Sobirova Nilufar Bekpulat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Ekologik turizmni boshkarishla integratsion yondoshuvni takomillashtirish”, 08.00.13-Menejment, 08.00.17-Turizm va mexmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5587.
Ilmiy rahbari: Djurabaev Otabek Djurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor., Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ekologik turizmni boshqarishda integratsiyalashgan yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik turizmni boshqarishning integratsion yondashuviga ko‘ra tabiatni muhofaza qilish, turizm, transport, mahalliy hokimiyat, jamoatchilik va biznes manfaatlarini bir tizimga bog‘lab boshqarishni “Ekologik ma’rifat markazlari”ni tashkil etish orqali ta’minlash taklifi ishlab chiqilgan;
alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning ekologik barqarorligini hisoblash “ekologik barqarorlikning past darajasi” (Uekol < 0,3), “ekologik barqarorlikning o‘rtacha darajasi” (0,31 < Uekol < 0,7), “ekologik barqarorlikning yuqori darajasi” (0,71 < Uekol < 1) miqdoriy qiymatlarini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
mamlakatda ekologik turizmni integratsiyalashgan boshqarish samaradorligini baholash samaradorlik darajasini aniqlashda yakuniy baholashning qiymatiga ko‘ra “samarasiz” (0 – 2), “kam samarali” (2,1 – 3,0), “samarali” (3,1 – 4,5), “yuqori samarali” (4,51 – 5,0) shkalasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni, zararli moddalar chiqarish hajmi, turistik mahsulotni sotishdan tushadigan daromad, joylashtirish vositalari soni, tashkil etilgan va mustaqil sayyohlar sonini hisobga oluvchi panel ma’lumotlar modeli asosida ekologik turizmni rivojlantirishning 2030 - yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik turizmni boshqarishda integratsiyalashgan yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
ekologik turizmni boshqarishning integratsion yondashuviga ko‘ra tabiatni muhofaza qilish, turizm, transport, mahalliy hokimiyat, jamoatchilik va biznes manfaatlarini bir tizimga bog‘lab boshqarishni “Ekologik ma’rifat markazlari”ni tashkil etish orqali ta’minlash taklifi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-sentyabrdagi №03-10-17-9029-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ekologik turizm loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish sifatini oshirish, shuningdek, aholining jalb etilishi va tabiat bilan ongli o‘zaro ta’sir darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning ekologik barqarorligini hisoblash “ekologik barqarorlikning past darajasi” (Uekol < 0,3), “ekologik barqarorlikning o‘rtacha darajasi” (0,31 < Uekol < 0,7), “ekologik barqarorlikning yuqori darajasi” (0,71 < Uekol < 1) miqdoriy qiymatlarini tatbiq etish asosida takomillashtirish taklifi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-sentyabrdagi №03-10-17-9029-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida tabiiy hududlar holatini monitoring qilish jarayonini tizimlashtirish va ekologik turizm sohasida boshqaruv qarorlarining asoslanganligini oshirish imkoni yaratilib, metodikaning amaliy qo‘llanilishi Uekol o‘rtacha darajasining 0,46 dan 0,68 gacha o‘sishini ko‘rsatgan, bu o‘rtacha chidamlilik darajasidan yuqori darajaga o‘tishga mos keladi;
mamlakatda ekologik turizmni integratsiyalashgan boshqarish samaradorligini baholash samaradorlik darajasini aniqlashda yakuniy baholashning qiymatiga ko‘ra “samarasiz” (0 – 2), “kam samarali” (2,1 – 3,0), “samarali” (3,1 – 4,5), “yuqori samarali” (4,51 – 5,0) shkalasini ishlab chiqish asosida takomillashtirish Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-sentyabrdagi №03-10-17-9029-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv qarorlarini kompleks baholash, ekologik turizmni tashkil etishdagi kuchli va zaif tomonlarni aniqlash imkoni ta’minlanib, O‘zbekistonning bir qator turistik zonalarida metodikani qo‘llash natijasida ular faoliyatining umumiy samaradorligi 10-12% ga oshganligi qayd etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni, zararli moddalar chiqarish hajmi, turistik mahsulotni sotishdan tushadigan daromad, joylashtirish vositalari soni, tashkil etilgan va mustaqil sayyohlar sonini hisobga oluvchi panel ma’lumotlar modeli asosida ekologik turizmni rivojlantirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-sentyabrdagi №03-10-17-9029-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida sohani uzoq muddatli rivojlantirish ssenariylarini ishlab chiqish imkonini berib, ekologik turizmni rivojlantirishning mintaqaviy strategiyasini shakllantirish, tabiatni muhofaza qilish va turizm loyihalariga investisiyalarni jalb qilish uchun asos bo‘lgan.