Xudoyberganov Otabek Kenjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Peripartal kardiomiopatiyaga chalingan bemorlarda morfofunksional o‘zgarishlar bilan yurak aritmiyalarining o‘zaro bog‘liqligi va davolashning samaradorligi», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib 2417.
Ilmiy raxbar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01. 
Rasmiy opponentlar: Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Charos Abdujalilovna  tibbiyot  fanlari doktori.  
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan Terapiya va tibbiy rebilitatsiya ilmiy-amalliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.  
II. Tadqiqotning maqsadi: peripartal kardiomiopatiyaga chalingan bemorlarda morfofunksional o‘zgarishlar bilan yurak aritmiyalarining o‘zaro bog‘liqligi va davolashning samaradorligini baxolashdan iborat.         
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor kompleks noinvaziv monitoring (EKG, sutkalik EKG, yurak ritmi variabelligini tahlil qilish) asosida peripartal kardiomiopatiyaga chalingan bemorlarda yurak remodellanishi darajasi bilan qorinchalar aritmiyalari xususiyatlari o‘rtasidagi ishonchli bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor peripartal kardiomiopatiyada chap qorincha otish fraksiyasining (ChQ OF) 30% dan past bo‘lishi va yurak ritmi variabelligining o‘ziga xos profili — RMSSD, LF, HF va LF/HF ko‘rsatkichlarining oshishi bilan kechishi aniqlangan;
ilk bor peripartal kardiomiopatiyada prolaktin darajasining oshishi hayot uchun xavfli qorinchalar aritmiyalari chastotasi, yallig‘lanish faolligining ortishi (SRO), funksional sinfning pasayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor kasallikning noxush kechishini belgilab beruvchi asosiy prognoz mezonlari — noturg‘un qorinchalar taxikardiyasi, ChQ OF < 30%, ChQ YaDH > 207 ml, NT-proBNP > 3529 pg/ml, prolaktin > 642 Uu/ml va maxsus EKG belgilari (GTChOTQ, QS kompleksi) mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha №18/29-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor peripartal kardiomiopatiya bilan og‘rigan bemorlarda NT-proBNP va prolaktin konsentratsiyalarining klinik holatni baholash shkalasi (KHBSh) hamda 6 daqiqalik yurish testi (6DYuT) natijalariga asoslangan jismoniy yuklamalarga tolerantlik darajasi bilan musbat korrelyasiyasi aniqlangan bo‘lib, ushbu tashxis qo‘yish taktikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 26 apreldagi 2-son bayonnoma bilan tasdiqlangan “Peripartal kardiomiopatiyada yurak aritmiyalarining uchrashi va davolash algoritmlari” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.09.2024-yildagi 55-t sonli buyruq, hamda Toshkent viloyati mintaqaviy filialiga 10.09.2024-yildagi 59-sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Shunday qilib, ushbu ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi bemorlar uchun prognozni yaxshilash, ularning hayot sifatini oshirish, kasalxonga yotqizilishlar soni va statsionarda bo‘lish muddatini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni pasaytirishdan iborat. Iqtisodiy camaradorligi: Peripartal kardiomiopatiya bilan og‘rigan bemorlarni biomarkerlar ko‘rsatkichlariga asoslangan holda boshqarish natijasida yillik shifoxonaga yotqizilish holatlari kamayadi, shu bilan birga, bemorlarning statsionar davolanish kunlari soni qisqaradi. Agar shifoxonada 1 kunlik yotoq narxi 247000 so‘m bo‘lsa, 10 kun davolanish 2470000 so‘mni tashkil qiladi. SYuE medikamentoz davosi uchun bir kunda o‘rtacha 150000 – 200000 so‘m sarflanishi hisobga olinsa, 10 kunlik davolash uchun 150000 – 200000 so‘m talab etiladi. SYuEni tashxislash uchun esa 1 bemorga o‘rtacha 1500000 – 2000000 so‘m sarflanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor ushbu bemorlarda chap qorincha otish fraksiyasining (ChQ OF) 30% dan past bo‘lishi xavfli qorinchalar aritmiyalari va to‘satdan yurak o‘limi xavfining asosiy prognoz ko‘rsatkichi ekani, shuningdek, klinik dekompensatsiya va jismoniy yuklamalarga tolerantlikning pasayishi (KHBSh, 6DYuT) bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan bo‘lib, ushbu taktika bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 26 apreldagi 2-son bayonnoma bilan tasdiqlangan “Peripartal kardiomiopatiyada yurak aritmiyalarining uchrashi va davolash algoritmlari” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.09.2024-yildagi 55-t sonli buyruq, hamda Toshkent viloyati mintaqaviy filialiga 10.09.2024-yildagi 59-sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Chap qorincha otish fraksiyasining 30% dan past bo‘lishi peripartal kardiomiopatiya kechishini prognoz qilishda yuqori spesiflikka ega ekani inobatga olinsa, ushbu ko‘rsatkich bemor holatini monitoring qilish uchun muhim prediktor sifatida tavsiya etilishi mumkin. Xavfli qorinchalar aritmiyalari bilan ChQ OF <30% o‘rtasidagi bog‘liqlik KRTga bo‘lgan ko‘rsatmalarni kengaytirish, davolash taktikasini individuallashtirish va o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: PKMP bilan og‘rigan bemorlarda hayot uchun xavfli qorinchalar aritmiyalarini baholashda sutkalik XMEKGdan foydalanish bemor holatining shifoxonagacha og‘irlashuvini erta aniqlash imkonini beradi. Natijada SYuE dekompensatsiyasi sababli gospitalizatsiyalar soni kamayadi va statsionarda davolanish kunlari qisqaradi. Bu esa har bir bemor uchun yiliga o‘rtacha 1030000 so‘m tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: Peripartal kardiomiopatiyada prolaktin darajasining oshishi hayot uchun xavfli qorinchalar aritmiyalari chastotasi, yallig‘lanish faolligining ortishi (SRO) hamda funksional sinfning pasayishi bilan bog‘liqdigi aniqlangan bo‘lib, ushbu taktika bo‘yicha taklilfar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 26 apreldagi 2-son bayonnoma bilan tasdiqlangan “Peripartal kardiomiopatiyada yurak aritmiyalarining uchrashi va davolash algoritmlari” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.09.2024-yildagi 55-t sonli buyruq, hamda Toshkent viloyati mintaqaviy filialiga 10.09.2024-yildagi 59-sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: PKMPda prolaktin darajasining oshishi SYuE ning optimal medikamentoz terapiyasiga qaramay, hayot uchun xavfli qorinchalar aritmiyalari chastotasining oshishi va jismoniy yuklamalarga tolerantlikning yomonlashishi bilan kechishi kuzatilgan. Bu yurakning ichki o‘tkazuvchanligi buzilishi SYuE ning kuchayishiga olib kelishi mumkinligini tasdiqlaydi. XMEKG va biokimyoviy markerlarga asoslangan personalizatsiyalashgan terapiya kasallik rivojlanishini sekinlashtiradi va davolash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: PKMP bilan og‘rigan bemorlarda XMEKG va prolaktinga asoslangan personalizatsiyalashgan davolash takroriy gospitalizatsiyalarni sezilarli darajada kamaytiradi. Bu esa 100 bemor uchun yiliga 53000000 so‘m, 1 bemor uchun 530000 so‘mgacha tejamkorlikni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor peripartal kardiomiopatiya va yurak aritmiyalariga ega bo‘lgan bemorlarda kasallikning noxush kechishini belgilovchi asosiy prognoz mezonlarini- noturg‘un qorinchalar taxikardiyasi,ChQ OF <30%, ChQ YaDH >207 ml, NT-proBNP >3529 pg/ml, prolaktin >642 Uu/ml, EKGda GTChOTQ va QS kompleksi mavjudligi aniqlangan bo‘lib, ushbu prediktorlar bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 26 apreldagi 2-son bayonnoma bilan tasdiqlangan “Peripartal kardiomiopatiyada yurak aritmiyalarining uchrashi va davolash algoritmlari” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.09.2024-yildagi 55-t sonli buyruq, hamda Toshkent viloyati mintaqaviy filialiga 10.09.2024-yildagi 59-sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Aniqlangan prognoz mezonlari PKMPli bemorlarda noxush oqibatlar xavfini ob’ektiv baholash, davolash taktikasini individuallashtirish va o‘z vaqtida zarur choralarni ko‘rish imkonini beradi. Bu esa uzoq muddatli klinik natijalarni yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: PKMPli bemorlar uchun ishlab chiqilgan prognozlash algoritmi va personalizatsiyalashgan davolash strategiyasi har bir bemor uchun 1380000 so‘m, 100 bemor uchun esa 138000000 so‘m tejash imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish