Muxamedova Moxigul Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tashkilotlarida akademik faoliyatni boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13 –Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5221.
Ilmiy rahbari: Hakimov Hakimjon Abdullo o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Yusupova Dildora Turadjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tashkilotlarida akademik faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “akademik faoliyatni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oliy ta’lim tashkilotida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik jarayonlarni rejalashtirish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda natijadorligini baholash orqali inson kapitali rivojlanishi, ta’lim sifati va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi boshqaruv tizimi sifatida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari akademik guruhlarida shakllantiriladigan talabalar soni, shartnomalar miqdori va o‘quv yuklamalari xajmining optimal chegaraviy miqdorlarini elastiklik koeffisienti qiymatlarining (L≈1) muvozanatli holatida professor-o‘qituvchilar “Optimal akademik yuklama”larining muvozanat modeliga ko‘ra belgilash (522 soat/yil ≤ Lₒₚₜ ≤ 530 soat/yil) asosida iqtisodiy va ilmiy faoliyatlar samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarning akademik faoliyatidagi qo‘shimcha xizmat turlarini o‘zaro uyg‘un boshqarishga asoslangan “Registrator ofisi” tizimini joriy etish orqali boshqaruv xodimlarining foydali ish koeffisientini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida qabul darajasi, akademik guruhlarni shakllantirishda talabalar soni, shartnomalar miqdori va o‘quv yuklamalari xajmining past, o‘rta va yuqori ssenariylari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida quyidagi natijalarga erishilgan:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “akademik faoliyatni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini oliy ta’lim tashkilotida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik jarayonlarni rejalashtirish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda natijadorligini baholash orqali inson kapitali rivojlanishi, ta’lim sifati va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi boshqaruv tizimi sifatida takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ta’lim marketingi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 16-aprel sanasidagi 151-sonli buyrug‘iga asosan). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida talabalarda inson kapitali rivojlanishi, ta’lim sifati va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi boshqaruv tizimi sifatida takomillashtirilgan “akademik faoliyatni boshqarish” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari akademik guruhlarida shakllantiriladigan talabalar soni, shartnomalar miqdori va o‘quv yuklamalari hajmining optimal chegaraviy miqdorlarini elastiklik koeffisienti qiymatlarining (L ≈ 1) muvozanatli holatida professor-o‘qituvchilar “Optimal akademik yuklama”larining muvozanat modeliga ko‘ra belgilash (522 soat/yil ≤ Lₒₚₜ ≤ 530 soat/yil) asosida iqtisodiy va ilmiy faoliyatlar samaradorligini oshirish taklifi Oliy ta’lim tashkilotlarining akademik faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqilotlari markazining 2025-yil 17-dekabrdagi 02/01-01-596-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-2024 yilda o‘rtacha yuklama miqdorini 530 soat belgilanib, univesitining 2023 yilga nisbatan 2024 yildagi moliyaviy faoliyat daromadlari 2,5 foizga, ilmiy faoliyat natijalari 10,8 foizga o‘sishi ta’minlangan;
O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarning akademik faoliyatidagi qo‘shimcha xizmat turlarini o‘zaro uyg‘un boshqarishga asoslangan “Registrator ofisi” tizimini joriy etish orqali boshqaruv xodimlarining foydali ish koeffisientini oshirish taklifi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining akademik faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqilotlari markazining 2025-yil 17-dekabrdagi 02/01-01-596-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarning akademik faoliyatidagi qo‘shimcha xizmat turlarini o‘zaro uyg‘un boshqarishning foydali ish koeffisienti 92,5 foizga oshirishga hamda 2024-2025-o‘quv yilida 1250,0 mln so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan;
O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida qabul darajasi, akademik guruhlarni shakllantirishda talabalar soni, shartnomalar miqdori va o‘quv yuklamalari hajmining past, o‘rta va yuqori ssenariylari asosida 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim tizimida inson kapitali, ilmiy salohiyat va moddiy-infratuzilma omillari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni aniqlash hamda ularning akademik faoliyatning natijaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir kuchini miqdoriy baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqilotlari markazining 2025-yil 17-dekabrdagi 02/01-01-596-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida istiqbolda oliy ta’lim tizimining rivojlanish dinamikasi, xususan, talabalar kontingenti, professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatining o‘sish sur’atlari hamda infratuzilma sig‘imining kengayish tendensiyalarini ilmiy asoslash imkoni yaratilgan.