Mamatraimov Islom Mamanazarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tikuv trikotaj korxonalarida strategik menejmentni takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  
Ilmiy rahbari: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobur Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ismailova Gulnora Fayzullaevna, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuv-trikotaj korxonalarida strategik menejment tizimini takomillashtirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan holda strategik rejalashtirish, tashqi va ichki muhit tahlili, innovatsion boshqaruv yondashuvlarini chuqur o‘rganish orqali ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “strategik menejment” tushunchasi yashil iqtisodiyot ustuvorligiga asoslangan korxonaning uzoq muddatli maqsadlariga ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muvozanatni saqlagan holda erishish uchun resurslardan samarali foydalanish, tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarni kompleks tahlil qilish, barqarorlik tamoyillari asosida strategiyalar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va monitoring qilishga yo‘naltirilgan ekologik menejment integratsiyasiga asoslangan tizimli boshqaruv jarayoni sifatida takomillashtirilgan;
boshqaruvning zamonaviy usullari tasnifidan kelib chiqqan holda korxonalarning bozorga moslashuvchanligiga erishishning “agile menejment texnologiyasi” asosida tikuv trikotaj korxonalarida boshqaruv strategiyasini takomillashtirish taklifi asoslangan; 
tikuv trikotaj korxonalarida strategik menejmentni baholash poliindekslari asosida menejment holatini “etuk” (x>4,5), “rivojlangan” (3,5 “rivojlanayotgan” (2,5 “paydo bo‘layotgan” (x<1,5) mezon qiymatlarida guruhlash orqali tabaqalashgan yondashuv taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda strategik menejmentning tikuv trikotaj korxonalari faoliyatiga ta’sirining ko‘p omilli korrelyasion modellari asosida soha rivojlanishining 2030 yilgacha bo‘lgan davrga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “strategik menejment” tushunchasi yashil iqtisodiyot ustuvorligiga asoslangan korxonaning uzoq muddatli maqsadlariga ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muvozanatni saqlagan holda erishish uchun resurslardan samarali foydalanish, tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarni kompleks tahlil qilish, barqarorlik tamoyillari asosida strategiyalar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va monitoring qilishga yo‘naltirilgan ekologik menejment integratsiyasiga asoslangan tizimli boshqaruv jarayoni sifatida takomillashtirilgan, undan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Ekologik menejment” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025 – yil 22-oktyabrdagi 422-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari va bo‘lg‘usi mutaxassislarda raqamli transformatsiya davrida boshqaruvning ekologiyaga ta’sirini tahlil qilish, strategic menejmentni ishlab chiqishda nazariy hamda amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirishga yangi bilimlar va ko‘nikmalarning shakllanishiga imkon yaratilgan.
boshqaruvning zamonaviy usullari tasnifidan kelib chiqqan holda korxonalarning bozorga moslashuvchanligiga erishishning “agile menejment texnologiyasi” asosida tikuv trikotaj korxonalarida boshqaruv strategiyasini takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalari faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 3 noyabrdagi № 02/06-2605 ma’lumotnomasi). Natijada “agile menejment texnologiyasi” asosida tikuv-trikotaj korxonalarida boshqaruv strategiyasini takomillashtirish orqali buyurtmalarni bajarish muddati o‘rtacha 20–30% ga qisqaradi, ishlab chiqarish tannarxi 10–15% ga kamayadi va bozordagi moslashuvchanlik darajasi 25–35% ga oshib, umumiy daromadlilik ko‘rsatkichi 18–22% gacha yaxshilanishi ta’minlangan; 
tikuv trikotaj korxonalarida strategik menejmentni baholash poliindekslari asosida menejment holatini “etuk” (x>4,5), “rivojlangan” (3,5 “rivojlanayotgan” (2,5 “paydo bo‘layotgan” (x<1,5) mezon qiymatlarida guruhlash orqali tabaqalashgan yondashuv taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalari faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 3 noyabrdagi № 02/06-2605 ma’lumotnomasi). Natijada tikuv-trikotaj korxonalarida resurslarni to‘g‘ri yo‘naltirish, boshqaruv qarorlarining aniqligini 30–40% ga oshirish, samaradorlik ko‘rsatkichlarini 20% gacha yaxshilash va rivojlanish sur’atlarini 15–18% ga tezlashtirish imkoniyati yuzaga keladi. 
O‘zbekistonda strategik menejmentning tikuv trikotaj korxonalari faoliyatiga ta’sirining ko‘p omilli korrelyasion modellari asosida soha rivojlanishining 2030 yilgacha bo‘lgan davrga prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 3 noyabrdagi № 02/06-2605 ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi “Toshbuloq-TEKS”, “Yanteks” va “Hamza Expo Art Tekstil” MChJ korxonalarida iqtisodiy o‘sish dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarning strategik boshqaruvi bilan bog‘liqligini ekonometrik modellashtirish asosida 2030 yilga qadar mahsulot ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini yanada aniqlashtirish va muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish