Oripov Faxriddin Yo‘ldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat yangi taraqqiyot bosqichida yoshlar ekologik madaniyatining yuksalish jarayoni: falsafiy tahlil” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1419
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismoilov Maxamadixon Isroilovich falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Serobjon Urmonalievich falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Ziyodilla Davronov falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida yoshlar ekologik madaniyatini yuksalish jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda ekologik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar ekologik tafakkurida atrof-muhitga nisbatan ratsional ichki nazorat (burch, mas’uliyat, javobgarlik) mexanizmlarini shakllantirishi orqali, ekologik etikaning zamonaviy ijtimoiy paradigmalar (ekomas’uliyat, ekoetika) sotsiumda obektiv ijtimoiy-tabiiy shart-sharoitlar barqarorligini ta’minlashi falsafiy asoslangan;
kishilarda ekologik tafakkurni rivojlantirish jamiyatda ekologik madaniyatni takomillashtirishning muhim sharti sifatida yoshlarning ekologik tarbiyasini kuchaytirish orqali ekologik qadriyatlarni mustahkamlab, an’anaviy va zamonaviylik paradigmasida avlodlararo vorisiylikni ta’minlashi mantiqiy dalillangan;
Yangi O‘zbekiston sanoat-ekotizimini shakllantirishda ekologik va ijtimoiy salohiyatini baholash dinamikasini ishlab chiqish, xududlarda davlatning seliteb (yashash joy), rekreatsion (dam olish) atrof-muhit funksional tegralarini shakllantirishiga ijobiy ta’siri qiyosiy ochib berilgan;
ekologik madaniyat ekologik ongning transsendental va sinergetik shakllari, yoshlarda ekologik imperativlarni rivojlantirib, ekotizimning fundamental biologik mahsuldorlik, jadallik va xilma-xillik kabi xususiyatlari jamiyat barqarorligini ta’minlashda ekologik institutsional faoliyatning “miqdor” va “sifat” jihatdan o‘zgarishiga olib kelishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida yoshlar ekologik madaniyatini yuksalish jarayonini ijtimoiy-falsafiy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyatda ekologik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar ekologik tafakkurida atrof-muhitga nisbatan ratsional ichki nazorat (burch, mas’uliyat, javobgarlik) mexanizmlarini shakllantirishiga doir ilmiy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Ekologik partiyasining dasturiy maqsad vazifalarini amalga oshirishda, joylarda targ‘ibot ishlarini olib borishda, shuningdek ma’rifat maskanlarida ta’lim va tarbiya ishlarini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2025 yil 30 aprel kundagi 01/136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik etikaning zamonaviy ijtimoiy paradigmalar (ekomas’uliyat, ekoetika) sotsiumda obektiv ijtimoiy-tabiiy shart-sharoitlar barqarorligini ta’minlash, yoshlar ekologik madaniyatini rivojlantirish ekopartiya, ekoturizm hamda ekofaollik xarakatining tarbiyaviy rolini oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatda inson faoliyatining ekologik xususiyatlarini shakllantirish zaruriyati, ekologik madaniyatni yuksaltirish jarayonlari bilan dialektik aloqadorlikda, yoshlar tarbiyaviy kompotensiyalarning aksiologik jihatlariga ijobiy ta’siriga doir xulosa va ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston” teleradiokanali” DMning 2024 yil sentyabr va dekabr oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “Yashil makon” liyihasi, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarinin samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi(O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasining 2024-yil 26-dekabrdagi 04-36-1337-sonli dalolatnomasi). Natijada, atrof-muhit bilan bog‘liq aksiologik qadriyatlarni mustahkamlash, an’anaviy va zamonaviylik paradigmasida avlodlararo vorisiylikni ta’minlashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston sanoat-ekotizimini shakllantirishda ekologik va ijtimoiy salohiyatini baholash dinamikasini ishlab chiqish, xududlarda davlatning seliteb (yashash joy), rekreatsion (dam olish) atrof-muhit funksional tegralarini shakllantirishiga oid xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 3- maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturining “Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar” nomli VII bandida belgilangan “Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” va “Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat”loyihasini amalga oshirish”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025- yil 5-apreldagi 10/169-son dalolatnomasi). Natijada, ekologik masʼuliyatning konstruktiv-ratsional xarakterini shakllantirishga jamiyat yangi taraqqiyot bosqichida yoshlar ekologik madaniyatining yuksalish jihatlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
ekologik madaniyatni shakllantirishda ekologik ongning transsendental va sinergetik shakllari, yoshlarda ekologik imperativlarni rivojlantirishiga doir xulosa va takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 3- maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturining “Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar” nomli VII bandida belgilangan “Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” va “Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat”loyihasini amalga oshirish”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025- yil 5-apreldagi 10/169-son dalolatnomasi). Natijada, ekotizimning biologik mahsuldorlik, jadallik, xilma-xillik kabi fundamental xususiyatlari jamiyat barqarorligini ta’minlashga, jamiyat yangi taraqqiyot bosqichida yoshlar ekologik madaniyatining yuksalish jihatlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.