Mamadiyorov Burxon Normurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nanosellyulozaning karboksimetil va (met)akrilat xosilalarining sintezi, tuzilishi va xossalari”, 02.00.05 - Sellyuloza va sellyuloza-qogʼoz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi, 02.00.12-Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K722.
Ilmiy rahbar: Ataxanov Abdumutolib Abdupatto o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy oppanentlar: Shomuratov Shavkat Abduganievich, kimyo fanlari doktori; Yo‘ldoshov Sherzod Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Taqiqot maqsadi nanosellyulozaning karboksimetil, glisidilmetakrilat, akrilat va metakrilat hosilalarini sintez qilish, ularning tuzilish va xossalarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bora nanosellyuloza asosida yuqori almashinish darajasiga ega suvda eruvchan karboksimetilnanosellyuloza sintez qilingan, jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bora glisidil metakrilatni nanosellyulozaga payvand qilish orqali nanosellyulozaning yangi glisidilmetakrilnanosellyuloza efiri sintez qilindi, xossalari va tuzilishi aniqlandi;
ilk bora tarkibida qo‘sh bo‘g‘ guruhi tutgan nanosellyulozaning akrilnanosellyuloza va metakrilnanosellyuloza yangi hosilalari sintez qilindi va tuzilishi hamda fizik-kimyoviy xossalari aniqlandi;
ilk bora nanosellyuloza asosida sintez qilingan karboksimetilnanosellyuloza, glisidilmetakrilatnanosellyuloza, akrilnanosellyuloza va metakrilnanosellyulozalarning yuqori mukoadgeziv xossaga ega ekanligi va ular asosida mukoadgeziv preparatlar olish imkoniyatlari mavjudligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Nanosellyulozaning karboksimetil va (met)akrilat xosilalarining sintezi, tuzilishi va xossalari” boʼyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nanosellyuloza olish usuliga Oʼzbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (IAP 0509, 28.11.2017 y.). Natijada nanosellyuloza hosilalari (shu jumladan, Na-KMS, GMNS, MANS, ANS) modifikatsiyalash orqali mukoadgezion xossaga ega bo‘lgan namunalar olish imkonini bergan;
Nanosellyuloza uchun texnik shartlar (S 25261285-02:2016) “Uzstandart” agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Mazkur texnik shart mahsulotlarning sifati va texnologiya jarayonini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish