo‘limi tonusining pasayishi chidamlilik koeffisientiga ta’sir etib, yurak-qon tomir tizimini energiya sarfini oshishiga, funksional zaiflashuviga, kardiogemodinamikani yomonlashuviga va regulyator mexanizmlar samaradorligi pasayishiga sabab bo‘lganligi tufayli jismoniy yuklama davrida organizmning funksional imkoniyatlarining yomonlashuviga olib kelishi aniqlangan;
yuqori malakali yakkakurash sportchilarida aniqlangan D vitamini va folat kislotasi (V9 vitamini)ning tanqisligi sportchi psixoemotsional va vegetativ nerv tizimi uyg‘unlikdagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, hamda yakkakurash sportchilari organizmining funksional zaxirasi va jismoniy yuklamalarga moslashuv imkoniyatlari pasayishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
yuqori malakali yakkakurash sportchilarida psixologik moslashuv jarayonlarining buzilishi tufayli yuzaga keladigan funksional barqarorlik va jismoniy ish qobiliyati yomonlashuvini bartaraf etish uchun al`fa- yoki beta- diapazondagi bioelektrik faollikning miya yarimsharlariaro assimetriyasini, hamda  D vitamini va folat kislotasi tanqisligini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan va personal korreksiyalovchi yondashuvlarni qo‘llash zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ekspert kengashining 2025 yil 2 dekabr` 7-son hulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasiga joriy qilinganligi haqida O‘zbekiston Respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 6 martdagi 1-sonli va 2-sonli xulosalari): 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor yuqori malakali yakkakurash sportchilarida musobaqaga tayyorgarlik va musobaqa yuklamalari bilan bog‘liq ruhiy bosim, havotir, shuningdek, astenizatsiya va vegetativ beqarorlik kabi nevrologik siljishlar yarimsharlararo assimetriya ustuvorligida kechuvchi miya bioelektrik faollikni o‘zgarishiga va u bilan bog‘liq bo‘lgan neyrofiziologik jarayonlar tufayli sportchining jismoniy yuklamalarga moslashuv jarayonlarini buzilishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati: dezadaptatsion o‘zgarishlarni erta tashxislash uchun ob’ektiv mezonlar taklif qilindi va sportchilarning adaptatsiya salohiyatini bashorat qilish imkoniyati asoslandi. Ilmiy yangilikning joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasining 2025 yil 8 maydagi 8A-sonli va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasining 2025 yil 23 maydagi 3-sonli buyruqlari asosida sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: dinamik kuzatuv natijasida yakkakurash sportchilari neyropsixologik statusining adaptatsiya imkoniyatlari bashorat qilingan sportchilar guruhida 1–2 ta korreksiyalash kursi (1,4±0,02 kurs), taqqoslash guruhida esa kurslar 3–4 marta (2,6±0,03 kurs) o‘tkazilganligi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi shundaki, har bir korreksiyalash kursining narxi 2150000 so‘m ekanligi hisobga olinganda, asosiy guruhda umumiy moliyaviy xarajatlar 3010000 so‘mni, taqqoslash guruhida esa 1,9 baravar ko‘p, ya’ni 5590000 so‘mni tashkil etdi. Natijada 2580000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: psixologik samaradorlik bashoratidan o‘tgan va yuqori natijaviy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan sportchilar 3,8 baravar ko‘p uchinchi darajaga va 2,5 baravar ko‘p ikkinchi darajaga erishdi. Murabbiylar bergan bahoga ko‘ra, ushbu guruh shaxslari sportda 3,5 baravar ko‘proq muvaffaqiyat qozonish salohiyatiga ega. Ilmiy yangiliklardan keng foydalanish: «Yakkakurash sportchilari neyropsixologik statusining adaptatsiya imkoniyatlarini bashorat qilish usuli» mavzusida olingan natijalar O‘zbekiston Respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 6 martdagi 1-sonli xulosasiga muvofiq O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi amaliyotiga joriy etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori malakali yakkakurash sportchilarida vegetativ disfunksiya simpatikotoniya yoki parasimpatikotoniya ko‘rinishida namoyon bo‘lib, sportchi organizmini stress va yuklamalarga javob beruvchi simpatik tizimning noadekvat faoliyati, hamda tinchlantiruvchi parasimpatik tizimning faolligi etarli emasligi tufayli zo‘riqishni shakllanishi va adaptatsion-moslashuv jarayonlarining kuchsizlanishi, hamda intensiv va yuqori yuklamalar sharoitida organizm qobiliyatsizligini keltirib chiqarishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati: murabbiy taklif etilgan tavsiyalardan foydalangan holda yakkakurash sportchilarining sport shifokori bilan birgalikda yakkakurash sportchilari neyropsixologik statusining adaptatsiya imkoniyatlari bashoratini hisobga olib sportchilarda neyropsixologik status adaptatsiya imkoniyatlari buzilishlarining rivojlanish xavfi darajasini aniqlaydi. Bu, o‘z navbatida, sportchi organizmining jismoniy va psixoemotsional zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lgan dezadaptatsion o‘zgarishlar darajasini kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: olingan natijalar O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasining 2025 yil 8 maydagi 8A-sonli va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasining 2025 yil 23 maydagi 3-sonli buyruqlari asosida sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: dinamik kuzatuv natijasida yakkakurash sportchilari neyropsixologik statusining adaptatsiya imkoniyatlari bashorat qilingan sportchilar guruhida 1–2 ta korreksiyalash kursi (1,4±0,02 kurs), taqqoslash guruhida esa kurslar 3–4 marta (2,6±0,03 kurs) o‘tkazilganligi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi shundaki, har bir korreksiyalash kursining narxi 2150000 so‘m ekanligi hisobga olinganda, asosiy guruhda umumiy moliyaviy xarajatlar 3010000 so‘mni, taqqoslash guruhida esa 1,9 baravar ko‘p, ya’ni 5590000 so‘mni tashkil etdi. Natijada 2580000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: tavsiyalarning joriy qilinishi yakkakurash sportchilari neyropsixologik statusining adaptatsiya imkoniyatlariga muvofiq sportchilarning ish qobiliyatini oshirish va sportda erishgan natijalarini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangiliklardan keng foydalanish: «Yakkakurash sportchilari neyropsixologik statusining adaptatsiya imkoniyatlarini bashorat qilish usuli» mavzusida olingan natijalar natijalar O‘zbekiston Respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 6 martdagi 1-sonli xulosasiga muvofiq O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi amaliyotiga joriy etildi.
uchinchi ilmiy yangilik: yuqori malakali yakkakurash sportchilarida vegetativ nerv tizimi parasimpatik bo‘limi tonusining pasayishi chidamlilik koeffisientiga ta’sir etib, yurak-qon tomir tizimini energiya sarfini oshishiga, funksional zaiflashuviga, kardiogemodinamikani yomonlashuviga va regulyator mexanizmlar samaradorligi pasayishiga sabab bo‘lganligi tufayli jismoniy yuklama davrida organizmning funksional imkoniyatlarining yomonlashuvigaa olib kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati: murabbiy taklif etilgan tavsiyalardan foydalangan holda yakkakurash sportchilarining sport shifokori bilan birgalikda nerv tizimi parasimpatik bo‘limi tonusining pasayishini hisobga olib sportchilarda, yurak-qon tomir tizimini energiya sarfini oshishi va funksional zaiflashuvi xavfi darajasini aniqlaydi. Bu, o‘z navbatida, organizmning psixoemotsional zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lgan funksional imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: olingan natijalar O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasining 2025 yil 8 maydagi 8A-sonli va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasining 2025 yil 23 maydagi 3-sonli buyruqlari asosida sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan buzilishlar sportning natijaviyligiga, ko‘p jihatdan yuqori malakali sportchilarning ruhiy-ijtimoiy xotirjamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, subklinik hissiy buzilishlarning keng tarqalishiga imkon beradi, agar o‘z vaqtida tashxis qo‘yilmasa, ular xulq-atvor va kognitiv buzilishlarning barqaror shakllariga aylanishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi shundaki, olingan ma’lumotlar funksional buzilishlarni tashxislashning erta, kam xarajatli va yuqori darajada ma’lumot beruvchi, shuningdek, qimmat va kech reabilitatsiya choralariga ehtiyojni kamaytiruvchi usullarini joriy etish imkonini berdi. Natijada 2580000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: ushbu ishdan olingan ma’lumotlar sportchilarning barqaror ruhiy salomatligini ta’minlash, ularning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash, shaxsini uyg‘un rivojlantirish, xavotir-depressiya buzilishlari va stressga chidamlilikning pasayishi natijasida yuzaga keladigan salbiy ijtimoiy oqibatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yangiliklardan keng foydalanish: «Yakkakurash sportchilari neyropsixologik statusining adaptatsiya imkoniyatlarini bashorat qilish usuli» va «BQA-terapiya yordamida yakkakurash sportchilarining neyropsixologik statusini korreksiyalash usullarini optimallashtirish» mavzularida olingan natijalar O‘zbekiston Respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 6 martdagi 1-sonli va 2025 yil 6 martdagi 2-sonli xulosalariga muvofiq O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi amaliyotiga joriy etildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuqori malakali yakkakurash sportchilarida aniqlangan D vitamini va folat kislotasi (V9 vitamini)ning tanqisligi sportchi psixoemotsional va vegetativ nerv tizimi uyg‘unlikdagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, hamda yakkakurash sportchilari organizmining funksional zaxirasi va jismoniy yuklamalarga moslashuv imkoniyatlari pasayishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati: olingan natijalar hissiy holat, stressga chidamlilik va vegetativ nerv sistemasi faoliyatini tartibga solishda mikronutrientlarning roli haqidagi fundamental tasavvurni kengaytirib, bizga D vitamini va folat kislotasini nafaqat metabolik ta’minot elementlari, balki sportchilarda neyropsixologik gomeostazni saqlashning asosiy omillari sifatida ham ko‘rib chiqish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: olingan natijalar O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasining 2025 yil 8 maydagi 8A-sonli va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasining 2025 yil 23 maydagi 3-sonli buyruqlari asosida sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan qonuniyatlar yakkakurash sportchilarining sog‘lig‘ini monitoring qilish tizimiga D va V9 vitaminlari statusini baholashni majburiy kiritish zarurligini ta’kidlaydi. Bu psixoemotsional charchoq, adaptatsiya tizimlarining haddan tashqari zo‘riqishi va ish qobiliyati pasayishining oldini olish borasida yangi paradigmani shakllantirib, nutritiv tashxisotni personallashtirilgan sport tibbiyotining muhim elementiga aylantiradi. Iqtisodiy samaradorligi shundaki, olingan ma’lumotlar sport mashg‘ulotlari tizimini oqilona tashkil etishga yordam berib, dezadaptatsion holatlar, ish qobiliyatining pasayishi va jarohatlar darajasining oshishi bilan bog‘liq moliyaviy yo‘qotishlarni 2,5 baravar kamaytirishga imkon yaratadi. Iqtisodiy samaradorlik nutritiv ta’minotni o‘z ichiga olgan holda har bir sportchiga 1 martalik reabilitatsiya kursi uchun 575330 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: funksional buzilishlar rivojlanishining asosiy sabablaridan biri sifatida ozuqaviy tanqislikning ko‘rsatilishi ko‘p xarajatli reaktiv choralardan samaraliroq profilaktika strategiyalariga o‘tish imkonini beradi. D vitamini va folat darajasini laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish, shuningdek, ularni korreksiyalash xarajatlari xavotir-depressiya, vegetativ buzilishlarni davolash, uzoq muddatli tiklanish choralarini ko‘rish va mashg‘ulot sikllarini o‘tkazib yuborish xarajatlaridan o‘nlab baravar pastdir. Ilmiy yangiliklardan keng foydalanish: «BQA-terapiya yordamida yakkakurash sportchilarining neyropsixologik statusini korreksiyalash usullarini optimallashtirish» mavzusida olingan natijalar O‘zbekiston Respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 6 martdagi 2-sonli xulosasiga muvofiq O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi amaliyotiga joriy etildi.
beshinchi ilmiy yangilik: yuqori malakali yakkakurash sportchilarida psixologik moslashuv jarayonlarining buzilishi tufayli yuzaga keladigan funksional barqarorlik va jismoniy ish qobiliyati yomonlashuvini bartaraf etish uchun al`fa- yoki beta- diapazondagi bioelektrik faollikning miya yarimsharlariaro assimetriyasini, hamda D vitamini va folat kislotasi tanqisligini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan va personal korreksiyalovchi yondashuvlarni qo‘llash zaruriyati asoslangan. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati: D va V9 vitaminlari tanqisligini korreksiyalash hamda BQA-terapiyani o‘z ichiga olgan maqsadli korreksiyalash algoritmi biologik qaytar aloqa va nutritiv ta’minotning neyropsixologik adaptatsiya jarayonlariga ta’sir qilish mexanizmlari haqidagi  mavjud ilmiy tasavvurni kengaytiradi. Bu organizmning neyrofiziologik patternlari, bosh miya bioelektrik faoliyati, hissiy-irodaviy sohasi, vegetativ regulyasiyasi va  energiya  ta’minoti o‘rtasida haqiqiy o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatib, katta sport yuklamalari sharoitida adaptatsiya jarayonlarining murakkab tabiati haqidagi tushunchamizni oshiradi. Ilmiy yangilikning joriy etilishi: olingan natijalar O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasining 2025 yil 8 maydagi 8A-sonli va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasining 2025 yil 23 maydagi 3-sonli buyruqlari asosida sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bashoratlovchi koeffisientlarning korreksiyalash algoritmiga integratsiyalashuvi psixoemotsional holatni tiklash, vegetativ regulyasiyani optimallashtirish va jismoniy ish qobiliyatini saqlashga qaratilgan personallashtirilgan aralashuvlarning samaradorligini ilmiy asoslash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi shundaki, bashoratlovchi koeffisientlarning chegaraviy qiymatlari va ular asosida ishlab chiqilgan D va V9 vitaminlari tanqisligini korreksiyalash hamda BQA-terapiyani o‘z ichiga olgan maqsadli korreksiyalash algoritmini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi ancha yuqori bo‘lib, yakkakurash sportchilarida dezadaptatsion holatlar, ish qobiliyatining pasayishi va jarohatlar bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Har bir korreksiyalash kursining narxi 2150000 so‘m ekanligi nazarda tutilsa, asosiy guruhda umumiy iqtisodiy xarajatlar 2795000 so‘mni, taqqoslash guruhida esa undan 2,2 baravar ko‘p, ya’ni 6020000 so‘mni tashkil etdi. Natijada 3225000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishildi.  Xulosa: personallashtirilgan individual dasturlarga BQA-terapiya va nutritiv ta’minot (D va V9 vitaminlari)ning kiritilishi sportchilarning yuklamalarga chidamliligini oshirish, funksional charchoq davrlarini qisqartirish va mashg‘ulotlar hamda musobaqalarni o‘tkazib yuborish miqdorini kamaytirishga imkon berib, mashg‘ulot vaqtidan foydalanish samaradorligini oshirish barobarida vaqtinchalik jismoniy qobiliyatining yo‘qotilishi bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytiradi. Ilmiy yangiliklardan keng foydalanish: «BQA-terapiya yordamida yakkakurash sportchilarining neyropsixologik statusini korreksiyalash usullarini optimallashtirish» mavzusida olingan natijalar O‘zbekiston Respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 6 martdagi 2-sonli xulosasiga muvofiq O‘zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi amaliyotiga joriy etildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish