Tursunova Dilobar Erkin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dislipidemiyalarning medikamentoz va nomedikamentoz profilaktikasi samaradorligini qiyosiy baholash» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/Tib4054.
Ilmiy rahbar: Badritdinova Matluba Najmidinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Nurboev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bemorlarda lipid almashinuvi buzilishlarining xususiyatlarini o‘rganish va prospektiv kuzatuv natijalari asosida dislipidemiyalar profilaktikasini optimallashtirish algoritmini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dislipidemiyalar va uning metabolik determinantlarini kompleks baholash asosida lipid almashinuvi buzilishlarining aterogen turini shakllantiruvchi past zichlikdagi lipoproteidlar, trigliseridlarning yuqori darajalari va abdominal hamda umumiy semizlik o‘rtasida statistik ishonchli uzviylik mavjudligi, visseral yog‘ to‘planishining aterogen dislipidemiyalar rivojlanishi bilan patogenetik bog‘liqligi isbotlangan;
aterogen dislipidemiya va prediabet o‘rtasida to‘g‘ri kuchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan bo‘lib, ushbu holat umumiy metabolik va patogenetik mexanizmlar ishtirokida aterogen dislipidemiyaning prediabet uchun integratsiyalashgan klinik-biokimyoviy marker ekanligi isbotlangan;
jigar biokimyoviy fermentlari ko‘rsatkichlari klinik me’yor doirasida saqlangan holda de Ritis koeffisientining pasayishi dislipidemiyalarni hamda jigar yog‘li distrofiyalarini baholashda muhim diagnostik mezon sifatidagi ahamiyati isbotlangan;
uzum danagi moyining dislipidemiyaga va qora sarimsoqpiyozning prediabetga qarshi ta’sirining ustunligi asosida noan’anaviy davoning samaradorligi o‘rganilgan, ularning an’anaviy usul bilan birgalikda qo‘llanilishi orqali dislipidemiyalarni oldini olish va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dislipidemiyalarning medikamentoz va nomedikamentoz profilaktikasi samaradorligini qiyosiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan:
birinchi ilmiy yangilik. dislipidemiyalar va uning metabolik determinantlarini kompleks baholash asosida lipid almashinuvi buzilishlarining aterogen turini shakllantiruvchi past zichlikdagi lipoproteidlar, trigliseridlarning yuqori darajalari va abdominal hamda umumiy semizlik o‘rtasida statistik ishonchli uzviylik mavjudligi, visseral yog‘ to‘planishining aterogen dislipidemiyalar rivojlanishi bilan patogenetik bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha «Dislipidemiyalarning nomedikamentoz va medikamentoz profilaktika usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 30 noyabrdagi 24-m/012-son xulosasi). Mazkur tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (2025 yil 8 yanvardagi 214-2-208-TV/205-sonli buyruq) va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yildagi 01/15-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dislipidemiyalar, xususan aterogen dislipidemiyalar komponentlarini erta aniqlash va samarali bartaraf qilinishi orqali bemorlarning og‘ir asoratlar hisobiga kasalxonaga tushish ehtimoli 20% dan 30% gacha kamayishiga erishiladi. Iqtisodiy samaradorlik: medikamentoz va nomedikamentoz profilaktik chora – tadbirlarni erta va samarali amalga oshirishda ishlab chiqilgan algoritmning qo‘llanishi, aterogen dislipidemiyalarning oqibatlarini davolash uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larini har bir bemor uchun 550000 ming, umumiy hisobda 2820000 so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishildi. Xulosa. Dislipidemiyalar va uning metabolik determinantlarini kompleks baholash asosida lipid almashinuvi buzilishlarining aterogen turini shakllantiruvchi lipoproteidlar, visseral yog‘ to‘planishining aterogen dislipidemiyalar rivojlanishi bilan patogenetik bog‘liqligi isbotlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik. aterogen dislipidemiya va prediabet o‘rtasida to‘g‘ri kuchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan bo‘lib, ushbu holat umumiy metabolik va patogenetik mexanizmlar ishtirokida aterogen dislipidemiyaning prediabet uchun integratsiyalashgan klinik-biokimyoviy marker ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha «Dislipidemiyalarning nomedikamentoz va medikamentoz profilaktika usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 30 noyabrdagi 24-m/012-son xulosasi). Mazkur tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (2025 yil 8 yanvardagi 214-2-208-TV/205-sonli buyruq) va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yildagi 01/15-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, lipid almashinuvi buzilishlarida lipidlar darajasini medikamentoz va nomedikamentoz profilaktikasini optimallashtirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir qon-tomir hodisalari darajasini pasaytirish, asoratlar holatini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: lipid almashinuvi buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlab, tekshiruv xarajatlari hisoblanganda, donozologik tashxisot uchun sarfni 60% ga, farmakoterapiya samaradorligini oshirish uchun xarajatlarni 75% dan 55% gacha va standartlardan chetga chiqib buyuriladigan davolardan bo‘ladigan xarajatlarni 220000 ming so‘mgacha tejash imkonini beradi, bemorlarda ikki turdagi profilaktikaning birgalikda qo‘llanilishi natijasida tejab qolinadigan mablag‘ 1820000 mln. so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa. Dislipidemiyalarning profilaktikasi holati tahlilida, bemorlarda gipolipidemik vositalarning etarlicha tayinlanmasligi va jami bemorlarning har uchinchisida profilaktika samaradorligining adekvat qiyosiyi olib borilmaganligi aniqlangan va ularning adekvat korreksiyasi amaga oshirilgan.
uchinchi ilmiy yangilik. jigar biokimyoviy fermentlari ko‘rsatkichlari klinik me’yor doirasida saqlangan holda de Ritis koeffisientining pasayishi dislipidemiyalarni hamda jigar yog‘li distrofiyalarini baholashda muhim diagnostik mezon sifatidagi ahamiyati isbotlanganganligi bo‘yicha «Dislipidemiyalarning nomedikamentoz va medikamentoz profilaktika usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 30 noyabrdagi 24-m/012-son xulosasi). Mazkur tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (2025 yil 8 yanvardagi 214-2-208-TV/205-sonli buyruq) va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yildagi 01/15-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dislipidemiya va jigar yog‘li distrofiyasini erta aniqlash orqali tibbiy xarajatlar kamayadi, ya’ni de Ritis nisbatini aniqlash oddiy, arzon va laboratoriyalashtirilgan usul bo‘lib, instrumental tekshiruvlarga (UZI, KT, biopsiya) bo‘lgan ehtiyojni qisman 20–30% ga kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik: Dislipidemiya va jigar yog‘li distrofiyasining og‘ir bosqichlarini davolash xarajatlari 2–3 baravarga kamayadi. Og‘ir bosqichdagi davolash shifoxona xarajatlarini har 1 bemorga o‘rtacha 3535000 mln so‘mga iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa. De Ritis nisbatidan foydalanish yuqori qiymatli instrumental tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, davolash jarayoni bilan bog‘liq katta moliyaviy sarflarni sezilarli darajada pasaytiradi va qo‘shimcha byudjet xarajatlarini talab etmaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. uzum danagi moyining dislipidemiyaga va qora sarimsoqpiyozning prediabetga qarshi ta’sirining ustunligi asosida noan’anaviy davoning samaradorligi o‘rganilgan, ularning an’anaviy usul bilan birgalikda qo‘llanilishi orqali dislipidemiyalarni oldini olish va davolash algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha «Dislipidemiyalarning nomedikamentoz va medikamentoz profilaktika usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 30 noyabrdagi 24-m/012-son xulosasi). Mazkur tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (2025 yil 8 yanvardagi 214-2-208-TV/205-sonli buyruq) va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yildagi 01/15-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik Kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uzum danagi moyi va qora sarimsoqpiyoz asosida ishlab chiqilgan noan’anaviy davolash algoritmining joriy etilishi aholi salomatligi uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Yurak-qon tomir kasalliklari xavfining 73% ga kamayishi aholining umumiy hayot sifati va umr davomiyligining oshishiga olib keladi. Dislipidemiya va prediabetni erta bartaraf etish og‘ir asoratlarning (insul`t, infarkt, ateroskleroz) kamayishiga xizmat qiladi, bu esa jamiyatda nogironlik darajasini kamaytiradi. An’anaviy usullar bilan uyg‘unlashgan algoritm tibbiyot xodimlarining klinik qaror qabul qilish samaradorligini yaxshilaydi va davolash sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik: tadqiqot natijalari asosida yaratilgan profilaktik va davolash algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrini qisqartirish hamda og‘ir yurak-qon tomir xavfini kamaytirish hisobiga byudjetdan tashqari 695248 so‘m miqdordagi xarajat iqtisodiy samaradorlikga erishilgan. Xulosa. Dislipidemiyali bemorlarda yurak qon-tomir tizimi kasalliklari va ateroskleroz xavfini bartaraf etish yuzasidan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan algoritm dislipidemiya bo‘lgan bemorlarda profilaktika va davolash xususida individual yondashuvni ishlab chiqish imkonini bergan.