Mo‘minova Dildora Dilshadovnaninng
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kimyo sanoati korxonalari faoliyatini rivojlantrishda marketing kommunikatsiya strategiyalaridan foydalanish”, 08.00.11 –Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5157.
Ilmiy rahbari: Akramov. Tohir Abdirahmanivich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot Unversiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Eshtaev Alisher Abduganievich Iqtisodiyot fanlari doktori, Ismailova Gulnora Fayzullaevna iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:kimyo sanoati korxonalari faoliyatini rivojlantirishda marketing kommunikatsiya strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo korxonalarning korporativ mijozlari uchun marketing kommunikatsiya strategiyalari savdolar hajmini oshirish, brend imiji jozibadorligi, mijozlar bilan munosabatlar, raqobatbardoshlik, xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlariga ko‘ra “zaif” (0 ≤ βz ≤ 0,29), “o‘rtacha va ahamiyatli” (0,30 ≤ βo‘a ≤ 0,40) hamda “yuqori” (0,50 ≤ βyu) ta’sirlarga ko‘ra samaradorlikni aniqlash orqali takomilashtirilgan;
kimyo sanoati korxonalarida doimiy mijozlar bilan ishlash hamda o‘zaro munosabatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan marketing kommunikatsiyalari dasturini “mijozlar sodiqligi indeksi”ni boshqaruv qarorlar tizimiga integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
kimyo sanoati korxonalari veb-saytlarining marketing kommunikatsiyalari samaradorligi indikatorlari “qidiruv tizimlariga muvofiqlik” vebometrika ko‘rsatkichini veb-saytlarini optimallashtirish va trafik imkoniyatlarini oshirish jihatidan baholashni kiritish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalarida “event-marketing” samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida marketing kommunikatsiyalarni rivojlantirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyo sanoati korxonalari faoliyatini rivojlantirishda marketing kommunikatsiya strategiyalaridan foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
kimyo korxonalarning korporativ mijozlari uchun marketing kommunikatsiya strategiyalari savdolar hajmini oshirish, brend imiji jozibadorligi, mijozlar bilan munosabatlar, raqobatbardoshlik, xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlariga ko‘ra “zaif” (0≤βz ≤0,29), “o‘rtacha va ahamiyatli” (0,30≤βo‘a≤0,40) hamda “yuqori” (0,50≤βyu) ta’sirlarga ko‘ra samaradorlikni aniqlash orqali takomillashtirish taklifidan “Maxam-Chirchik” AJ faoliyatlarida foydalanilgan (“Maxam-Chirchik” AJning 2025-yil 27-maydagi 36/176-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish orqali “Maxam-Chirchik” AJning 2023-yilga nisbatan korporativ mijozlar bilan tuzilgan shartnomalari 2024-yilda 4,8 foizga oshirishga erishilgan;
kimyo sanoati korxonalarida doimiy mijozlar bilan ishlash hamda o‘zaro munosabatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan marketing kommunikatsiyalari dasturini “mijozlar sodiqligi indeksi”ni boshqaruv qarorlar tizimiga integratsiya qilish orqali takomillashtirish taklifidan “Maxam-Chirchik” AJ faoliyatida foydalanilgan (“Maxam-Chirchik” AJning 2025-yil 27-maydagi 36/176- son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida kimyo sanoati korxonalarida doimiy mijozlar bilan ishlash tizimida hamda ular bilan o‘zaro munosabatlar samaradorligini oshirishga hamda korporativ imij yaratishga yoʻnaltirilgan strategik yoʻnalishlar belgilash imkoni yaratilgan;
kimyo sanoati korxonalari veb-saytlarining marketing kommunikatsiyalari samaradorligi indikatorlari “qidiruv tizimlariga muvofiqlik” vebometrika ko‘rsatkichini veb-saytlarini optimallashtirish va trafik imkoniyatlarini oshirish jihatidan baholashni kiritish asosida takomillashtirish taklifi “Maxam-Chirchik” AJning rasmiy veb-saytlarini takomillashtirishda foydalanilgan (“Maxam-Chirchik” AJning 2025-yil 27-maydagi 36/176- son ma’lumotnomasi). Maxkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish orqali korxonalarning veb-saytlari mijozlar uchun qulaylashtirilgan va oylik trafiklar hajmini o‘rtacha 8,5 foizdan oshirishga erishilgan;
O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalarida “event-marketing” samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida marketing kommunikatsiyalarni rivojlantirishning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Maxam-Chirchik” AJning faoliyatida foydalanilgan (“Maxam-Chirchik” AJning 2025-yil 27-maydagi 36/176-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kimyo korxonalarining ko‘rgazma va yarmarkalardagi ishtiroki, mahsulot taqdimotlari, o‘tkaziladigan seminarlar, konferensiyalar va boshqa marketing tadbirlari yordamida marketing kommunikatsiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari baholangan.