Prenov Shavkat Mametsalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompleks ekologik-meliorativ kartaga olishning zamonaviy metodi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 11.00.06–Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Gr79.
Ilmiy rahbar: Safarov Eshkobul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rafiqov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori; Avezov Sattorbergan Atabaevich, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy metod va texnologiyalar asosida sug‘oriladigan erlar va sug‘orish tarmoqlarining ekologik-meliorativ holatini tasvirlovchi kartalarini hamda ulardan ekologik-meliorativ holatni yaxshilash maqsadida foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan erlar va sug‘orish tarmoqlari funksional holatining monitoringini olib borishning kartografik metodi masofadan zondlash hamda geografik axborot tizimlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sug‘orish tarmoqlari va sug‘oriladigan erlari ekologik-meliorativ holati uchuvchisiz boshqariladigan apparatlardan olingan ma’lumotlarni GAT texnologiyalarida qayta ishlash asosida aniqlangan;
sug‘oriladigan erlar va sug‘orish tarmoqlarining ekologik-meliorativ kartalashtirish metodi aerokosmik, fazoviy ma’lumotlar, ekologik-meliorativ ma’lumotlar bazasi hamda ArcGIS va QGIS dasturlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ekologik-meliorativ holatni yaxshilashda yaratilgan yirik masshtabli tizim kartalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar (sug‘orish tarmoqlarini ekologik-meliorativ holatga ta’siri va sug‘oriladigan erlar sho‘rlanganlik darajasi koefisientlarini aniqlashda) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sug‘oriladigan erlari va sug‘orish tarmoqlari ekologik-meliorativ holatini kompleks kartaga olishning zamonaviy metodlaridan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘oriladigan erlar va sug‘orish tarmoqlari funksional holatining monitoringini olib borishning takomillashtirilgan kartografik metodi O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-02-1181-son ma’lumotnomasi). Natijada hudud sug‘oriladigan erlari va sug‘orish tarmoqlarining turli davrlardagi ekologik-meliorativ holatini aniqlash va yaxshilash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sug‘orish tarmoqlari va sug‘oriladigan erlarining ekologik-meliorativ holati haqidagi uchuvchisiz boshqariladigan apparatlardan olingan materiallarni GAT texnologiyalarida qayta ishlash asosida aniqlangan ma’lumotlari hamda tuzilgan kartalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-02-1181-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan erlarni va sug‘orish tarmoqlarining meliorativ holatidagi o‘zgarishlarni operativ aniqlash va kartalarni yangilash imkonini bergan;
aerokosmik, fazoviy ma’lumotlar, ekologik-meliorativ ma’lumotlar bazasi hamda ArcGIS va QGIS dasturlarini qo‘llash asosida sug‘oriladigan erlar va sug‘orish tarmoqlarining takomillashtirilgan ekologik-meliorativ kartalashtirish metodi O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-02-1181-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan erlar va sug‘orish tarmoqlarining ekologik-meliorativ holatini baholash imkonini bergan;
yirik masshtabli tizim kartalardan foydalanib sug‘oriladigan erlar va sug‘orish tarmoqlarini ekologik-meliorativ holatni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 fevraldagi 02-02-1181-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish tarmoqlarini ekologik-meliorativ holatga ta’siri va sug‘oriladigan erlar sho‘rlanganlik darajasi koefisientlarini aniqlashga xizmat qilgan.