Zhang Ai Meining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Antik davrda Xitoyning Buyuk Ipak Yo‘lidagi chegara siyosati tarixi (miloddan avvalgi 206-yildan milodiy 220-yilgacha)”, 07.00.03 – Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar508
Ilmiy rahbar: Gabrielyan Sofya Ivanovna, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Karimova Natalya Ermanovna, tarix fanlari doktori, professor; Choriev Sherzod Shokirjonovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Antik davrda (miloddan avvalgi 206 - milodiy 220-yillar) Xitoyning Buyuk ipak yo‘lidagi chegara siyosati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xan sulolasi davrida qadimgi Xitoy va G‘arbiy mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar va ittifoqlar o‘rnatish tarixiy chorrahada muhim ahamiyat kasb etganligi, mazkur aloqalar Xan sulolasining chegara inqirozlarini hal qilishda va Ipak yo‘lining ochilishini osonlashtirishda hal qiluvchi rol o‘ynab, ushbu tarixiy sabablar va xususiyatlar qadimgi Xitoyning Markaziy Osiyo bilan savdo va madaniy almashinuvining negizini tashkil etganligi aniqlangan.
Xan sulolasining G‘arbiy o‘lkalarni boshqarishi haqidagi tarixiy manbalardan olingan aniq ma’lumotlar asosida Xan sulolasi boshqaruvi qadimgi Xitoyning shimoli-g‘arbiy chegaralarini kengaytirganini va mustahkamlaganini, shuningdek, g‘arbiy mintaqada aholi sonining o‘sishi va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaganini Xan sulolasi boshqaruvi qadimgi Xitoyning shimoli-g‘arbiy chegaralarini kengaytirib, mustahkamlab, g‘arbiy mintaqada aholi sonining o‘sishi va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlagani dalillangan;
Xan sulolasi ochiq va bag‘rikeng chegara siyosatini olib borgan va faol diplomatiya bilan shug‘ullangan paytlarda, Ipak yo‘li gullab-yashnagan va farovonlik hukm surib, aksincha, Xan sulolasi chegara siyosatini qattiqlashtirib, chegaradosh etnik guruhlarga nisbatan adolatsiz yoki do‘stona bo‘lmagan choralar ko‘rganda, chegara hududlarida beqarorlik yuzaga kelgani, bu esa Ipak yo‘lidagi aloqalarning uzilishi va savdo-sotiqning turg‘unlikka uchrashiga olib kelganligi asoslangan;
Ipak yo‘li Xan sulolasi mudofaa tizimiga yangi tuzilmalarni olib kirgani, Ipak yo‘lining ochilishi Xan sulolasining shimoli-g‘arbiy chegaradagi boshqaruv usullarini o‘zgartirib, uning ko‘lamini kengaytirgan va ijobiy o‘zgarishlarga olib kelganligi, bu o‘z navbatida, savdo yo‘llarini himoya qilish va engillashtirish orqali Ipak yo‘lining yanada rivojlanishiga turtki bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Antik davrda (miloddan avvalgi 206 - milodiy 220-yillar) Xitoyning Buyuk ipak yo‘lidagi chegara siyosati tarixiga asoslangan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar asosida:
Xan sulolasi davrida qadimgi Xitoy va G‘arbiy mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar va ittifoqlar o‘rnatish tarixiy chorrahada muhim ahamiyat kasb etganligi, mazkur aloqalar Xan sulolasining chegara inqirozlarini hal qilishda va Ipak yo‘lining ochilishini osonlashtirishda hal qiluvchi rol o‘ynab, ushbu tarixiy sabablar va xususiyatlar qadimgi Xitoyning Markaziy Osiyo bilan savdo va madaniy almashinuvining negizini tashkil etganligi bo‘yicha natijalardan qadimgi Xitoy tarixi kurslarini o‘qitish uchun ma’lumotlar va dalillarni boyitishda foydalanilgan (Jining o‘qituvchilar kolleji, Tarix va madaniyat maktabining 2024-yil 12-iyuldagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijalar, Buyuk ipak yo‘li haqidagi qadimgi Xitoy sarhadlari tarixi bo‘yicha kollej talabalariga batafsil tarixiy ma’lumotlardan foydalanib, obektiv tarixiy yondashuvlarni etkazishga yordam bergan;
Xan sulolasi boshqaruvi qadimgi Xitoyning shimoli-g‘arbiy chegaralarini kengaytirganini va mustahkamlaganini, shuningdek, g‘arbiy mintaqada aholi sonining o‘sishi va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaganini Xan sulolasi boshqaruvi qadimgi Xitoyning shimoli-g‘arbiy chegaralarini kengaytirib, mustahkamlab, g‘arbiy mintaqada aholi sonining o‘sishi va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaganiga oid natijalardan “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutining ilmiy tadqiqotlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zFA “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutining 2024-yil 16-iyuldagi 3-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar qadimgi Xitoy chegara tarixini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirishga imkon bergan.
Xan sulolasining chegara siyosatidagi o‘zgarishlar Buyuk ipak yo‘li bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ayniqsa sulolaning ochiq chegara hamda faol diplomatik siyosatini yuritishiga yo‘l ochib bergan. Buyuk Ipak yo‘lining ravnaq topishi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Haqiqat chorrahalarida” nomli ko‘rsatuvini tayyorlashda ham qo‘llanilgan (2024-yil 28-oktyabrdagi № 01-44-363-son ma’lumotnoma). Bu esa Buyuk ipak yo‘lining qadimgi davrlariga oid tarixiy voqealarning ayrim noma’lum sahifalari ochib berdi.
Xan sulolasi chegara siyosatidagi keskin o‘zgarishlar tarixiy jarayonlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, sulola tomonidan qo‘llanilgan qattiq cheklovchi chora-tadbirlar ayrim etnik guruhlarga nisbatan adolatsiz munosabatini yuzaga keltirdi hamda chegara hududlarida siyosiy va ijtimoiy beqarorlikni kuchaytirdi. Bunday siyosiy amaliyotlar natijasida Buyuk ipak yo‘lidagi savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarda uzilishlar yuz berdi. Mazkur ilmiy natijalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Haqiqat chorrahalarida” nomli ko‘rsatuvini tayyorlashda ham qo‘llanilgan (2024-yil 28-oktyabrdagi № 01-44-363-son ma’lumotnoma). Ushbu tadqiqot natijalari Buyuk ipak yo‘li tarixi bo‘yicha yangi ilmiy yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qildi. Shu orqali yosh tadqiqotchilarga Xitoy tarixining turli noma’lum qirralari bilan tanishish hamda tarixiy dalillar bilan yoritishga imkon berdi.