Sobirov Xumoyun Furkatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda Nematodirus (Nematoda: Molineidae) avlodi nematodalari tur tarkibi, morfologiyasi va taksonomiyasi», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1174.
Ilmiy rahbar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Shakarboev Erkinjon Berdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Davronov Barno Orzievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Nematodirus avlodi nematodalarining zamonaviy tur tarkibi, biologik xususiyatlari, morfologiyasi, molekulyar taksonomik tavsifi, ho‘jayinlarining zararlanish darajalari va ularga qarshi o‘simlik ekstraktlarini biologik samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchi hayvonlarning hazm qilish tizimida parazitlik qiluvchi Nematodirus avlodiga mansub nematodalarining 7 ta turga mansubligi isbotlangan;
Nematodirus abnormalis May, 1920 nematodasining tuxumdan invazion lichinka bosqichiga qadar rivojlanishni laboratoriya sharoitida aniqlangan;
ilk bor O‘zbekistonda Nematodirus avlodi nematoda turlarining ribosomal DNK IS-2 sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha molekulyar identifikatsiya qilingan va shu maʼlumotlar asosidagi filogenetik daraxtda 10 ta monofiletik guruh hosil qilishi aniqlangan;
Nematodirus abnormalis nematodasining rDNK IS-2 sohasi nukleotidlar ketma-ketligi ilk bor tahlil qilingan va alohida mustaqil tur ekanligi isbotlangan;
O‘zbekiston sharoitida mayda shohli uy hayvonlarning nematodiruslar bilan zararlanishining yuqori ko‘rsatgichi kuz faslida 29,1 % va kam zararlanishi esa qish faslida 22,5 % ekanligi aniqlangan;
mayda shohli hayvonlarning nematodiruslar bilan zararlanishi tog‘ oldi mintaqasi - 23,3%, tekislik mintaqasida – 16,7 % va tog‘ mintagasida – 13,3 % to‘gri kelganligi aniqlangan;
uy hayvonlarida nematodiruslarga qarshi antigelmintik xususiyatga ega bo‘lgan mahalliy ingichka bargli hapri (Perovskia angustifolia) o‘simligining turli foizdagi ekstraktlarini laboratoriya 43,3-93 % gacha va dala sharoitida 72,3-91,3 % biologik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda Nematodirus (Nematoda: Molineidae) avlodi nematodalari tur tarkibi, morfologiyasi va taksonomiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida, Nematodirus avlodiga mansub nematoda turlarining IS-2 sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha maʼlumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBank bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2025-yil 28-fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, N. spathiger (PV135955; PV135956), N. oiritianus (PV133512; PV124855), N. abnormalis (PQ725622; PQ725609; PQ725599) nematoda turlari namunalariga kirish raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda nematoda turlarini aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
hayvonlarda uchrovchi nematodiruslarga qarshi antigelmintik taʼsirga ega tabiiy holda o‘sadigan ingichka bargli xapri (Perovskia angustifolia) o‘simligining bargi va poyasidan ajratilgan antigelmintik xususiyatga ega bo‘lgan ekstraktlarining biologik samaradorligi aniqlangan va qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Namangan viloyati Chust tumani “Roxat” fermer xo‘jaligi hududlarida kavsh qaytaruvchi hayvonlarda nematodozlar tarqalishini oldini olish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlashtirish qo‘mitasining 2025-yil 29-iyundagi 03/23-2296-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simliklardan olingan ekstraktlar kavsh qaytaruvchi hayvonlarda nematodozlarga qarshi yuqori samaradorlik ko‘rsatkichiga erishish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish