Hamroev Shaxzod Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elka ikki boshli mushagi uzun payi jaroxatlarini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6078.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan mujassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Fayzulla Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Kadirov Iftixor Muradjonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Elka ikki boshli mushagi uzun boshi payi jaroxatini tashxislash va davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elka ikki boshli mushagi uzun payi uzilishlari diagnostikasi va ularni davolash taktikasi optimallashtirilgan, bunda har bir bemorga individual yondashuv asosida artroskopik davolash usulini qo‘llash imkoniyati isbotlangan;
elka ikki boshli mushagi uzun payi jaroxatlarida tirsak bo‘g‘imini 1600ga bukib, supinatsiya xolatida MRT o‘tkazish orqali diagnostika usuli takomillashtirilgan, bunda payni maksimal taranglashtirish yordamida uning kontrastliligini oshirish imkoniyati isbotlangan, natijada qisman va to‘liq uzilishlar, tendinopatiyalar hamda pay nostabilligi belgilarini yaqqol tashxislashga erishilgan;
elka ikki boshli mushagining uzun payini artroskopik usulda tiklash uchun artroskopning grasperi yordamida pay futlyariga tushish va payni anatomik egatiga ko‘tarish xamda, ko‘ndalang 4ta transossal choklar yordamida fiksatsiya qilish maqsadga muvofiqligi isbotlangan, bunday kaminvaziv davolash usulidan so‘ng bajariladigan reabilitatsiya muolajalari, elka va tirsak bo‘g‘imlarida xarakat amplitudasining oshishiga, ikki boshli mushak va uning payi to‘liq tiklanishiga olib kelishi asoslangan;
elka ikki boshli mushagining uzun payini artroskopik texnika yordamida optimallashtirilgan fiksatsiya usulini qo‘llash erta reabilitatsiya boshlash imkonini berishi, qo‘l faoliyatining to‘liq tiklanishiga erishilishi va bemorning asosiy xayot tarziga qaytish imkoniyati mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025--yil 04-noyabrdagi 28-sonli xulosasiga ko‘ra, ilmiy ishlanmani boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida:
birinchi ilmiy yangilik: elka ikki boshli mushagi uzun payi uzilishlari diagnostikasi va ularni davolash taktikasi optimallashtirilgan, bunda har bir bemorga individual yondashuv asosida artroskopik davolash usulini qo‘llash imkoniyati isbotlangan. Ishlab chiqilgan algoritm klinik tekshiruvlar, ul`tratovush, magnit-rezonans tomografiya, elektroneyromiografiya va funksional testlar ma’lumotlarini birlashtirish orqali elka ikki boshli mushagi uzun payi uzilishlarini aniqlash samaradorligini oshirdi. Algoritm klinik belgilar xamda instrumental ko‘rsatkichlarni kompleks tahlil qilishga asoslangani bois, differensial tashxisda noaniqlikni kamaytirdi. Algoritm asosida uzilish turini (to‘liq yoki qisman), lokalizatsiyasini, hamroh patologik o‘zgarishlarini aniqlash imkoni paydo bo‘lib, tenodez usulini tanlashda bemorning personal ko‘rsatkichlari va xamrox patologiyalari holati inobatga olindi. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (2025 yil 19 may, 88-son) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga (2025 yil 8 may, 65-son) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy tadqiqotning ijtimoiy samaradorligi: algoritm yordamida bemorlarga individual yondashuv va davolash standarti ishlab chiqilishi natijasida reabilitatsiya muddatlari qisqardi, bemorlarning kundalik turmush va mehnat faoliyatiga tezroq qaytishi ta’minlandi. Shu bilan birga, operatsiyadan keyingi asoratlar (qayta uzilish, kontraktura) holatlari sezilarli darajada kamaydi. Bemorlarning turmush sifatini oshirish orqali ijtimoiy faolligi, kasbga mosligi va jismoniy qobiliyati saqlab qolindi. Ilmiy tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi: Yangi algoritm orqali ortiqcha instrumental tekshiruvlar soni kamaydi, noto‘g‘ri tanlangan operatsiya turi bilan bog‘liq qayta davolash holatlari oldi olindi. Bu esa har bir bemor hisobiga o‘rtacha 1 200 000 – 1 500 000 so‘m miqdorida iqtisodiy samara berdi. Shu bilan birga, tezkor reabilitatsiya va mehnat faoliyatiga qaytish ish qobiliyatini tiklab, mamlakat iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha foyda keltirdi. Xulosa: Ishlab chiqilgan «Elka ikki boshli mushagi uzun payi uzilishlarini diagnostika va davolash» algoritmi yuqori aniqlikda tashxis qo‘yish, har bir bemorga individual yondashuv va optimal jarrohlik taktikasi tanlash imkonini berdi. Bu bemorlarda asoratlar sonini kamaytirdi, reabilitatsiya jarayonini tezlashtirdi va iqtisodiy samaradorlikni ta’minladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: elka ikki boshli mushagi uzun payi jaroxatlarida tirsak bo‘g‘imini 1600ga bukib, supinatsiya xolatida MRT o‘tkazish orqali diagnostika usuli takomillashtirilgan, bunda payni maksimal taranglashtirish yordamida uning kontrastliligini oshirish imkoniyati isbotlangan, natijada qisman va to‘liq uzilishlar, tendinopatiyalar hamda pay nostabilligi belgilarini yaqqol tashxislashga erishilgan. Usul pay tuzilmalarining anatomik holati, tenosinovial bo‘shliq, intertuberkulyar joylashish va qo‘shimcha jaroxatlar (rotator manjet va labrum bilan bog‘liq holatlar) ni kompleks baholash imkonini berdi. MRT metodikasi jaroxatning klinik va artroskopik natijalar bilan korrelyasiyasini ilmiy jihatdan asoslab, pay uzilishining erta bosqichlarini ham aniqlash imkonini yaratdi. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (2025 yil 19 may, 88-son) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga (2025 yil 8 may, 65-son) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy tadqiqotning ijtimoiy samaradorligi: to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkoniyati ortib, bemorlarda noto‘g‘ri tashxis va asoratlar ulushi kamaydi. Bemorlar tezkor va maqsadli davo olish imkoniyatiga ega bo‘lib, reabilitatsiya muddatlari qisqardi. Ilmiy tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan MRT protokoli orqali ortiqcha tekshiruvlar (qayta MRT, KT yoki diagnostik artroskopiya) soni sezilarli kamayib, har bir bemor hisobiga taxminan 1,2–1,5 mln so‘mgacha ortiqcha xarajatlar oldi olinadi. Bu sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham, bemorning shaxsiy byudjeti uchun ham iqtisodiy tejamkorlik ta’minlanadi. Xulosa: taklif etilgan MRT protokoli uzilishlarni aniqlashda yuqori aniqlik va ishonchlilik berdi. Bu usulning joriy etilishi tashxis samaradorligini oshirib, ortiqcha xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: elka ikki boshli mushagining uzun payini artroskopik usulda tiklash uchun artroskopning grasperi yordamida pay futlyariga tushiladi, payni anatomik egatiga ko‘tarilib, ko‘ndalang 4ta transossal choklar yordamida fiksatsiya qilish maqsadga muvofiqligi isbotlangan, bunday kaminvaziv davolash usulidan so‘ng bajariladigan reabilitatsiya muolajalari, elka va tirsak bo‘g‘imlarida xarakat amplitudasining oshishiga, ikki boshli mushak va uning payi to‘liq tiklanishiga, olib kelishi asoslangan. Tadqiqot natijasida paydagi biomexanik bosim teng taqsimlangani, chok uzilish xavfi kamaygani isbotlandi. Bu usul orqali an’anaviy chokli fiksatsiyada kuzatiladigan pay nostabilligi holatlari 68 % ga kamaydi.Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (2025 yil 19 may, 89-son) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga (2025 yil 8 may, 64-son) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy tadqiqotning ijtimoiy samaradorligi: artroskopik usul orqali bemorlarda operatsiyadan keyingi og‘riq va reabilitatsiya vaqti ancha qisqaradi. Bu ularning kundalik hayotga va mehnat faoliyatiga tezroq qaytishiga yordam beradi. Eng muhimi, kosmetik nuqtai nazardan ham kichik kesmalar qolishi bemorning psixo-emotsional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi: operatsiya vaqti qisqarishi, statsionarda yotish muddati 2 kunga kamayishi va kamroq dori vositalari sarfi orqali davlat va bemor xarajatlari tejaldi. Har bir bemor uchun o‘rtacha 2–2,5 mln so‘mgacha ortiqcha xarajatlarning oldi olinadi. Xulosa: artroskopik 4-chokli transossal fiksatsiya usuli payning anatomik tiklanishini, yuqori barqarorlik va tez shifolanishni ta’minladi. Bu usul kaminvazivligi va iqtisodiy foydasi bilan amaliy jarrohlikda samarali ekani isbotlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: elka ikki boshli mushagining uzun payini artroskopik texnika yordamida optimallashtirilgan fiksatsiya usulini qo‘llash erta reabilitatsiya boshlash imkonini berishi, qo‘l faoliyatining to‘liq tiklanishiga erishilishi va bemorning asosiy xayot tarziga qaytish imkoniyati mavjudligi isbotlangan. Operatsiyadan keyin 3-kundan passiv, 10-kundan faol harakatlar boshlanishi belgilandi. Natijada funksional tiklanish standart usulga nisbatan 1,5 marta tezlashdi. Tadqiqot natijalarida erta faollashtirilgan guruhda elka bo‘g‘imi fleksiya amplitudasi 4 haftada 75 %, 6 haftada 90 % ga etdi, an’anaviy usulda esa bu ko‘rsatkich 60 % dan oshmadi. Bu pay va mushak trofikasining saqlanishiga, kontraktura va atrofiya holatlarining oldini olishga yordam berdi. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (2025 yil 19 may, 89-son) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga (2025 yil 8 may, 64-son) amaliyotga joriy etildi. Ilmiy tadqiqotning ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning kundalik hayotga va mehnat faoliyatiga erta qaytishi, shu bilan birga sport bilan shug‘ullanuvchi aholida professional faoliyatni qayta davom ettirish imkoniyati ta’minlandi. Bu aholining ish qobiliyati saqlanishini, uzoq muddatli mayiblik holatlarini kamayishini ta’minlaydi. Ilmiy tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi: Reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli davolashning umumiy sikli 25 % ga kamaydi. Har bir bemor hisobiga o‘rtacha 1 500 000 – 1 800 000 so‘m iqtisodiy samara keltirdi. Kasbiy faoliyatga erta qaytish natijasida ish qobiliyati saqlanib, mamlakat iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha foyda yaratildi. Xulosa: Elka ikki boshli mushagi uzun payi jarohatlaridan keyingi optimallashtirilgan erta reabilitatsiya protokoli funksional natijalarni yaxshilab, harakat faolligini tez tikladi va asoratlar sonini kamaytirdi. Bu usulning amaliy tadbiqi orqali ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi yuqori ekanligi isbotlangan.