Axmedova Gulmira Ixtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda anemiyani erta tashxislash va oldini olishning kompleks patogenetik, farmako-iqtisodiy asoslash» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3504.
Ilmiy rahbar: Jarilkasinova Gavhar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Miraxmedova Hilola Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Barotova Mexriban Subitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligidan zo‘riqishdagi turg‘un stenokardiya bilan og‘rigan bemorlarda kamqonlikni erta tashxislash, uning patogenetik mexanizmlarini aniqlash, samarali davo va profilaktik yondashuvlarni ishlab chiqish hamda farmako-iqtisodiy jihatdan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zo‘riqishdagi turg‘un stenokardiyali bemorlarda kamqonlikning tarqalishi gepsidin va sTfR/log(ferritin) kabi ferrokinetik markerlarning o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langani kompleks ravishda ko‘rsatilgan bo‘lib, temir metabolizmi buzilishlari miokard perfuziyasini pasaytirib, zo‘riqishdagi turg‘un stenokardiya og‘irlashuvining asosiy patogenetik triggeri ekani ilmiy asoslangan;
yurak ishemik kasalligida gepsidin, sTfR/log(ferritin) va RDW (Red Cell Distribution Width, ya’ni eritrotsitlar o‘lchamlari tarqoqligi) indeksi kamqonlikni bashorat qilishda ishonchli marker sifatida belgilangan hamda sTfR/log(ferritin) indeksining gemoglobin bilan teskari o‘rta korrelyasiyasi kamqonlikning og‘irlashuvini ko‘rsatuvchi indikator ekanligi isbotlangan;
kamqonlikning diagnostik kompleksi va uni   erta identifikatsiya qilishda laborator-bioximiyaviy markerlar, EKG dagi ishemik o‘zgarishlari va zo‘riqishdagi turg‘un stenokardiya  funksional sinfi bilan integral baholanganda ishemiyani kuchaytiruvchi mustaqil patogenetik fenotip ekanligi asoslangan;
yurak ishemik kasalligi va kamqonlik mavjud bemorlar uchun maqsadli profilaktika strategiyasi sifatida temirni parenteral yuborish va nutritiv qo‘shimchalar bog‘liqligi asosida, farmako-iqtisodiy jihatdan asoslangan integral patogenetik davolash algoritmi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda anemiyani erta tashxislash va oldini olishning kompleks patogenetik, farmako-iqtisodiy asoslash natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. Zo‘riqishdagi turg‘un stenokardiyali bemorlarda kamqonlikning tarqalishi gepsidin va sTfR/log(ferritin) kabi ferrokinetik markerlarning o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langani kompleks ravishda ko‘rsatilgan bo‘lib, temir metabolizmi buzilishlari miokard perfuziyasini pasaytirib, zo‘riqishdagi turg‘un stenokardiya og‘irlashuvining asosiy patogenetik triggeri ekani ilmiy asoslanganligi bo‘yicha «YuIK bilan og‘rigan bemorlarda kamqonlikni erta tashxislash va oldini olishni takomillashtirish usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2025 y 01.125 son buyruq) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (27.03.2025 yildagi 851-2-208-TB/2025-son buyruq) ilmiy tadqiqot ishlari natijalari amaliyotga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijasida zo‘riqishdagi turg‘un stenokardiyada kamqonlikni gepsidin va sTfR/log(ferritin) orqali erta aniqlash imkoniyati ko‘rsatildi. Bu usul stenokardiya xurujlari chastotasini 25% dan 35% gacha kamaytirib, tez-tez gospitalizatsiyalarni oldini olish va bemorlarning mehnat qobiliyati hamda hayot sifatini saqlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: ferrokinetik markerlar asosida kamqonlikni erta aniqlash orqali davolash xarajatlarini optimallashtirish, qimmat intervension muolajalar ehtiyojini kamaytirish va resurslardan maqsadli foydalanish ta’minlanadi. Bu umumiy sarflanadigan byudjet mablag‘larini har bir bemor uchun 587000 so‘m, umumiy hisobda 3820000 so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishildi. Xulosa. Erta skrining subklinik kamqonlikni vaqtida aniqlab, kasallik og‘irlashuvini cheklaydi va reanimatsion xavfni pasaytiradi. Bu yondashuv klinik natijalarni barqarorlashtirib, sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan iqtisodiy yukni sezilarli qisqartiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik. Yurak ishemik kasalligida gepsidin, sTfR/log(ferritin) va RDW (Red Cell Distribution Width, ya’ni eritrotsitlar o‘lchamining tarqoqligi) indeksi kamqonlikni bashorat qilishda ishonchli marker sifatida belgilangan hamda sTfR/log(ferritin) indeksining gemoglobin bilan teskari o‘rta korrelyasiyasi kamqonlikning og‘irlashuvini ko‘rsatuvchi indikator ekanligi isbotlanganligi  bo‘yicha « YuIK bilan og‘rigan bemorlarda kamqonlikni erta tashxislash va oldini olishni takomillashtirish usullari » uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2025 y 01.125 son buyruq) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (27.03.2025 yildagi 851-2-208-TB/2025-son buyruq) ilmiy tadqiqot ishlari natijalari amaliyotga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Yurak ishemik kasalligida gepsidin, sTfR/log(ferritin) va RDW indeksi orqali kamqonlikni bashorat qilish imkoni yuzaga kelishi xavf guruhidagi bemorlarni erta aniqlashni soddalashtiradi. Bu usul klinik kuzatuv sifatini oshirib, kamqonlik og‘irlashuvi bilan bog‘liq asoratlar va funksional cheklanishlar paydo bo‘lishini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: aniq prognostik markerlardan foydalanish orqali ortiqcha laborator tahlillar, samarasiz terapiya va kech belgilangan davolash bilan bog‘liq xarajatlar qisqaradi. Markerler asosida to‘g‘ri tanlangan davo taktikasi natijasida 2134000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa. Bashoratlovchi model kamqonlikning kech asoratlarini oldindan aniqlash orqali davolash jarayonini ratsionallashtiradi. Natijada klinik qarorlar qabul qilishda aniqlik oshadi va diagnostika–terapiya xarajatlari optimal darajada saqlanadi.
uchinchi ilmiy yangilik. Kamqonlikning diagnostik kompleksi va uni erta identifikatsiya qilishda laborator-bioximiyaviy markerlar, EKGdagi ishemik o‘zgarishlari va zo‘riqishdagi turg‘un stenokardiya  funksional sinfi bilan integral baholanganda ishemiyani kuchaytiruvchi mustaqil patogenetik fenotip ekanligi asoslanganligi bo‘yicha « YuIK bilan og‘rigan bemorlarda kamqonlikni erta tashxislash va oldini olishni takomillashtirish usullari » uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2025 y 01.125 son buyruq) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (27.03.2025 yildagi 851-2-208-TB/2025-son buyruq) ilmiy tadqiqot ishlari natijalari amaliyotga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kamqonlikning laborator-bioximiyaviy markerlari, EKGdagi ishemik o‘zgarishlar va stenokardiyaning funksional sinfi integral baholanganda, uning ishemiyani kuchaytiruvchi mustaqil patogenetik fenotip ekanligi amaliyotda xavf guruhini aniqlashni sezilarli engillashtiradi. Bu bemorlarni erta monitoring qilish, xurujlar chastotasini 40-50% ga kamaytirish va ish qobiliyatini uzoq muddat saqlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: integral diagnostik kompleksdan foydalanish samarasiz tekshiruvlar va kech qo‘yilgan tashxis bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Kamqonlikning patogenetik fenotip sifatida aniqlanishi maqsadli terapiyani tanlashni optimallashtirib, davolash xarajatlarini har bir bemorga nisbatan 237000 so‘mga, umumiy xarajatlarni esa 1876000 so‘mga  qisqartiradi va resurslardan ratsional foydalanishni ta’minlaydi. Xulosa. Kamqonlikning laborator markerlari, EKG ishemik o‘zgarishlari va stenokardiya funksional sinfining birgalikda tahlili yurak ishemik kasalligida uni ishemiyani kuchaytiruvchi mustaqil patogenetik fenotip sifatida ko‘rsatib berdi. Ushbu yondashuv kamqonlikni erta identifikatsiya qilish, xavfni stratifikatsiya qilish va individual terapiyani belgilashda yangi ilmiy-amaliy platformani shakllantiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. Yurak ishemik kasalligi va kamqonlik mavjud bemorlar uchun maqsadli profilaktika strategiyasi sifatida temirni parenteral yuborish va nutritiv qo‘shimchalar bog‘liqligi asosida, farmako-iqtisodiy jihatdan asoslangan integral patogenetik davolash algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha « YuIK bilan og‘rigan bemorlarda kamqonlikni erta tashxislash va oldini olishni takomillashtirish usullari » uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (21.01.2025 y 01.125 son buyruq) va Kogon shahar tibbiyot birlashmasi (27.03.2025 yildagi 851-2-208-TB/2025-son buyruq) ilmiy tadqiqot ishlari natijalari amaliyotga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi va kamqonlikka ega bemorlar uchun temirni parenteral yuborish va nutritiv qo‘shimchalarga asoslangan maqsadli profilaktika algoritmining yaratilishi bemorlarning hayot sifati, jismoniy bardoshligi va stenokardiya xurujlarini nazorat qilish imkonini oshiradi. Erta to‘g‘ri tanlangan patogenetik davo asoratlar xavfini 25-30% ga kamaytiradi va bemorlarning ijtimoiy faolligini saqlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: farmako-iqtisodiy jihatdan baholashga asoslangan integral davolash algoritmi qimmat intervension muolajalar ehtiyojini kamaytiradi, samarasiz yoki kech belgilangan terapiya bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarni qisqartiradi. Maqsadli anemiya korreksiyasi resurslardan ratsional foydalanishni ta’minlab, og‘ir yurak-qon tomir xavfini kamaytirish hisobiga byudjetdan tashqari 578600 so‘m miqdordagi xarajat iqtisodiy samaradorlikga erishilgan. Xulosa. YuIK va kamqonlikka ega bemorlar uchun temirni parenteral yuborish va nutritiv qo‘shimchalarni farmako-iqtisodiy mezonlar asosida birlashtirgan integral patogenetik davolash algoritmi ishlab chiqildi. Ushbu algoritm klinik amaliyotda individual yondashuvni kuchaytirib, kamqonlikni samarali korreksiya qilish va ishemik holatni barqarorlashtirishda yuqori amaliy ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish