Shirinov Sardorbek Avazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Buxoro xonligi (amirligi) davlat boshqaruvining siyosiy-huquqiy asoslari tarixi (XVI-XX asr boshlari)., 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.A.PhD/Tar 1722
Ilmiy rahbar: Berdiev Jamshid Panjievich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich; tarix fanlari doktori, professor Xoliqulov Ahmad Boymahmadovich. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Buxoro xonligi(amirligi) davlat boshqaruvining siyosiy-huquqiy asoslari tarixiga  oid ma’lumotlarni ijtimoiy-siyosiy jihatdan tadqiq etish orqali so‘nggi o‘rta asrlarda xonlikning davlatchilik tuzulmasida yuz bergan ma’muriy-huquqiy o‘zgarish jarayonlarini ilmiy tahlil etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Yozma manbalar va Qushbegi arxivi hujjatlaridan o‘rin olgan Buxoro xonligi(amirligi) davlat boshqaruvi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida XVI-XX asrlarda xonlikning davlat boshqaruvi va huquqiy tizimi ma’lum bir sharoitlar ya’ni, (“sharqiy huquq” va “musulmon huquqi”ning davlat boshqaruvi va ma’muriyatga ta’siri) hukmron sulolalarning mafkurasi bilan farqlanganligi siyosiy-huquqiy jihatdan dalillangan;
Buxoro xonligida (amirlik) sud va sud ishlari, hokimiyatning markazlashganligi va adolatni ta’minlashdagi ahamiyati hujjatlardagi huquqiy, xususan, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy huquq kabi ma’lumotlar asosida tahlil qilingan va xonlikda sudlar orqali davlat boshqaruvi bilan bog‘liq ijtimoiy, siyosiy va huquqiy natijalar aniqlangan;
XVI-XX asrlarda Buxoro xonligidagi (amirlik) diniy mansab va lavozim egalari (ulamo, shayx, muftiy, qozilar) faqat diniy hayotni emas, balki siyosat va huquq tizimini ham boshqarishda ishtirok etib, ularning diniy va siyosiy jarayonlar o‘rtasida muvozanatni saqlashga harakat qilganligi, davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar orqali o‘zbek davlatchiligining o‘rta asrlar davridagi diniy ulamolarning ijtimoiy – siyosiy hayotdagi o‘rni aniqlangan;  
Xonlikdagi muhim diniy lavozim egalari bo‘lgan shaxslarning (Shayx Xudoydod Valiy, Maxdumi A’zam Dahbediy, Qosim Shayx Azizon va Jo‘ybor xojalari) siyosiy ta’siri nafaqat Movarounnahr balki, Xuroson, Sharqiy Turkiston va Hindistongacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan bo‘lib, Ubaydullaxon, Abdulazizxon, Abdullaxon II, temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun va Kamron mirzolar kabi hukmdorlar ularning yordamiga doimo tayanib kelishganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yozma manbalar va Qushbegi arxivi hujjatlaridan o‘rin olgan Buxoro xonligi (amirligi) davlat boshqaruvi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida XVI-XX asrlarda xonlikning davlat boshqaruvi va huquqiy tizimi ma’lum bir sharoitlar ya’ni, (“sharqiy huquq” va “musulmon huquqi”ning davlat boshqaruvi va ma’muriyatga ta’siri) hukmron sulolalarning mafkurasi bilan farqlanganligi siyosiy-huquqiy jihatdan dalillanganligi O‘zbekiston respublikasi Madaniy meros agentligining ma’lumotnomasi bilan isbotlandi (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 18-avgustdagi 01-41 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yozma manbaalar va Qushbegi arxivi hujjatlaridan o‘rin olgan Buxoro xonligi (amirligi) davlat boshqaruvi haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlik kiritilib, Madaniy meros agentligi yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qildi.
Buxoro xonligida (amirligida) sud tizimi, sud amaliyoti, hokimiyatning markazlashuvi va adolat mezonlarining ta’minlanishi kabi masalalar, shu bilan birga, hujjatlarda yoritilgan huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar bilan bog‘liq ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Sudlar orqali davlat boshqaruvi bilan bog‘liq ijtimoiy, siyosiy va huquqiy natijalar aniqlanganda, hukm chiqarish jarayonlari va sud tizimining samaradorligi markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi, adolatning ta’minlanishi hamda davlatning ijtimoiy va siyosiy barqarorligini ta’minlashdagi muhim ahamiyatli ishlar haqida Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023 yil 18 avgustdagi 01-41 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro xonligi (amirligi) sud tizimi va sud hokimyatiga oid tushunchalarni o‘rganishga hissa qo‘shdi.
XVI–XX asrlarda Buxoro xonligi (amirligi)da diniy lavozim egalarining (ulamo, shayx, muftiy, qozilar) faqatgina diniy sohadagi emas, balki siyosiy va huquqiy tizimdagi faol ishtiroki kuzatilgan bo‘lib, ular diniy hamda siyosiy jarayonlar orasida muvozanatni saqlashga intilgan. Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar orqali o‘rta asrlar davridagi diniy ulamolarning o‘zbek davlatchiligi shakllanishidagi ijtimoiy-siyosiy roli aniqlanganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalida efirga uzatiladigan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 20 avgustdagi 01-44—174-son ma’lumotnomasi). Natijada Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar orqali o‘rta asrlar davridagi diniy ulamolarning o‘zbek davlatchiligi shakllanishidagi ijtimoiy-siyosiy roli aniqlanganligi haqidagi ma’lumotlar bilan ko‘rsatuv mazmunini yana ham boyitishga sabab bo‘ldi.
Xonlik (amirlik)dagi muhim diniy lavozim egalari bo‘lgan shaxslarning (Shayx Xudoydod Valiy, Maxdumi A’zam Dahbediy, Qosim Shayx Azizon va Jo‘ybor xojalari) siyosiy ta’siri nafaqat Movarounnahr balki, Xuroson, Sharqiy Turkiston va Hindistongacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan bo‘lib, Ubaydullaxon, Abdulazizxon, Abdullaxon II, temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun va Kamron mirzolar kabi hukmdorlar ularning yordamiga doimo tayanib kelishganligi dalillangan ma’lumotlar asosida “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalida efirga uzatiladigan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan( O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 20 avgustdagi 01-44—174-son ma’lumotnomasi). Natijada xonlik(amirlik)dagi muhim diniy lavozim egalari bo‘lgan shaxslarning (Shayx Xudoydod Valiy, Maxdumi A’zam Dahbediy, Qosim Shayx Azizon va Jo‘ybor xojalari) siyosiy ta’siri nafaqat Movarounnahr balki, Xuroson, Sharqiy Turkiston va Hindistongacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan bo‘lib, Ubaydullaxon, Abdulazizxon, Abdullaxon II, temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun va Kamron mirzolar kabi hukmdorlar ularning yordamiga doimo tayanib kelishganligi haqidagi ma’lumotlar bilan ko‘rsatuv mazmuni boyitilishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish