Mannapova Maftuna G‘olib qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Banklarda virtual xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini modellashtirish”, “08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit” va “08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4816.
Ilmiy rahbar: Mannapova Maftuna G‘olib qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismoilova Gulnora Fayzullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Bank moliya akademiya.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: banklarda virtual xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini modellashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarida mijoz bank kartalarida virtual hamyonlarda vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni bank depozitlariga jalb qilganda asosiy stavka 6 foizda to‘lash orqali bank resurs bazasini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklarida virtual xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash imkonini beruvchi integral model ishlab chiqish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan bitta kartadan bir martada Cash out amaliyoti orqali naqd pul echish 6 000 000 (olti million) so‘mdan oshmagan miqdorda, bir kunda bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan oshmagan summada amalga oshirish taklif etilgan;
mobil ilovada identifikatsiyalangan foydalanuvchining bir akkauntiga ko‘pi bilan bir paytda 15 ta, identifikatsiyalanmagan foydalanuvchining bir akkauntiga 5 ta bank kartasi qo‘shish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banklarni virtual xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tijorat banklarida mijoz bank kartalarida virtual hamyonlarda vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni bank depozitlariga jalb qilganda asosiy stavka 6 foizda to‘lash orqali bank resurs bazasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” va “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat AT “Xalq banki” (2025-yil 7-noyabrdagi №28-23/2040 sonli ma’lumotnoma), “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialining 2025-yil 20-maydagi 05-04/2341-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, banklarning likvidligi va moliyaviy barqarorligini oshiradi, kreditlash imkoniyatlarini kengaytiradi hamda mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlagan.
tijorat banklarida virtual xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash imkonini beruvchi integral model ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” va “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” (2025-yil 7-noyabrdagi №28-23/2040 sonli ma’lumotnoma), “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialining 2025-yil 20-maydagi 05-04/2341-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, banklarning raqamli xizmatlar samaradorligini moliyaviy ko‘rsatkichlar, mijozlar bazasining o‘sishi, xarajatlarni optimallashtirish va daromadlarni ko‘paytirish nuqtayi nazaridan baholash imkonini bergan.
tijorat banklari tomonidan bitta kartadan bir martada Cash out amaliyoti orqali naqd pul echish 6 000 000 (olti million) so‘mdan oshmagan miqdorda, bir kunda bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan oshmagan summada amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat AT “Xalq banki” va “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat AT “Xalq banki” (2025-yil 7-noyabrdagi №28-23/2040 sonli ma’lumotnoma), “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialining 2025-yil 20-maydagi 05-04/2341-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pul oqimlarining shaffofligi oshadi, soya iqtisodiyotining qisqarishiga va milliy to‘lov tizimining yanada samarali rivojlanishiga zamin yaratgan.
mobil ilovada identifikatsiyalangan foydalanuvchining bir akkauntiga ko‘pi bilan bir paytda 15 ta, identifikatsiyalanmagan foydalanuvchining bir akkauntiga 5 ta bank kartasi qo‘shish taklifi O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” va “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” (2025-yil 7-noyabrdagi №28-23/2040 sonli ma’lumotnoma), “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialining 2025-yil 20-maydagi 05-04/2341-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mobil ilovada kartalar soniga cheklov joriy etish raqamli xavfsizlikni oshiradi, firibgarlikni kamaytiradi va mijozlarni identifikatsiyadan o‘tishga rag‘batlantirgan.