Alimova Asalxon Alibek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalari doirasida qora o‘ralar atrofida optik jarayonlar va zarrachalar dinamikasi”, 01.04.02-Nazariy fizika. 01.03.01-Astronomiya (fizika-matematika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.4.PhD/FM1391
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va “Yangi O‘zbekiston” universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Ilg‘or tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/07.07.2025.FM/T.192.01 raqamli Ilmiy kengash
Ilmiy rahbar: f.-m.f.d. prof. F.Sh. Atamurotov f.-m.f.d. B.B. Axmedov 
Rasmiy opponentlar: f.-m.f.d. prof. K. Nakamura (O‘zbekiston Milliy universiteti), f.-m.f.b. PhD. B.M. Kayumov. (“Yangi O‘zbekiston” universiteti) Yetakchi tashkilot: Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi zarrachalar orbitalari va qora tuynuk soyalarini tahlil qilish orqali modifikatsiyalangan gravitatsiyani qora tuynuk astrofizikasi doirasida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Birinchi marta, kvant-tuzatilgan qora tuynuk fazo-vaqtida spinning zarrachalarning orbital harakati tizimli ravishda o‘rganilib, kvant tuzatish parametrining ISCO radiusi,  energiyasi va impuls momentiga ta’siri aniqlandi.
Birinchi marta, Kalb–Ramond maydoni bilan modifikatsiyalangan Reissner–Nordström–tipidagi qora tuynuklar uchun plazma muhitida foton sferasi va qora tuynuk soyasi xossalari tahlil qilinib, Lorens simmetriyasi buzilish parameteri va zaryadning soya radiusiga ta’siri ko‘rsatildi.
Birinchi marta, Kalb–Ramond gravitatsiyasi doirasida Reissner–Nordström–tip qora tuynuk uchun qora tuynuk soyasi xossalari tahlil qilinib, EHT (Event Horizon Telescope) kuzatuvlari asosida soya radiusi orqali model parametrlariga cheklovlar olindi.
Birinchi marta, H1743–322 rentgen ikkilik tizimi uchun kvazi-davriy tebranishlar (QPO) kuzatuvlari asosida Relativistik Presessiya Modeli (RPM) doirasida 𝜂 parametri Markov zanjiri Monte-Karlo (MCMC) statistik tahlili yordamida baholanib, uning qiymati η=0.25±0.02 ekanligi 68% ishonch darajasida aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ushbu dissertatsiyada modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalari doirasida qora tuynuklar atrofidagi optik jarayonlar va zarrachalar dinamikasini o‘rganish bo‘yicha olingan nazariy natijalar va ishlab chiqilgan usullar amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari “A. Alimova, Z. Turakhonov, F. Atamurotov, A. Abdujabbarov, Shadow and weak gravitational lensing of RN-like BH in plasma, Physics of the Dark Universe, Vol. 47, 101749 (2025)” nomli ilmiy maqolada e’lon qilingan hamda Alimova Asalkhonning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasida taqdim etilgan. Mazkur natijalar Fudan universiteti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ilmiy dasturlar doirasida foydalanilgan bo‘lib, bu holat Prof. Cosimo Bambi tomonidan berilgan rasmiy xat orqali tasdiqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish