Raxmonqulova Nargiza G‘ofurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental o‘tkir buyrak zararlanishida homiladorlik davridagi jigarning morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi», 14.00.02 – Morfologiya va 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5794.
Ilmiy rahbarlar: Xasanova Dilnoza Axrarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; To‘qsanova Dilbar Ismatovna, fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Ivanova Oksana Yur`evna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi o‘tkir buyrak etishmovchiligi fonida jigarda yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni oq zotsiz homilador kalamushlarda o‘tkazilgan eksperimental tekshiruvlar asosida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eksperimental buyrak zararlanishida intakt oq zotsiz kalamush jigarining morfometrik ko‘rsatkichlari o‘rganilganda gepatotsitlarning o‘lchami kattalashganligi, buning natijasida yadrolar va sitoplazma hajmining kengayganligi, portal vena diametri va arteriyalar o‘lchami oshganligi isbotlangan;
oq zotsiz kalamushlar jigarining eksperimental o‘tkir buyrak zararlanishlari fonida kechayotgan homiladorlikka bog‘liq o‘zgarishlar ya’ni kompensator jarayon yuzaga kelishi oqibatida jigar hujayralari o‘rnida yog‘ tomchilarining yig‘ilishi va tarqalishi namoyon bo‘lgani aniqlangan;
homilador oq zotsiz kalamushlar jigarining eksperimental o‘tkir buyrak zararlanishida Jo‘yzar suvi davo maqsadida qo‘llanilgandan keyin, eksperiment guruhida jigar morfometrik ko‘rsatkichlariga nisbatan me’yoriy holatga yaqinlashganligi isbotlangan;
ilk bor homiladorlik patologiyalari asosida ayollarda yuzaga kelgan buyrak va jigar etishmovchiligining klinik tekshiruv natijalari, jigar va buyrak etishmovchiligining eksperimental tekshiruvlari bilan qiyosiy tahlil qilinganda, o‘zgarishlarning barchasi organlarda qon aylanish buzilishi va tarqalgan tomir ichi qon ivishi sindromi yuzaga kelishining asosiy sababi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental buyrak zararlanishida intakt oq zotsiz kalamush jigarining morfometrik ko‘rsatkichlari o‘rganilganda gepatotsitlarning o‘lchami kattalashganligi, buning natijasida yadrolar va sitoplazma hajmining kengayganligi, portal vena diametri va arteriyalar o‘lchami oshganligi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/113 son qarori bilan tasdiqlangan «Homiladorlikda o‘tkir buyrak etishmovchiligi fonida jigarning morfologik xususiyatlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qorako‘l tumanlararo perinatal markazining 05.05.2025 yildagi 75-son hamda Andijon shahar 2-tug‘ruq kompleksi bo‘yicha buyruq 05.05.2025 yildagi 2/7-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental o‘tkir buyrak zararlanishi sharoitida jigar morfometrik ko‘rsatkichlarining (gepatotsitlar kattalashuvi, yadro va sitoplazma hajmining kengayishi, portal vena va arteriyalar diametrining ortishi) ilmiy jihatdan aniqlanishi buyrak patologiyalari kechishida jigar tomonidan yuzaga keladigan kompensator yoki patologik reaksiyalarni erta bosqichda baholash imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar va buyrak tuzilmalaridagi morfometrik o‘zgarishlar asosida patologik holatlarning erta tashxislanishi davolash imkoni yaratildi. Xulosa: takomillashtirilgan erta tashxis va monitoring yondashuvlari har bir bemor uchun o‘rtacha 200 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: oq zotsiz kalamushlar jigarining eksperimental o‘tkir buyrak zararlanishlari fonida kechayotgan homiladorlikka bog‘liq o‘zgarishlar ya’ni kompensator jarayon yuzaga kelishi oqibatida jigar hujayralari o‘rnida yog‘ tomchilarining yig‘ilishi va tarqalishi namoyon bo‘lgani aniqlanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/113 son qarori bilan tasdiqlangan «Homiladorlikda o‘tkir buyrak etishmovchiligi fonida jigarning morfologik xususiyatlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qorako‘l tumanlararo perinatal markazining 05.05.2025 yildagi 75-son hamda Andijon shahar 2-tug‘ruq kompleksi bo‘yicha buyruq 05.05.2025 yildagi 2/7-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental o‘tkir buyrak zararlanishlari fonida homiladorlikka xos kompensator jarayonlar natijasida jigar hujayralarida yog‘ tomchilarining to‘planishi aniqlangani buyrak va jigar tizimidagi erta patomorfologik o‘zgarishlarni baholash imkonini kengaytirdi. Ushbu ma’lumotlar o‘tkir buyrak etishmovchiligi bilan kechuvchi homiladorliklarda asoratlarni erta aniqlash, davolash taktikalarini optimallashtirish va klinik monitoringni takomillashtirish orqali bemorlar salomatligini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: eksperimental o‘tkir buyrak zararlanishlari fonida jigar hujayralarida yuzaga keladigan yog‘li degeneratsiyaning erta aniqlanishi klinik amaliyotda homilador bemorlarni aniqroq monitoring qilish va asoratlarni oldindan prognozlash imkonini oshirdi. Patologik jarayonlarni erta bosqichda aniqlash ortiqcha diagnostik tekshiruvlar va murakkab davolash choralarining kamayishiga olib keldi. Natijada davolash xarajatlari qisqardi, bemorlarni reabilitatsiya qilish muddati kamaydi. Xulosa: eksperimental o‘tkir buyrak zararlanishlari fonida homiladorlikka xos kompensator jarayonlar natijasida jigar hujayralarida yog‘ to‘planishi birinchi bor aniqlanib, patologik o‘zgarishlarning belgilarini erta baholash imkoniyati yaratildi. Ushbu yondashuv klinik amaliyotda diagnostika va monitoringni optimallashtiradi hamda davolash xarajatlarini kamaytirib, har bir bemor uchun o‘rtacha 200000 so‘mgacha iqtisodiy tejash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: homilador oq zotsiz kalamushlar jigarining eksperimental o‘tkir buyrak zararlanishida Jo‘yzar suvi davo maqsadida qo‘llanilgandan keyin, eksperiment guruhida jigar morfometrik ko‘rsatkichlariga nisbatan me’yoriy holatga yaqinlashganligi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/113 son qarori bilan tasdiqlangan «Homiladorlikda o‘tkir buyrak etishmovchiligi fonida jigarning morfologik xususiyatlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qorako‘l tumanlararo perinatal markazining 05.05.2025 yildagi 75-son hamda Andijon shahar 2-tug‘ruq kompleksi bo‘yicha buyruq 05.05.2025 yildagi 2/7-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Jo‘yzar suvi qo‘llanilgandan so‘ng jigar morfometrik ko‘rsatkichlarining me’yoriy holatga yaqinlashgani aniqlanishi davolash samaradorligini oshirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish va homilador bemorlarni klinik monitoring qilishni optimallashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash samaradorligini oshirish va asoratlarni kamaytirish natijasida bemorlarni reabilitatsiya qilish muddati qisqardi, qo‘shimcha davolash xarajatlari kamaydi va har bir bemor uchun iqtisodiy tejash imkoniyati yuzaga keldi. Xulosa: ushbu yondashuv buyrak zararlanishida davolash samaradorligini oshiradi, asoratlar rivojlanishini kamaytiradi va har bir bemor uchun o‘rtacha 200000 so‘m iqtisodiy tejash imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor homiladorlik patologiyalari asosida ayollarda yuzaga kelgan buyrak va jigar etishmovchiligining klinik tekshiruv natijalari, jigar va buyrak etishmovchiligining eksperimental tekshiruvlari bilan qiyosiy tahlil qilinganda, o‘zgarishlarning barchasi organlarda qon aylanish buzilishi va tarqalgan tomir ichi qon ivishi sindromi yuzaga kelishining asosiy sababi ekanligi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/113 son qarori bilan tasdiqlangan «Homiladorlikda o‘tkir buyrak etishmovchiligi fonida jigarning morfologik xususiyatlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qorako‘l tumanlararo perinatal markazining 05.05.2025 yildagi 75-son hamda Andijon shahar 2-tug‘ruq kompleksi bo‘yicha buyruq 05.05.2025 yildagi 2/7-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: buyrak va jigar etishmovchiligida kuzatilgan o‘zgarishlarning asosiy sababi qon aylanish buzilishi va tarqalgan tomir ichi ivish sindromi ekanligi aniqlangani homilador ayollarda ushbu holatlarni erta tashxislash imkonini kengaytirdi. Bu esa asoratlarni kamaytirish, ona va bola salomatligini himoyalash hamda davolash jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: buyrak va jigar etishmovchiligining asosiy sababi sifatida qon aylanish buzilishi va tarqalgan tomir ichi ivish sindromi sindrom aniqlangani kasallikni erta tashxislash imkonini kengaytirdi. Erta tashxis og‘ir asoratlar va intensiv davolashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, davolash xarajatlarini qisqartirdi va har bir bemor uchun o‘rtacha 200000 so‘m iqtisodiy tejash imkonini yaratdi. Xulosa: klinik va eksperimental ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish natijasida homiladorlikda buyrak va jigar etishmovchiligi rivojlanishining asosiy mexanizmi — qon aylanish buzilishi va tarqalgan tomir ichi ivish sindromi sindrom ekanligi ilmiy jihatdan isbotlandi. Ushbu ilmiy natijalar bilan diagnostika va davolash yondashuvlarini samaradorligini oshirishga erishilgan.
Olingan natijalar asosida amaliyotga tadbiq bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 oktabrdagi qarori asosida 26/50-sonli yagona xulosa olingan.