Gafurova Nodiraxon Oybek  qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Feto-fetal transfuzion sindromini tashxislash va korreksiyasini takomillashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3468.
Ilmiy raxbar: Yusupbaev Rustem Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Babajanova Shaxida Dadajanovna, tibbiyot fanlari doktori; Asrankulova Dilarom Baxtiyarovna tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: feto-fetal transfuzion sindromini erta prognozlash, tashxislash va bachadon ichi korreksiya qilish usullarining samarali mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor monoxorial diamniotik homiladorliklarda homiladorlikning 11 haftadan 13 hafta 6 kungacha bo‘lgan davrida venoz kanali doppler tekshiruvida arterio-venoz anastomozlar orqali qon aylanishining erta disbalansi sababli patologik to‘lqin kuzatilgan holatlarda feto-fetal transfuzion sindrom rivojlanish xavfi 70% gacha ortishi aniqlangan;
ilk bor monoxorial diamniotik homiladorliklarda ultratovush tekshiruvida kindiklarning yo‘ldoshga ulangan joylari orasidagi masofa 5 sm dan kam bo‘lgan holatlarda, qon aylanish hududlarining juda yaqin joylashishi va arterio-venoz anastomozlarning zich tuzilgani sababli feto-fetal transfuzion sindrom rivojlanish xavfi 60% gacha ortishi aniqlangan;
ilk bor yo‘ldoshning morfologik tekshiruvida yo‘ldosh qon tomir anastomozlarining soni 7 tadan ortiq va diametri 2 mm dan katta bo‘lgan holatlarda, yirik va ko‘p sonli anastomozlar orqali qon oqimining noteng taqsimlanishi sababli  feto-fetal transfuzion sindrom rivojlanish xavfi 73% gacha ortishi aniqlangan;
ilk bor feto-fetal transfuzion sindromda yo‘ldosh qon tomir anastomozlarini 50 Vt quvvatli uzluksiz rejimdagi lazer nuri yordamida koagulyasiya qilish usuli qo‘llanilib, anastomozlarning to‘liq va barqaror okklyuziyasi ta’minlanganligi sababli ikkita homilaning tirik qolish ko‘rsatkichi 90% gacha ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Feto-fetal transfuzion sindromini tashxislash va korreksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor monoxorial diamniotik homiladorliklarda homiladorlikning 11 haftadan 13 hafta 6 kungacha bo‘lgan davrida venoz kanali doppler tekshiruvida arterio-venoz anastomozlar orqali qon aylanishining erta disbalansi sababli patologik to‘lqin kuzatilgan holatlarda feto-fetal transfuzion sindrom rivojlanish xavfi 70% gacha ortishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 30 martdagi №32 u-t/17-son ekspert xulosasi bilan tasdiqlangan «Feto-fetal transfuzion sindromini erta tashxislashva korreksiyasining zamonaviy usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 14.06.2024 yildagi 254-son hamda Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 06.04.2024 yildagi 187-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: feto-fetal transfuzion sindromi bo‘yicha yuqori xavf guruhini aniqlashga, erta va maqsadli monitoringni tashkil etishga hamda og‘ir bosqichlar rivojlanishidan oldin korreksiyani amalga oshirishga imkon bergan. Bu usul homilaning tanqidiy holatlari, shoshilinch aralashuvlar va neonatal intensiv terapiyaga ehtiyoj chastotasini kamaytirgan, uzoq muddatli istiqbolda esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nogironlik holatlarini qisqartirgan va perinatal salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlikning 11 haftadan 13 hafta 6 kungacha bo‘lgan davrida venoz kanali qon oqimini baholash va keyinchalik feto-fetal transfuzion sindromida o‘z vaqtida fetal xirurgik aralashuvni amalga oshirish neonatal intensiv terapiya bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limiga yotqizish xarajati 45000000 so‘mgacha, yo‘ldosh anastomozlarini lazerli koagulyasiya qilish esa 2000000 so‘m bo‘lgan sharoitda, reanimatsiyaga yotqizish chastotasini 82% dan 68% ga tushirish o‘rtacha 10600000 so‘m iqtisodiy samara bergan. Bu natija ushbu usulning nafaqat klinik, balki iqtisodiy jihatdan ham yuqori samaradorligini ko‘rsatadi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor monoxorial diamniotik homiladorliklarda ultratovush tekshiruvida kindiklarning yo‘ldoshga ulangan joylari orasidagi masofa 5 sm dan kam bo‘lgan holatlarda, qon aylanish hududlarining juda yaqin joylashishi va arterio-venoz anastomozlarning zich tuzilgani sababli feto-fetal transfuzion sindrom rivojlanish xavfi 60% gacha ortishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 30 martdagi №32 u-t/17-son ekspert xulosasi bilan tasdiqlangan «Feto-fetal transfuzion sindromini erta tashxislashva korreksiyasining zamonaviy usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 14.06.2024 yildagi 254-son hamda Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 06.04.2024 yildagi 187-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kindiklarning yo‘ldoshga ulangan joylari orasidagi masofani skrining mezoni sifatida qo‘llash kuzatuv chastotasini xavf darajasiga qarab moslashtirish imkonini bergan. Bu ko‘p homiladorlikni kuzatish klinik samaradorligini oshiradi va individual yondashuvni yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: kindiklarning yo‘ldoshga ulangan joylari orasidagi masofa standart ultratovush tekshiruvi doirasida bepul o‘tkazilishi va feto-fetal transfuzion sindromini erta aniqlash bilan bog‘liq ravishda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni intensiv terapiyaga yotqizish chastotasi 0,82 dan 0,68 gacha kamaygan. Shu tariqa, xar bir bemor hisobiga 8800000 so‘m tejamkorlik ta’minlandi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yo‘ldoshning morfologik tekshiruvida yo‘ldosh qon tomir anastomozlarining soni 7 tadan ortiq va diametri 2 mm dan katta bo‘lgan holatlarda, yirik va ko‘p sonli anastomozlar orqali qon oqimining noteng taqsimlanishi sababli  feto-fetal transfuzion sindrom rivojlanish xavfi 73% gacha ortishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 30 martdagi №32 u-t/17-son ekspert xulosasi bilan tasdiqlangan «Feto-fetal transfuzion sindromini erta tashxislashva korreksiyasining zamonaviy usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 14.06.2024 yildagi 254-son hamda Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 06.04.2024 yildagi 187-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: feto-fetal transfuzion sindromini erta tashxislash aniqligini oshirgan va erta aralashuvni o‘z vaqtida rejalashtirish imkonini bergan. Bu og‘ir oqibatlar xavfini kamaytirgan, shoshilinch yordamga ehtiyojni qisqartirgan va perinatal salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: erta lazerli koagulyasiyani o‘tkazish zarurligini asoslagan, bu esa feto-fetal transfuzion sindromining og‘ir shakllari va ular bilan bog‘liq yuqori xarajatli asoratlarni oldini olgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni uzoq muddatli intensiv terapiyaga ehtiyojini kamaytirish hisobiga, bu usulning iqtisodiy samaradorligi har bir ayol uchun  25000000 so‘m tejamkorlik bilan ifodalanadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor feto-fetal transfuzion sindromida yo‘ldosh anastomozlarini 50 Vt quvvatdagi lazer nuri yordamida uzluksiz rejimda koagulyasiya qilish usuli qo‘llanilib, anastomozlarning to‘liq va barqaror okklyuziyasi ta’minlangani sababli ikki homilaning tirik qolish ko‘rsatkichi 90% gacha ortishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 30 martdagi №32 u-t/17-son ekspert xulosasi bilan tasdiqlangan «Feto-fetal transfuzion sindromini erta tashxislashva korreksiyasining zamonaviy usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 14.06.2024 yildagi 254-son hamda Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 06.04.2024 yildagi 187-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori energiyali uzluksiz rejimini qo‘llash qon tomirlarni barqaror okklyuziya qilish imkonini yaratib, residivlar va qayta aralashuv ehtiyojini kamaytirgan. Bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning tirik qolishini yaxshilaydi va nogironlikka olib keluvchi holatlarni kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: 50 Vt quvvatli uzluksiz lazer koagulyasiya rejimi qo‘llanilib qayta aralashuvlar chastotasini va gospitalizatsiya davomiyligini kamaytirgan, bu esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri davolash xarajatlarini kamida 30%ga qisqartirgan. Bir bemor uchun o‘rtacha xarajat 18400000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilganligi sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy jihatdan samarali echim hisoblanadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish