Isabaev Akmaljon Teshabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilish huquqini ta’minlash masalalari”; 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu368.
Ilmiy rahbar: Xusanov Ozod Tillaboevich – yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Eshmuhammad Omonturdievich – yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashev Sodiq Oqboevich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huzuridagi Yuridik kadrlani qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilish huquqini ta’minlash masalalarini takomillashtirishga qaratilgan tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
mamlakatda fuqarolik jamiyatining fundamental xususiyatlarini kengaytirish maqsadida har bir shaxs o‘zi va boshqalar bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi asoslantirilgan;
insonning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish maqsadida har bir shaxs O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli ekanligi asoslab berilgan;
mahalliy boshqaruvda hokimiyatlar bo‘linish prinsipini ta’minlash hamda fuqarolarning xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga qilgan murojaatlarini samarali hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatini hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlash, shuningdek deputatlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtirish viloyat, tuman, shahar hokimliklari zimmasidan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatiga o‘tkazish lozimligi asoslantirilgan;
sayyor qabullar samaradorligini oshirish uchun barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini joylarda sayyor qabul qilish bo‘yicha jadvallari (yillik yoki yarim yillik) ishlab chiqilib, mos ravishda yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanishi lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
har bir shaxs o‘zi va boshqalar bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqini belgilashga oid taklif yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasining birinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2024-yil 12-iyundagi 04/10-10-34-son dalolatnomasi). Shaxs nafaqat davlat tashkilotlariga, balki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqining konstitutsiyaviy darajada belgilanishi mamlakatda fuqarolik jamiyatining fundamental xususiyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
har bir shaxs O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish huquqini belgilashga oid taklif yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
55-moddasining to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2024-yil 12-iyundagi 04/10-10-34-son dalolatnomasi). Ushbu taklif insonning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishning yakdil, tizimli shakli vujudga kelishiga xizmat qilgan;
tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatini hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlash, shuningdek, deputatlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtirish viloyat, tuman, shahar hokimliklari zimmasidan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatiga o‘tkazish lozimligi oid taklif O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-son Qonunining 16-moddasi birinchi xatboshisini tahrir qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2020-yil 4-noyabrdagi 05/1-04-230-son dalolatnomasi). Mazkur taklif mahalliy boshqaruvda hokimiyatlar bo‘linish prinsipini ta’minlash hamda fuqarolarning xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga qilgan murojaatlarini samarali hal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini joylarda sayyor qabul qilish bo‘yicha jadvallari (yillik yoki yarim yillik) ishlab chiqilib, mos ravishda yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanishini belgilashga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni 551-band to‘lirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021-yil 1-maydagi 12\21-19-sonli dalolatnomasi). Natijada sayyor qabullarning aniq belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, bu ularning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish