To‘xtamurotov Axmadali Muhammadali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri “Sanoat korxonalarida investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish. (To‘qimachilik sanoat korxonalari misolida)”, 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5305.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxtarov Maxmudjon Marifovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Nosirov Ilhom Abasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxsudov Sherzod Solijonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika unversiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘qimachilik sanoat korxonalarida investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalari asosiy ishlab chiqarish fondlarining investisiyalar hisobiga o‘sishi bilan mahsulot tannarxining ijobiy  o‘zgarishi o‘rtasidagi mutanosiblik asoslangan; 
sanoat korxonalariga jalb etilgan investisiyalar tarkibida xorijiy investisiyalar ulushining 10 - 15 foiz oralig‘idagi samarali darajasini ta’minlash hisobiga kapital qaytimini ijobiy o‘zgarishi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida mehnat unumdorligining investisiyalar bo‘yicha elastikligini baholash usullari (“o‘ta past” (0,01-0,05), “past” (0,05-0,09), “o‘rta” (0,1-02), “yuqori” (0,2-0,3)) darajalarga ko‘ra takomillashtirilgan;
Andijon viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining investisiya samaradorligi hisobiga o‘sishi 2026-2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sanoat korxonalarida investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining investisiyalar hisobiga o‘sishi bilan mahsulot tannarxining ijobiy o‘zgarishi o‘rtasidagi mutanosiblik asoslangan. Mazkur taklifdan Andijon viloyati iqtisodiyoti, tumanlari iqtisodiyoti kesimida hamda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan “Skorton tekstil” MChJ va “Saxovat Teks” MChJ, “Xait invest teks” MChJlar faoliyatida foydalanilgan. (“Skorton tekstil” MChJning 30.05.2025-yil kungi 53/25-sonli, “Saxovat Teks” MChJ 29.05.2025-yil kungi 52/25-sonli va “Xait invest teks” MChJ 29.05.2025-y N-16/25 sonli ma’lumotnomalari. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 26.06.2025-yil №03/25-1518 sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Skorton tekstil” MChJ bir birlik mahsulot tannarxi 20 foizga, “Saxovat Teks” MChJda 26 foizga “Xait invest teks” MChJda 14 foizga kamayganligi aniqlandi;
sanoat korxonalariga jalb etilgan investisiyalar tarkibida xorijiy investisiyalar ulushining 10 - 15 foiz oralig‘idagi samarali darajasini ta’minlash hisobiga kapital qaytimini ijobiy o‘zgarishi baholangan. Mazkur taklifdan Andijon viloyati iqtisodiyoti, tumanlari iqtisodiyoti kesimida hamda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan “Skorton tekstil” MChJ, “Saxovat Teks” MChJ va “Xait invest teks” MChJlar faoliyatida foydalanilgan. (“Skorton tekstil” MChJning 30.05.2025-yil kungi 53/25-sonli, “Saxovat Teks” MChJ 29.05.2025-yil kungi 52/25-sonli va “Xait invest teks” MChJ 29.05.2025-y N-16/25 sonli ma’lumotnomalari. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 26.06.2025-yil №03/25-1518 sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Skorton tekstil” MChJ  kapital qaytimi 6,8 koeffisientga, “Saxovat Teks” MChJda 6,9 koeffisientga yaxshilangani aniqlangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida mehnat unumdorligining investisiyalar bo‘yicha elastikligini baholash usullari  (“o‘ta past” (0,01-0,05), “past” (0,05-0,09), “o‘rta” (0,1-02), “yuqori” (0,2-0,3)) darajalarga ko‘ra takomillashtirilgan. Mazkur taklifdan Andijon viloyati iqtisodiyoti, tumanlari iqtisodiyoti kesimida hamda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan “Skorton tekstil” MChJ  va “Saxovat Teks” MChJ, “Xait invest teks” MChJlar faoliyatida foydalanilgan. (“Skorton tekstil” MChJning 30.05.2025-yil kungi 53/25-sonli, “Saxovat Teks” MChJ 29.05.2025-yil kungi 52/25-sonli va “Xait invest teks” MChJ 29.05.2025-y N-16/25 sonli ma’lumotnomalari. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 26.06.2025-yil №03/25-1518 sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Skorton tekstil” MChJda mehnat unumdorligini ortishida investisiyani ta’siri 0,021 koeffisientga teng bo‘lgan “Saxovat Teks” MChJda 0,012 teng bo‘lgan “Xait invest teks” MChJ 0,002 koeffisient bo‘lgan;
Andijon viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining investisiya samaradorligi hisobiga o‘sishi 2025-2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan “Saxovat teks” MChJ “Skorton teks”MChJ va “Xait invest teks” MChJlarda joriy etilgan. (“Skorton tekstil” MChJning 30.05.2025-yil kungi 53/25-sonli, “Saxovat Teks” MChJ 29.05.2025-yil kungi 52/25-sonli va “Xait invest teks” MChJ 29.05.2025-y N-16/25 sonli ma’lumotnomalari. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 26.06.2025-yil №03/25-1518 sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarning mahsulot hajimi 2030 - yilga qadar ekonometrik modellar yordamida prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish