Xodjaeva Shodiyabonu Abitdjanovnaning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim muassasalari marketing xizmati metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”, 08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.4.DSc/Iqt610.
Ilmiy maslahatchi: Nurimbetov ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Kasimova Fotima Tulqunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim muassasalarida marketing boshqaruvi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasalarida marketing boshqaruvi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim xizmatlari bozorida raqobat ustunligini ta’minlash va talabni boshqarishga qaratilgan strategik boshqaruv tizimi resurslar samaradorligini va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydigan innovatsion iqtisodiy mexanizm sifatida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari faoliyatini markazlashgan holda qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’limni boshqarish tizimi tarkibida “Oliy ta’limda marketing va brending” tuzilmasini tashkil etish asosida universitetlarining xalqaro imijini shakllantirish, ta’lim bozorlarini diversifikatsiya qilish va xorijiy talabalarni jalb qilishni oshirish taklifi ishlab chiqilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida marketing xizmatlarini innovatsion echimlar asosida boshqarish va bozordagi pozisiyasini tahlil qilish Markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali marketing ma’lumotlarini prognozlash, raqobat tahlili, ta’lim xizmatlari indeksini hisoblash asosida muassasa moliyaviy barqarorligini oshirish, marketing xarajatlar samaradorligini optimallashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida marketing faoliyati samaradorligini ilmiy baholash maqsadida har bir universitet uchun 0 dan 1 gacha baholash shkalasini o‘z ichiga olgan “Marketing Management Performance Index - MMPI” uslubi doirasida talabani jalb qilish samaradorligi (0,3), brend nufuzi va ijtimoiy kommunikatsiyalar (0,25), talaba qoniqish darajasi (0,25), marketing xarajatlari samaradorligi (0,20) ko‘rsatkichlarini qo‘llash orqali marketing samaradorligini oshirish asoslangan; 
O‘zbekistonda raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishidagi talabalar soni, kadrlar salohiyati va marketing parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni inobatga olgan holda 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun ularning transformatsiyasiga doir prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim muassasalari marketingini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasalarida marketing boshqaruvi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim xizmatlari bozorida raqobat ustunligini ta’minlash va talabni boshqarishga qaratilgan strategik boshqaruv tizimi resurslar samaradorligini va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydigan innovatsion iqtisodiy mexanizm sifatida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Biznes boshqaruvi» darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi № 136 – sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida talabalarda raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim muassasalarida talabalarning marketing boshqaruvini takomillashtirishga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan; 
oliy ta’lim muassasalari faoliyatini markazlashgan holda qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’limni boshqarish tizimi tarkibida “Oliy ta’limda marketing va brending” tuzilmasini tashkil etish asosida universitetlarining xalqaro imijini shakllantirish, ta’lim bozorlarini diversifikatsiya qilish va xorijiy talabalarni jalb qilishni oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi №02/01-01-344- sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida universitetlar o‘rtasidagi marketing kommunikatsiyalarining uyg‘unligi oshib, bozor ehtiyojlariga yo‘naltirilgan mintaqaviy ta’lim dasturlarining ulushi ortishga imkon yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida marketing xizmatlarini innovatsion echimlar asosida boshqarish va bozordagi pozisiyasini tahlil qilish Markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali marketing ma’lumotlarini prognozlash, raqobat tahlili, ta’lim xizmatlari indeksini hisoblash asosida muassasa moliyaviy barqarorligini oshirish, marketing xarajatlar samaradorligini optimallashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi №02/01-01-344-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamli ta’lim mahsulotlari va servislarining kompleks qo‘llanilishi hisobiga sinergetik effekt ta’minlanib, ta’lim jarayonining shaxsiylashtirish darajasini oshirishga, talabalarning ishtirokchilik ko‘rsatkichlarini ko‘paytirishga hamda ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida marketing faoliyati samaradorligini ilmiy baholash maqsadida har bir universitet uchun 0 dan 1 gacha baholash shkalasini o‘z ichiga olgan “Marketing Management Performance Index - MMPI” uslubi doirasida talabani jalb qilish samaradorligi (0,3), brend nufuzi va ijtimoiy kommunikatsiyalar (0,25), talaba qoniqish darajasi (0,25), marketing xarajatlari samaradorligi (0,20) ko‘rsatkichlarini qo‘llash orqali marketing samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi №02/01-01-344-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kommunikatsion va boshqaruv jarayonlarining raqamli transformatsiyasi ta’minlanib, abiturientlarni jalb etish jarayonida targeting aniqligini oshirishga, marketing kampaniyalarining konversiya darajasini ko‘paytirishga hamda raqamli kanallar orqali talabalardan olinadigan teskari aloqaning chuqurlashuviga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishidagi talabalar soni, kadrlar salohiyati va marketing parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni inobatga olgan holda 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun ularning transformatsiyasiga doir ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi №02/01-01-344-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalar kontingentini rivojlantirish, akademik kadrlar rejalashtirish hamda raqamli marketing strategiyalarini belgilash bo‘yicha aniq maqsadli yo‘nalishlarni shakllantirish asosida boshqaruv qarorlarining aniqligini oshirish va oliy ta’lim muassasasi siyosatini ta’limga bo‘lgan talab dinamikasiga moslashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish