Xoljigitova Muhayyo Berdiqulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metabolik sindrom qo‘shilib kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining turli fenotiplarini tashxislash va davolashga individual yondashuv”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.DSc/Tib840.
Ilmiy maslaxatchi: Ubaydullaeva Naima Nabixanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshanbek Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rahimova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Matluba Eshbaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindrom qo‘shilib kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi turli klinik fenotiplarining o‘ziga xos klinik-funksional xususiyatlarini aniqlash, qiyosiy tashxislash va reabilitasiyaga individual yondoshuv bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor metabolik jixatdan induksiyalangan IL-6 darajasining o‘sishi va ko‘p komponentli immun-yallig‘lanish reaksiyasi, jumladan yallig‘lanishning tizimli markerlari (C-reaktiv oqsil) immun tizimning gumoral tarkib ko‘rsatkichlari (Ig G), antropometrik mezon (tana vazni indeksi), xamda surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining bronxitik fenotipi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan xastalangan bemorlarda, klinik va fenotipik ko‘rinishidan qat’iy nazar, metabolik sindromning koronavirus infeksiyasi bilan birga kelishi chuqur multitizimli dekompensatsiyani aks ettiradigan Charlson komorbid indeksining oshishiga olib kelishi aniqlangan;
metabolik sindrom birga kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan xastalangan bemorlarda leykotsitlar darajasining oshishi, CD4T-limfotsitlar sonining kamayishi, immunoregulyasion indeksning pasayishi va Ig G darajasining o‘zgarishi sababli immunologik nomutanosibliklar shakllanishi isbotlangan;
surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi metabolik sindrom qo‘shilib kelgan va koronavirus infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarda C-reaktiv oqsil va D-dimer darajasning balandligi saqlanib turganligi sababli tizimli yallig‘lanish faolligi xamda uzoq muddatli subklinik yallig‘lanish holati turg‘unligi saqlanib turishi aniklangan;
ilk bor metabolik sindrom qo‘shilib kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining turli fenotiplarida bemorlar nafas olish faoliyati, jismoniy chidamlilikni yaxshilash, klinik simptomlarni kamaytirishga va gaz almashinuvini optimallashtirishga qaratilgan kompleks reabilitatsiya dasturlarining klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metabolik sindrom qo‘shilib kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi turli fenotiplarining o‘ziga xos klinik-funksional xususiyatlarini aniqlash va differensiallashgan reabilitatsiya dasturlarni qo‘llash asosida kompleks chora tadbirlarni ishlab chiqishga individual yondashish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor metabolik jixatdan induksiyalangan IL-6 darajasining o‘sishi va ko‘p komponentli immun-yallig‘lanish reaksiyasi, jumladan yallig‘lanishning tizimli markerlari (C-reaktiv oqsil) immun tizimning gumoral tarkib ko‘rsatkichlari (Ig G), antropometrik mezon (tana vazni indeksi), xamda surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining bronxitik fenotipi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengash 26 iyun 2024 yil 11-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan: «COVID-19 o‘tkazgan metabolik sindrom qo‘shilib kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi og‘ir kechishining oldini olish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Ibn Sino nomidagi 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 6.09.2024 yildagi 9098-son xamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.09.2024 yildagi 3338-7-107-TB/2024-son va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 51-Y-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan usulda metabolik xolatni hisobga olib bashorat qilish surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining bronxitik fenotipi va tana massa indeksi bilan immun tizim markerlari bog‘liqligini erta aniqlash bemorlar salomatligining tez vaqtda qayta tiklanishi, erta tashxislash va buning natijasida yuzaga keladigan asoratlarining oldini olishga alohida ko‘proq ahamiyat berilsa, ular orasidagi o‘lim ko‘rsatkichi kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: Sog‘liqni Saqlash Tizimining birlamchi bo‘g‘inida metabolik xolat birga kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining bemorlarda klinik fenotiplarini tashxislashga individual yondoshish kasallikning erta va to‘g‘ri jamlanma tashxisoti va oqibatini baholashi og‘ir bemorlar parvarishiga ketadigan harajatlarni kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan xastalangan bemorlarda, klinik va fenotipik ko‘rinishidan qat’iy nazar, metabolik sindromning koronavirus infeksiyasi bilan birga kelishi chuqur multitizimli dekompensatsiyani aks ettiradigan Charlson komorbid indeksining oshishiga olib kelishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengash 26 iyun 2024 yil 11-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan: «COVID-19 o‘tkazgan metabolik sindrom qo‘shilib kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi og‘ir kechishining oldini olish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Ibn Sino nomidagi 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 6.09.2024 yildagi 9098-son xamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.09.2024 yildagi 3338-7-107-TB/2024-son va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 51-Y-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etiayotgan usul zamonaviy, bir-birini to‘ldiruvchi klinik, statistik usullardan foydalanish, shuningdek, tekshirilgan bemorlarning etarli soni, erta komorbid patologiya xavfini kamaytirish uchun diagnostik, prognostik va profilaktika mezonlarini takomillashtirish, statistik tahlil usullari to‘plami, shuningdek ularni to‘g‘ri qo‘llash bilan komorbid patologiya asoratlarining oldini olish, bemorlarning kasbiy faoliyatga ta’siri (mehnatga layoqatli bemorlarning mehnat qobiliyatini saqlab qolish) bilan asoslanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Charlson komorbid indeksining oshishini baholash orqali klinik fenotiplarda erta komorbid patologiyaning aniqlanishi sog‘liqni saqlash tizimiga yukni kamaytirish: kasalxonaga yotqizish sonini va shoshilinch tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojni 25-35%ga kamaytirish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom birga kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan xastalangan bemorlarda leykotsitlar darajasining oshishi, CD4T-limfotsitlar sonining kamayishi, immunoregulyasion indeksning pasayishi va Ig G darajasining o‘zgarishi sababli immunologik nomutanosibliklar shakllanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengash 26 iyun 2024 yil 11-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan: «COVID-19 o‘tkazgan metabolik sindrom qo‘shilib kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi og‘ir kechishining oldini olish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Ibn Sino nomidagi 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 6.09.2024 yildagi 9098-son xamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.09.2024 yildagi 3338-7-107-TB/2024-son va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 51-Y-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/09-son xulosasi.). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan dastur surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda immunologik nomutanosibliklar shakllanishini o‘z vaqtida aniqlash kasalxonaga yotqizish va ambulator tashriflarga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi, nogironlik darajasini pasaytirish va faol uzoq umr ko‘rishni uzaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: immunologik tadqiqotlar yordamida surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda immuntankislik holatlar rivojlanishini bashorat qilish usulini o‘z vaqtida qo‘llash har bir bemorga 315000 so‘m byudjet mablag‘larini va 780000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi metabolik sindrom qo‘shilib kelgan va koronavirus infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarda C-reaktiv oqsil va D-dimer darajasning balandligi saqlanib turganligi sababli tizimli yallig‘lanish faolligi xamda uzoq muddatli subklinik yallig‘lanish holati turg‘unligi saqlanib turishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengash 26 iyun 2024 yil 11-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan: «COVID-19 o‘tkazgan metabolik sindrom qo‘shilib kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi og‘ir kechishining oldini olish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Ibn Sino nomidagi 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 6.09.2024 yildagi 9098-son xamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.09.2024 yildagi 3338-7-107-TB/2024-son va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 51-Y-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan dastur surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi metabolik sindrom bilan koronavirus infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarda yallig‘lanish saqlanib turganligini erta bashorat qilish, nogironlik va mul`titizimli asoratlarning oldini olish, mehnat qobiliyatini uzoq muddatga saqlab qolish, kasallikni davolash hamda tekshirish uchun sarflanadigan mablag‘larni tejab qolish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu bemorlarning kompleks tashxislash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, kasallikning asoratlarini oldini olish, kasalxonaga yotish holatlarini kamaytirish, agar yotqizilsa yotoq kunlari sonini qisqartirish orqali bitta bemorga xisoblaganda byudjet mablag‘larini 852900 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 750000 so‘mga tejashga imkon yaratgan;
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor metabolik sindrom qo‘shilib kelgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining turli fenotiplarida bemorlar nafas olish faoliyati, jismoniy chidamlilikni yaxshilash, klinik simptomlarni kamaytirishga va gaz almashinuvini optimallashtirishga qaratilgan kompleks reabilitatsiya dasturlarining klinik samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengash 26 iyun 2024 yil 11-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan: «Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi metabolik sindrom bilan kechgan bemorlarda kompleks reabilitasiya algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar Ibn Sino nomidagi 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 6.09.2024 yildagi 9098-son xamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.09.2024 yildagi 3338-7-107-TB/2024-son va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 51-Y-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/09-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan dastur surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining turli fenotiplarida bemorlarda kompleks reabilitatsiya chora tadbirlarini takomillashtirish nogironlikning kamayishi va mehnat qobiliyatining oshishi: mehnatga layoqatli bemorlarning 50%dan 65%gacha reabilitatsiyadan so‘ng ishlashga qaytishini, jismoniy faollikning oshishi: 6 daqiqalik yurish testida masofani 50-70 mga oshirishni, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashini (XS-36 shkalasi bo‘yicha), simptomlar og‘irligining pasayishi CAT, mMRC shkalasi bo‘yicha ijobiy xolatlarni aks ettirdi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19dan keyin bemorlarda iqtisodiy samara (46% gacha tejamkorlik) kuzatildi, chunki o‘pka reabilitatsiyasi o‘pka faoliyatini tezroq tiklashga imkon beradi. Reabilitatsiya dasturlarini qoplash muddati 1-1.5 yilni tashkil etdi, shundan so‘ng iqtisodiy foyda umumiy tibbiy yordam xarajatlarini kamaytirishda namoyon bo‘lishi aniqlandi.