Tuxtamishov Sobit Sobir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Avtomobil shinalari eyilishini aniqlashning hisob uslubini takomillashtirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.4.PhD/T6082
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Kalauov Saydulla Aymaxanovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil shinalari eyilishini aniqlashning hisob uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekspluatatsion haroratning shina protektori materiali qattiqligiga ta’sirini aks ettiruvchi matematik bog‘lanish orqali protektor eyilish koeffisienti eksperimental ma’lumotlar asosida ko‘p omilli regression tahlil yordamida aniqlangan;
sonli integrallash usullari asosida ekspluatatsion yuklanish va burovchi moment ta’sirini hisobga oluvchi shina kontakt yuzasining geometriyasi va bosim taqsimotini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
Hertzning elastik-deformatsion kontakt nazariyasi va bosim taqsimoti tenglamalari asosida shina kontakt yuzasidagi bosimning notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi protektor eyilish hajmini aniqlashning matematik modeli takomillashtirilgan;
og‘irlik, bosim, harorat va burovchi momentning kompleks ta’sirini hisobga oluvchi shina eyilish tezligi modellari asosida shinalarning haqiqiy yurish masofasini aniqlashning hisob uslubi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobil shinalari eyilishini aniqlashning hisob uslubini takomillashtirish ilmiy tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shina protektorining eyilish koeffisienti Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ tarkibidagi 3-avtokorxonasida tatbiq etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 29.10.2025 yildagi 02-05-01/01/309-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shinalarining almashtirish masofasini o‘rtacha 2500 km ga oshirish va ekspluatatsiya xarajatlarini 4 % ga kamaytirish imkonini bergan;
shina kontakt yuzasining geometriyasi va bosim taqsimotini aniqlash algoritmi Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ tarkibidagi 3-avtokorxonasida tatbiq etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 29.10.2025 yildagi 02-05-01/01/309-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shina kontakt yuzasidagi bosimni aniqlashdagi hisob xatoligini 12 % dan 5 % gacha kamaytirgan holda kontakt geometriyasini baholash aniqligini 2-3 baravar oshirishga erishilgan;
shina kontakt yuzasidagi bosimning notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi shina protektori eyilish hajmini aniqlashning matematik modeli Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ tarkibidagi 3-avtokorxonasida joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 29.10.2025 yildagi 02-05-01/01/309-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, protektor eyilish hajmini prognozlash xatosini 15-17 % dan 6 % gacha kamaytirishga erishilgan;
avtomobil shinalarning xaqiqiy yurish masofasini aniqlash hisob uslubi Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ tarkibidagi 3-avtokorxonasida joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 29.10.2025 yildagi 02-05-01/01/309-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shinalarning haqiqiy yurish masofasini prognozlashdagi hisob-kitob xatoligi avvalgi usullardagi 17 % dan 4,8 % gacha kamaytirishga va shina resursini baholash aniqligi 95 % ga oshirishga erishilgan.