Igamberdiev Sahobiddin Xatam o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat sektori subektlarida daromadlar hisobini takomillashtirish”, 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy taxlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4506. 
Ilmiy rahbar: Sindarov Sherzod Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat sektori subektlaridan biri sanalgan davlat oliy ta’lim tashkilotlarida daromadlari hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
daromadlarni shakllantirish bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomaning majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda tomonlar uchun vujudga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar, nizolarni hal etish tartibi hamda boshqa muhim shartlar nazarda tutilgan bo‘lib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar majburiyati bajarib borilishi asnosida tushgan tushumning xizmat ko‘rsatilgan qismi har oy oxirida daromad sifatida tan olib borish taklif etilgan;
oliy ta’lim tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasining daromadlar prognozini faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mol-mulkni boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan homiylik (beg‘araz) yordami berishdan, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan olingan daromadlar turlari bo‘yicha shakllantirish asoslangan;
oliy ta’lim tashkilotining hisob siyosatiga to‘lov-kontrakt mablag‘lari daromadlarini turlari bo‘yicha alohida hisobga oladigan 520 151 – “O‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari  bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520 152 – “Oshirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520 153 – “Davlat buyurtmasiga asosan to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520 154 – “Fanlardan akadem qarzdorlik uchun undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan;
oliy ta’lim tashkilotining hisob siyosatiga rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari daromadlarini turlari bo‘yicha alohida hisobga oladigan 520 311 - “Xo‘jalik shartnomasi asosida hisoblangan daromadlar”, 520 312 - “Bo‘sh turgan bino va inshootlarni ijaraga berish bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520 313 - “Asosiy vosita va tovar moddiy boyliklarni realizatsiya qilishdan  daromadlar”, 520 314 -“Homiylikdan olingan daromadlar”, 520 315 -“Tijorat banklariga qo‘yilgan mablag‘lardan olingan daromadlar” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat sektori subektlarida daromadlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
daromadlarni shakllantirish bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomaning majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda tomonlar uchun vujudga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar, nizolarni hal etish tartibi hamda boshqa muhim shartlar nazarda tutilgan bo‘lib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar majburiyati bajarib borilishi asnosida tushgan tushumning xizmat ko‘rsatilgan qismi har oy oxirida daromad sifatida tan olib borish taklifi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 10 iyundagi  03/12-1753-son ma’lumotnomasi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 12.05.2025 yildagi ma’lumotnomasi)da o‘z aksini topgan. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida daromadlarning hisobot davri davomida xarajatlar bilan bog‘liqlikda tan olinishi, daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi joriy buxgalteriya ma’lumotlarini to‘g‘ri shakllantirish, tuzib taqdim etilayotgan daromadlar va xarajatlarga oid hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda daromadlarni asossiz kamaytirishning oldini olish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasining daromadlar prognozini faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mol-mulkni boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan homiylik (beg‘araz) yordami berishdan, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan olingan daromadlar turlari bo‘yicha shakllantirish taklifi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 10 iyundagi  03/12-1753-son ma’lumotnomasi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 12.05.2025 yildagi ma’lumotnomasi)da o‘z aksini topgan. Natijada oliy ta’lim tashkilotlarida shakllantirilayotgan daromadlar va xarajatlar smetasining daromad qismi daromadlarining manbalar kesimidagi prognozi aniq bo‘lib,  vujudga keladigan hisob-kitoblar yuzasidan har bir daromad turlarining daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida buxgalteriya ma’lumotlarini shakllantirish va tahlil qilib borish  imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotining hisob siyosatiga to‘lov-kontrakt mablag‘lari daromadlarini turlari bo‘yicha alohida hisobga oladigan 520 151 – “O‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari  bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520 152 – “Oshirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520 153 – “Davlat buyurtmasiga asosan to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520 154 – “Fanlardan akadem qarzdorlik uchun undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar” ishchi schyotlarni kiritish taklifi  Samarqand iqtisodiyot va servis institutining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 10 iyundagi  03/12-1753-son ma’lumotnomasi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 12.05.2025 yildagi ma’lumotnomasi)da  o‘z aksini topgan. Natijada oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan shakllanayotgan daromadlar bilan vujudga keladigan hisob-kitoblar yuzasidan har bir daromad turlari to‘g‘risida analitik buxgalteriya ma’lumotlarini shakllantirish va tahlil qilib borish, pul mablag‘lari tushumlarining prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish, daromadlarning har bir turi bo‘yicha hisobini olib borish hamda o‘z vaqtida hisob-kitob qililinishini ta’minlash imkoniyati yaratilgan; 
oliy ta’lim tashkilotining hisob siyosatiga rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari daromadlarini turlari bo‘yicha alohida hisobga oladigan 520 311 - “Xo‘jalik shartnomasi asosida hisoblangan daromadlar”, 520 312 - “Bo‘sh turgan bino va inshootlarni ijaraga berish bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520 313 - “Asosiy vosita va tovar moddiy boyliklarni realizatsiya qilishdan  daromadlar”, 520 314 -“Homiylikdan olingan daromadlar”, 520 315 -“Tijorat banklariga qo‘yilgan mablag‘lardan olingan daromadlar” ishchi schyotlarni kiritish taklifi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 10 iyundagi  03/12-1753-son ma’lumotnomasi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 12.05.2025 yildagi ma’lumotnomasi)da o‘z aksini topgan. Natijada oliy ta’lim tashkilotlarida rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shakllanayotgan daromadlar bilan vujudga keladigan hisob-kitoblar yuzasidan har bir daromad turlari to‘g‘risida analitik buxgalteriya ma’lumotlarini shakllantirish va tahlil qilib borish, daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish, ularning har bir turi bo‘yicha hisobini olib borish hamda o‘z vaqtida hisob-kitob qililinishini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish