Opolovnikova Kristina Sergeevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyati aholisida postnatal ontogenezda paranazal sinuslarning yoshga oid qiyosiy xususiyatlari” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3712.
Ilmiy rahbar: Xaribova Elena Aleksadrovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro va Navoiy viloyatlari aholisida postnatal ontogenezda burun yondosh bo‘shliqlarning o‘sishi va rivojlanish jarayonini yosh, jinsiy hamda ekologik-hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi bolalarning morfometrik ma’lumotlarini qiyosiy tahlil qilish natijasida sanoat ishlab chiqarish xududida yashovchi bolalarda paranazal sinuslarning tug‘ruqdan keyingi rivojlanishining o‘xshash qonuniyatlari bilan ularning pnevmatizatsiya tezligining sekinlashishi va hajm ko‘rsatkichlarining pasayishi paranazal sinuslarning atrof-muhit omillariga yuqori sezuvchanligi aniqlangan;
o‘tkazilgan morfometrik tahlillar asosida barcha o‘rganilgan yosh davrlarida paranazal sinuslarning postnatal rivojlanish davrida saqlanib turishi aniqlandi, o‘ng tomon yuqori jag‘ sinuslari ko‘rsatkichlarining va frontal sinuslarning chap tomonli ko‘rsatkichlarining barqaror ustunligi, ponasimon va g‘alvirsimon sinuslarning assimetriyasi minimal bo‘lib, 18 yoshga kelib deyarli butunlay o‘zgarmaganligi aniklangan;
tadqiqot natijalariga ko‘ra, kam nurlanish, yuqori sifatli tasvirga ega va morfometrik baholashning yuqori informativligi bilan ajralib turadigan konus nurli kompyuter tomografiyasi paranazal sinuslarning rivojlanish  ko‘rsatkichlarni to‘liq taqdim etishi, hamda bolalarda ularning rivojlanishidagi nuksonlarni erta aniqlash uchun skrining usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor  konus nurli kompyuter tomografiyasi asosida 1 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlarga nisbatan o‘g‘illarda paranazal sinuslarning morfometrik ko‘rsatkichlarining  oshib ketishi aniqlandi va har bir sinusning balandligi, kengligi, chuqurligi va hajmi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan hududiy standartlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Konus nurli kompyuter tomografiyasi yordamida yuqori jag‘ va peshona bo‘shlig‘i morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash metodologiyasi” mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 24-oktyabrdagi 27/46-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi bolalarning morfometrik ma’lumotlarini qiyosiy tahlil qilish natijasida sanoat ishlab chiqarish xududida yashovchi bolalarda paranazal sinuslarning tug‘ruqdan keyingi rivojlanishining o‘xshash qonuniyatlari bilan ularning pnevmatizatsiya tezligining sekinlashishi va hajm ko‘rsatkichlarining pasayishi kuzatilgan bo‘lib, bunda paranazal sinuslarning atrof-muhit omillariga yuqori sezuvchanligi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: mintakalararo  farqlarni hisobga olish klinik diagnostika ma’lumotlarini talqin qilishning aniqligini oshiradi, noto‘g‘ri tashxis qo‘yish xavfini kamaytiradi va  diagnostik yondashuvlarni ishlab chiqishni engillashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mintaqaviy standartlardan foydalanish qimmat takroriy tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va diagnostika bo‘limi resurslaridan yanada oqilona foydalanishga yordam beradi. Xulosa: olingan natijalar sinuslarning anatomik xususiyatlarini shakllantirishda atrof-muhit omillarining ahamiyatini tasdiqlaydi va hududga moslashtirilgan standartlarni ishlab chiqish zarurligini asoslaydi
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan morfometrik tahlillar asosida barcha o‘rganilgan yosh davrlarida paranazal sinuslarning postnatal rivojlanish davrida saqlanib turishi aniqlandi, o‘ng tomon yuqori jag‘ sinuslari ko‘rsatkichlarining va frontal sinuslarning chap tomonli ko‘rsatkichlarining barqaror ustunligi, ponasimon va g‘alvirsimon sinuslarning assimetriyasi minimal bo‘lib, 18 yoshga kelib deyarli butunlay o‘zgarmaganligi aniklangan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar yondosh bo‘shliqlarning tug‘ma va orttirilgan anomaliyalarini aniqlashda tashxis qo‘yish aniqligini oshirishga xizmat qilib, asoratlar xavfini kamaytirish va jarrohlik aralashuvlarini rejalashtirishni takomillashtirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: paranazal bo‘shliklarning o‘ng va chap tomonlama rivojlanishidagi qonuniyatlar qo‘shimcha tekshiruvlar sonini kamaytiradi, bu diagnostika jarayonlari xarajatlarini kamaytirib, tibbiyot muassasalarining ish hajmini  optimallashtiradi. Xulosa: burun atrofi bo‘shliqlarining  rivojlanishning belgilangan qonuniyatlari  aniq diagnostika algoritmlarini shakllantiradi va morfometrik ma’lumotlarni klinik talqin qilish samaradorligini oshiradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: aniqlanishicha, kam nurlanish, yuqori sifatli tasvirga ega va morfometrik baholashning yuqori informativligi bilan ajralib turadigan konus nurli kompyuter tomografiyasi paranazal sinuslarning rivojlanish  ko‘rsatkichlarni to‘liq taqdim etadi, hamda bolalarda ularning rivojlanishidagi nuksonlarni erta aniqlash uchun skrining usuli ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi:  xavfsiz va yuqori aniqlikdagi morfometrik skrining paranazal sinuslarning rivojlanishidagi nuqsonlarni erta aniqlash imkonini beradi, kech tashxis qo‘yish xavfini kamaytirib, bolalar va o‘smirlarning klinik monitoringi sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: past nurlanish ta’siri va yuqori ma’lumotlarni beruvchi usul qo‘shimcha tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, diagnostik tekshiruvlar qiymatini pasaytiradi va sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni taqsimlash samaradorligini oshiradi. Xulosa: KNKT dan yuqori informatsion va tejamkor usul sifatida foydalanish diagnostika samaradorligini oshirib, paranazal sinuslarning rivojlanishidagi o‘zgarishlarning tekshirish sifatini yaxshilaydi hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 200 ming so‘m sarfni tejash imkonini berdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi marta konus nurli kompyuter tomografiyasi asosida 1 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ayollarga nisbatan erkaklarda paranazal sinuslarning morfometrik ko‘rsatkichlarining oshib ketishi aniqlandi va har bir sinusning balandligi, kengligi, chuqurligi va hajmi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan standartlar ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan yosh va jinsga xos standartlar paranazal sinuslar rivojlanishini klinik baholashning aniqligini oshiradi, tug‘ma va orttirilgan anomaliyalarni erta aniqlashga yordam beradi; tashxislashdagi xatolar xavfini kamaytirib, davolash, diagnostika va jarrohlik aralashuvlarni rejalashtirish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: xududiy standartlarni ishlab chiqish qo‘shimcha yuqori xarajatli tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, takroriy diagnostika muolajalari chastotasini kamaytirib, sog‘liqni saqlash resurslaridan yanada oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Xulosa: ishlab chiqilgan standartlar va uslubiy yondashuvlar klinik diagnostikani optimallashtiradi va diagnostik tekshiruv usullarini va keyingi davolash xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.
Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatiga (02.09.2025 y., №122-sonli buyruq) va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatiga (29.08.2025 y., №88-sonli buyruq) tadbiq etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish